Reja kirish I bob


Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar


Download 56.53 Kb.
bet5/8
Sana10.01.2023
Hajmi56.53 Kb.
#1087188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JAHON XO’JALIGI GLABALIZATSIYASI VA UNGA TA\'SIR ETUVCHI OMILLAR

2.2 Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar
To'lig'icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag'ishlangan ilmiy nazariyalar mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e'tibor qaratil-gan ko'psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ush¬bu nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
• Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
• Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
• Postindustrial jamiyat nazariyalari.
• Yagona sivilizatsiya nazariyasi.
• Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsio-log va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o'sish bosqichlari: nokommu-nistik manifesto deb nomlangan kitobida iqtisodiy o'sish bosqichlari nazariyasini yaratdi.
Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari. Yagona industrial jamiyat nazariyasi fransuz sotsiologi R. Aron nomi bilan bog'liq bo'-lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jamiyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu naza-riyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda qo'l-lanilishini, balki qonunlarning mohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchi-likning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy hokimiyat yirik korporatsiya-lar qo'liga o'tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag'allik o'rtasidagi farq yo'qotiladi.
Postindustrial jamiyat nazariyasi Amerikalik sotsiolog Daniyel Bell fikriga ko'ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi:
• tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko'rsatishga o'tish;
• bandlar tarkibida malakali mutaxassislar ulushining ortib borishi;
• nazariy bilimlarning yetakchiligi;
• texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o'rnatishga yo'nal-tirilishi;
• yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog'liq qarorlar qabul qilish jarayoni¬ning ta'minlanishi.
Yagona sivilizatsiya nazariyasi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi jahon mam-lakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni kuchaytirib, chegaralarni yo'qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e'tibor qaratadi.
Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattington-ga tegishli bo'lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urush-dan» keyin yanada ko'p qutbli bo'ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tash¬kil topadi: G'arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin ame-rikasi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan boshqa ten-densiyalar kuchsiz namoyon bo'layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatil-moqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integ-ratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqt-da ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko'rinishida), ishchi kuchi (eksportyorlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xiz¬matlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayo-nidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha rivojlana-di
• tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk obyektlari xalqaro savdosi;
• ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;
• xalqaro moliyaviy operatsiyalar. „
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko'rsatkichlar yorda-mida ifodalash mumkin:
• xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, uning o'sish sur'atlari;
• to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;
• kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
• yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyiha-larning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o'zgarishi;
• patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog'liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
• bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi, dinamikasi;
• xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
• valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
• Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta'sirida rivojla-nadi
• iqtisodiy — xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi;
• ijtimoiy — dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi, milliy an'analar-ning kuchsizlanishi;
• siyosiy — davlat chegaralarining «shaffofligi», bir qutbli dunyoning shaklla¬nishi;
• texnologik — transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;
• xalqaro — xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standart-larning joriy etilishi.
Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo'yiladigan cheklovlar-ni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. Shu bilan bog'liq holda globallashuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o'rtasidagi qarama-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo'jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to'qnash keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmundir. Bu xalqaro iqtisodi munosabatlarni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi deb ham yuritiladi.
Bu aloqalar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

  • Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;

  • Kapital va chet el investitsiyalarining harakati;

  • Ishchi kuchi migratsiya; ishlab chiqarishing davlatlararo kooperatsiyasi;

  • Fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;

  • Valyuta – kredit munosabatlari.

Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokida bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.
Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilish. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:

  1. Xususiy yoki davlat kapitali shaklida;

  2. Pul va tovar shaklida;

  3. Qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;

  4. Ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklidа.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchinig xalqaro migratsiyasi bo’lib, u ishchi kuchini ish bilan ta‘minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida namoyon bo’ladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismini o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash oyiga chiqib ketishni, immigratsiya - mamlakatda doimiy yashash uchun kirib kelishini bildiradi.
Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya ya‘ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi.
Xalqaro migrantlar 5 ta asosiy toifaga ajratiladi:
1) Immigrantlar va noimmigrantlar;
2) Shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan mingratlar;
3) Nolegal, yashirin immigrantlar;
4) Boshpana so’rovchi shaxslar;
5) Qochoqlar.
Fan–texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlik o’z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injenering hisoblanadi. Xalqaro injenering bir davlat tomonidan boshqasiga san‘at va boshqa ob‘ektlarni loyihalashtirish va qo’rish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati kursatishdan iborat bo’lib, loyihaga binoan ob‘ektlar quriladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining baqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashishi jarayonlaridir. Integratsiya mikrodarajada va makrodarajada amal qiladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
1. Erkin savdo hududlari - bu iqtisodiy integratsiyaing eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo xududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot (kasod) bo’lishi xafini ko’chaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi;
2. Bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo xududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo (tariflari) siyosatini yuritishni taqozo qiladi. Yevropa ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
3. To’lov ittifoqi - bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligini amal qilishini ta‘minlaydi. Yevropa hamjamiyati, janubiy-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;
4. Umumiy bozor - bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta‘minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy itifoq yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Bu umumiy bozorda barcha boj to’lovlari va import me‘yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta‘minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;
5. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob‘ektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:

        • Xo’jalik aloqalarinting baynalminallashuvi va globallashuvi;

        • Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

        • Umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;

        • Milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.

Integratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri - milliy iqtisodiy ochiqligi darajasining oshishidir.
Ochiq iqtisodiyotning o’ziga xos belgisi quydagilar hisoblanadi:
1. Mamlakat iqtisodiyotning jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;
2. Tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo’lidagi tusiqlarnig kamaytirilishi yoki tuliq bartaraf etilishi;
3. Milliy valyuta konvertatsiyasinig ta‘minlanganligi;
Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-sharoitlarning majudligi ta‘sir kursatadi:

  1. Integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada bo’lishi hamda bir turdagi xo’jalik tizimlariga ega bo’lishi;

  2. Ularning hududiy jixatdan yaqinligi, yagna mintaqada joylashganligi va umumiy chegaraga egaligi;

  3. Ularning tarixan iqtisodiy aloqalarga egaligi;

  4. Iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlab o’tganlaridek: “Hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integrallashuv jarayonida hal etilmagan kupdan-kup muammolar majudki, bizning Respublikamiz uchun tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkilashtirishdan iborat.”
TMB va TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o’zaro birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xo’jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba‘zilari, jumladan Yevropa Ittifoqi (YI) tashqi dunyoda o’z a‘zolari nomidan faoliyat olib bormoqda. Ammo ko’pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (YI va Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o’z a‘zolari milliy iqtisodiyotiga kuchli ta‘sir ko’rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va ahamiyati tubdan oshdi. Ushbu tashkilotlarda jahon iqtisodiyotidagi ulushi katta mamlakatlar hal qiluvchi rolga ega. Ayrim hollarda, boshqa mamlakatlar tovarlar, xizmatlar, kapital va texnologiya jihatdan qayd etib o’tilgan mamlakatlarga bog’liqligi sababli xalqaro tashkilotlarda ularning fikrini qabul qilishga majbur bo’lmoqda. Shu bilan bir vaqtda, globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli milliy iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’lishga intilishi kuchayib bormoqda va ushbu tashkilotlarga a‘zolik ko’plab iqtisodiy muammolarni ko’ptomonlama kelishuvlar asosida hal etish imkonini beradi. Natijada xalqaro tashkilotlar jahon iqtisodiyotining (avvalo, rivojlanayotgan kichik va o’rta mamlakatlarga nisbatan) kuchli sub‘ektlariga aylanib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri global iqtisodiyotining rivojlanishi to’g’risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ), Umumjahon banki guruhi, YUNKTAD, Umumjahon savdo tashkiloti va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan keng foydalaniladi.

Download 56.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling