Reja: kirish I. Bob


Hozirgi zamon urushining xususiyatlari va undagi fuqaro muhofazasi


Download 94.65 Kb.
bet3/5
Sana26.06.2023
Hajmi94.65 Kb.
#1655699
1   2   3   4   5
Bog'liq
XORIJIY DAVLATLAR KURS ISHI

1.2. Hozirgi zamon urushining xususiyatlari va undagi fuqaro muhofazasi Zamonaviy urush qurollari XX asrda yaratilib o‗z rivojini topdi va XXI asrda ham ularni takomillashtirish, yangi-yangi turlarini yaratish uchun katta ishlar olib borilayapti. Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari rasm-10.1da berilgan. Ular qaerda joylashganligi, qanaqa qurollar tipi ekanligi bilan ajraladi. Biz bulardan ommaviy qurollarni ko‗rib chiqamiz. Haqiqatdan ham zamonaviy urushning eng xavfli vositasi bu ommaviy qirg‗in qurollari hisoblanadi va ular o‗tgan asrning ikkinchi yarmida juda ko‗plab ishlab chiqildi. Ommaviy qirg‗in qurollariga yoki juda katta talofat beruvchi qurollarga: yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar kiradi. Ilm, fan va texnikaning rivojlanishi bilan bu qurollar ham rivojlanib, yangi prinsipdagi qurollar paydo bo‗ldi, bunga infratovushli, radiologik, nurli, etnik va h.k.kiradi. Yadroviy qurollar, yadroviy bombadan, uni eltuvchi vosita va boshqaruv sistemasidan tuzilgan bo‗ladi. Uning ta‘siri uran va plutoniy ba‘zi izotoplari og‗ir yadrolarining zanjirli parchalanish reaksiyasi yoki engil yadrolar–vodorodning deyteriy, tritiy izotoplarining issiqlik yadro sintezi reaksiyasi natijasida ajralib chiqayotgan ichki yadro energiyasidan foydalanishga asoslangan. Bularning quvvati oddiy portlovchi modda trotil ekvivalenti bilan o‗lchanadi. Trotil ekvivalenti tonna, kilotonna va megatonnalarda o‗lchanadi. Yadroviy qurollar o‗zining quvvati bo‗yicha:o‗ta kichik (quvvati 1 kt gacha); kichik (1-10 kt); o‗rtacha (10-100 kt), katta (100 kt – 1 Mtn) va o‗ta yuqori katta (1 Mt katta) quvvatli bo‗lishi mumkin. Yadroviy bombaning portlashi: yuqoridagi, havodagi, er usti (suv usti) va er osti (suv ichidagi) turlariga bo‗linadi. Yuqorida, ya‘ni erning troposferasidagi (10 km dan yuqori) portlashda, uning talofatli ta‘siri havo bilan to‗lqini, singib boruvchi radiatsiya (30-60 km masofada), rentgen nurlari, gazli oqim, elektromagnitli impuls, atmosferaning ionizatsiyalanishi va h.k.da namoyon bo‗ladi. Masalan:1 Mt quvvatli bombaning portlashi natijasida (77 km yuqorida) uning turli ta‘siri 10 soatda 800-1000 km radiusdagi maydonga tarqalgan. Bu portlash asosan kosmik, havo ob‘ektlari va radiotexnik qurilmalariga ta‘sir etish uchun qo‗llaniladi. 41 Shunga o‗xshash, lekin 10 km balandlikgacha havodagi portlash ham xuddi shunday ta‘sirga ega bo‗ladi, er va suv ustidagi portlashda esa qo‗shimcha ravishda juda ko‗p mustahkam er usti (suv osti) ob‘ektlar, er osti va port inshoatlari buziladi. Bularga nisbatan, er osti portlashda ta‘sir kuchi kichik radiusda bo‗lsada, ammo kuchli er silkinishiga olib keladi. Yadroviy qurol ham tuzilishi jihatidan turlicha bo‗ladi. Ayniqsa ulardan eng zamonaviysi bu neytron bomba hisoblanadi. Uning yuqorida keltirilgan bombalardan farqi, tirik jonni o‗ldirib, material boyliklarga za rar etkazmaydi. Masalan,1 kt neytron bombaning portlashida 500 m radius tashqarisida, asosiy ta‘sir etuvchi omil singib boruvchi radiatsiya nurlari hisoblanib, 1 km masofada odamlarni halok bo‗lishi (neytron va gammanur ta‘ sirida), 2 km radiusda esa og‗ir nurlanish kasaligiga chalinishlari va keyinroq bu ham o‗limga olib borishi kuzatiladi. Bu urush vositalarini ob‘ektlar (nishonlar) ga turli yo‗llar bilan olib borish mumkin. Buning uchun er usti, dengiz va havoda saqlanadigan raketalar va maxsus jihozlangan samolyotlar, artileriya vositalari, razvedka-diversion guruhlar qo‗llaniladi. AQSh da yerda joylashtirilgan, asosan, kontinental ballistik raketalar qo‗llaniladi. Bunga Titan, Minitmen-3, Minitmen-2, MX, Pershing-2, qanotli raketalar qo‗llaniladi. Xuddi shunday rivojlangan davlatlarda ham turli xil raketalar qo‗llanishi mumkin. Olib borish yoki saqlash vositalaridan ayniqsa, suv osti atom kemalari butun dunyoda ko‗p qo‗llanilib, ular «Polyaris-AZ», «Posey don-3», «Traydent-1», yangilaridan «Traydent»-«Ogayo» ballistik raketalar bilan qurollangan. Xuddi shuningdek, suv usti avianosets va kreyserlar mavjudki, ular ham turli kattalikdagi raketalarni olib borishlari mumkin. Bu ommaviy qirg‗in qurollarini aviatsiya yordamida ham olib borish mumkin. Hozirda, «Vulkan» (Buyuk Britaniya), «Miraj IV» (Fran siya), Stratofortress V-52, V-1, FB-111 (AQSh) samolyotlari, turli xil bombalar va raketalarni olib borishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya va boshqa davlatlarda ham, xuddi shunday turdagi ommaviy qirg‗in qurollari mavjud. Ommaviy qirg‗in qurolining yana biri, bu kimyoviy qurol hisoblanadi. Kimyoviy xavfli moddalar (KXM) turlari rasm-10.2. da keltirilgan. Albatta, ular turlicha bo‗lishi bilan, ayniqsa, kimyoviy qurol sifatida 42 o‗ta xavfli hisoblanadi. Ularning xavfsizlik darajasi esa 3.2-jadvalda keltirilgan. KXM o‗ta xavfli darajada ekanligini uning konsentratsiyasiga bog‗liqligini ko‗rish mumkin. Bunda, asosan tirik mavjudot, havo, oziq-ovqat, suv va boshqalar zaharlanadi. Albatta, zaharlanish darajasi uning dozasi va turiga bog‗liq bo‗ladi. Ular, turli xil ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Bularga asabni falajlovchi (zarin, zoman, Vi-Iks), umumiy zaharlovchi (sinil kislotasi, xlorsian va h.k.), zaharlovchi-bug‗uvchi (fosgen, difosgen), zaharlovchi teri yiringlatuvchi (iprit, azotli iprit), zaharlovchi-qo‗zg‗atuvchi (xloratsetofenon, adamsit, Si-Es), zaharlovchi ruxiyatga ta‘sir etuvchi (Bi-Zet, LSD) kimyoviy moddalar tegishlidir. Hozirgi vaqtda, er yuzida bo‗lgan jonzotlarni o‗ldirish uchun keng ko‗lamda bakteriologik (biologik) qurollar ham qo‗llaniladi. Bunda, ommaviy infeksion kasalliklarning tarqalishi, ayniqsa ularning bir-biriga juda tez o‗tib tarqalishi, ko‗p yillar saqlanib qolishi, yashirin ravishda qo‗llanib borishi, ularni topish murakkabligi va boshqalar ularning qudratini oshiradi. 3.2- Jadval Kimyoviy zaharli moddalarning xavfsizlik darajasi Kimyoviy modda * 0 кип t ** 20 Смакс , mg/m 3 LC50, mg/m 3 PDK, mg/m 3 KVIO Xavflilik sinfi Xlor -34,0 19640000 360 1,0 54560 Favqulodda xavfli Ammiak -33,0 5800000 4500 20,0 1290 Favqulodda xavfli Oltingugurt angidrid -10,1 8390000 1580 10,0 5310 Favqulodda xavfli Fosgen 8,2 6400000 100 0,5 64000 Favqulodda xavfli Etilen oksidi 10,7 11985000 1500 1,0 1320 Favqulodda xavfli Ftorli vodorod 19,9 1875000 400 0,5 400 Favqulodda xavfli Oltingugurt uglerod 46,0 1255000 30000 1,0 72 Favqulodda xavfli Sinil kislotasi 26,0 952000 50 0,3 50 Favqulodda xavfli * 0 кип t - qaynash harorati; 43 ** 20 Смакс - gazning maksimal konsentratsiyasi. Bularga asosan o‗lat, xolera, sibir kuydirgisi, botulizm va boshqalar kiradi. O‗lat kasalida, odam juda ko‗p terlaydi, yo‗taladi, yuqori harorat beradi va ko‗krak qismlari og‗rib, umumiy kuchi va xayoli yo‗qoladi va tez kunda o‗limga olib boradi. Xolera-kasalligida, xolera vibrioni natijasida, ich ketishi, qayt qilishi va tomirlarning tortishi yuz beradi. Odam juda tez oriqlaydi, harorati 35,1 0 S ga pasayadi va tez kunda o‗limga olib boradi. Sibir kuydirgisi – terida, nafas yo‗llarida va oshqozonda bo‗lib, unda avvalo dog‗ paydo bo‗ladi, so‗ng pufakchaga aylanadi va uning ichida qonli suyuqlik yig‗ila boshlaydi. Tez orada pufakcha yorilib yara bo‗ladi, yara qora bo‗lib atrofida qoramtir shishlar bo‗ladi. Bunda xarakterli tomon shundaki, odam hech qanday og‗riq sezmaydi. Botulizm – bu toksinlar bilan zaharlanganda paydo bo‗ladigan kasallik bo‗lib, ko‗p holda o‗limga olib boradi. Ko‗p holda yuqorida keltirilgan ommaviy qirg‗in qurollari kompleks ravishda qo‗llanilishi mumkin. Biologik, terroristik aktlarni sodir etilishi ehtimoli ham mavjud. Ular tomonidan ishlatiladigan biologik vositalar tavsifi 3.3 jadvalda keltirilgan. 3.3- Jadval Bioterrorizmni ehtimolli biologik vositalari tavsifi Baholash mezonlari BV guruhi BV turlari Inkubatsiya davri Tez ta‘sir etuvchi Zaharli botulizm Sekin ta‘sir etuvchi O‗lat, sibir yarasi, tulyameriya, venesuella ensefalomisliti, sariq lixoradka, melioidoz Keyin ta‘sir etuvchi Brutsellez, tif, ospa, ku lixorodka Talofat og‗irligi Halok ettiruvchi ta‘sir O‗lat, sibir yarasi, sariq lixoradka, ospa, botulizm Faoliyatni vaqtinchalik to‗xtatadigan Venesuella ensefalomisliti, tulyaremiya, brutsellez, ku lixoradka, melioidoz Kontagioz O‗lat, ospa 44 Yuqumliligi Nokontagioz Sibir yarasi, tulyaremiya, ku lixoradka, brutsellez, botulizm, melioidoz Qo‗zg‗atuvchini tashqi muhitga chidamliligi Chidamsiz O‗lat, venesuella ensefalomislit, sariq lixoradka, botulizm Nisbatan chidamli Melioidoz, brutsellez, tulyaremiya, tif, ospa Yuqori chidamli Sibir yarasi, ku lixoradka Agarda, urush bo‗lib, unda ommaviy qirg‗in qurollari qo‗llanilsa, bu urush ommaviy qirg‗in urush bo‗lib, juda kichik muddatda millionlab begunoh odamlar o‗lishi mumkin. Ayniqsa, bu urushda na front bo‗ladi, noaniq dushman joyi bo‗ladi, chunki yuqorida ko‗rsatilganidek urush qurollari havoda ham, suvda ham hattoki er ostida ham,yer shari va chegara bilmas osmonning xohlagan erida bo‗lishi mumkin. Shuning uchun, bunday urushda nafaqat qurolli kuchlari, balki tinch aholi, ular yashab turgan hududlar butkul vayronaga aylanishi mumkin. Agarda bu urushda tezlik bilan fuqaro muhofazasi tashkil etilmasa, juda ko‗p aholi, ayniqsa aholi zich yashayotgan hududlarda juda ko‗p odamlar o‗lishi, talofat ko‗rishi mumkin. Xuddi shunday, katta talofat sanoatli shaharlarda, siyosiy-ma‘muriy va madaniy markazlarda bo‗lishi mumkin. Qishloq xo‗jalik rayonlarida radioaktiv qoldiqlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik infeksiya tarqatuvchi turli mikroblar tarqalishi mumkin. Shuning uchun, bo‗lajak raketa-yadroviy, kimyoviy, bakteriologik urushida kamroq talofat ko‗rish maqsadida, hududimizning barcha yerlarida FM ni tashkillashtirish lozim bo‗ladi. Shulardan kelib chiqqan holda, fuqaro muhofazasi, bu umum davlat muhofaza ishlari bo‗lib, tinchlik paytida ham davlatimiz bunga katta e‘tibor berayapti. Bunda aholini ommaviy qirg‗in qurollaridan himoya qilishda, maxsus ishlar olib borilishi, maxsus qurilmalar qurilishi, xalq xo‗jaligi ob‘- yektlari ishini harbiy holat vaqtida mustahkam ishlashni ta‘minlash, turli muhandis-texnikaviy tashkiliy ishlarni bajarish kerak bo‗ladi. Chunki bu bilan ommaviy qirg‗in urush ta‘sirini maksimal darajada kamaytirish, dushmanning hujumidan kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish sharoitini yaratish lozim bo‗ladi. 45 Umumiy urush o‗chog‗ida va talofat zonalarida zudlik bilan qutqaruv, avariya-tiklash ishlarini olib borish, fuqaro muhofazasi ishlarining asosiylaridan hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarish hududlari prinsipi bo‗yicha tuziladi, bunda xalq xo‗jaligining har bir ob‘yekti bo‗yicha ham, alohida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Xalq xo‗jaligi ob‘yektlarining turlariga, xarakteriga qarab muhofaza: aloqa va axborotlash, tibbiy radiatsiyaga qarshi va kimyoviy himoya, jamoa tartibini saqlash, yong‗inga qarshi, energiya ta‘minoti va svetomoskirovka, avariya-texnikaviy, yashirinish joylari, transport va moddiy-texnikaviy ta‘minot va boshqalarni bajaradi. Xabar berish va aloqa xizmatlari mavjudki, ular aloqa tashkilotlari qoshida tashkil etiladi, unga zamonaviy xabar berish vositalari qo‗llash yo‗li bilan doimiy tayyorgarlikda turish zimmasi yuklatiladi. Tibbiyot xizmati sog‗liqni saqlash punktlari, poliklinikalari qoshida tashkil etilib uning boshlig‗i etib bosh vrachlar tayinlanadi. Radiatsiyaga va kimyoviy hujumiga qarshi xizmatda, asosan inson, ovqatlanish bloklarini, omborxonalarini va h.k. radiatsiyaning va kimyoviy zaharlardan saqlanish ishlarini olib borishda xalq posbonlari va turli jamoa tatibini saqlash xodimlari yordamida, ob‘yektlarni qo‗riqlash, jamoat tartibini saqlash ishlarini bajarsada yong‗inga qarshi xizmat, shu tizim xodimlari doimo yong‗inni bartaraf etish uchun tayyor bo‗lishlari talab etiladi. Xuddi shuningdek, barcha boshqa xizmatlar ham fuqarolarni muhofazasi ishlarida tayyor bo‗lishlari kerak. Buning uchun maxsus favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi kuchlari tashkil etiladi. Bu kuchlar, umumiy va fuqaro muhofazasi xizmatiga bo‗linadi. Umumiy xizmat qutqaruv va avariya tiklash ishlarini bajarsa, fuqaro muhofazasi kuchlari esa maxsus belgilangan ishlarni bajaradi. Terrorizm muammosi bilan to‗qnash kelgan xalqlar, xususan inglizlar shunday deyishadi: «Biz ushbu hol yuz berishi mumkinligini bilamiz, bunga har daqiqada tayyormiz. Shunchalik tayyormizki, bu xaqda o‗ylamay ham qo‗ydik. Bunday hol istalgan daqiqada yuz berishi mumkinligi to‗g‗risidagi bilimlar hayot kechirishimizga xalaqit bermasligi lozim. Aksincha, sarosimaga tushishimizga yo‗l qo‗yilmasligi zarur». Agar bundan bir necha yillar oldin terrorchilar tomonidan portlatilgan uy-joy binolari, metroda ular tomonidan qo‗llanilgan zaharlovchi moddalar, garovga olin ganlar va h.k. to‗g‗risida faqat kinolarda ko‗rgan 46 yoki ommaviy axborot vositalarida o‗qigan bo‗lsak, endilikda bunday hodisalar bilan O‗zbekistonda ham to‗qnash kela boshladik. Afsuski, shunday vaziyatlar yuzaga kelmoqdaki, terrorchilik harakatlari sodir etilgan zonada qolmasligimizga kafolat yo‗q. Shu sababli bu kabi favqulodda vaziyatlarda o‗zini tutish qoidalarini bilib qo‗ysak zarar qilmaydi. Hayotimizda uchrashi mumkin bo‗lgan barcha holatlarga tavsiya berishning iloji yo‗q, albatta. Ammo, ayrim maslahatlarimiz asqotib qolishi mumkin. Biz XXI asr ekstremistlarining har bir chiqishiga tayyor turmog‗imiz zarur. Bu bizning kelajak avlodlar hayoti haqqi-hurmati tiriklar va qurbon bo‗lganlar oldidagi burchimizdir.



Download 94.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling