Reja: kirish I. Bo’lim. O’zbekiston tabiiy resurs salohiyati va joylashuvi
Download 0.91 Mb.
|
atrof muhitni muhofaza qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar
- Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar
- I BO’LIM. TABIIY RESURS SALOHIYATI VA JOYLASHUVI I.1. O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati
- Agroiqlimiy resurslari
- II.BO’LIM. O’ZBEKISTONDA TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH II.1. O’lkamiz tabiiy resurslarini muhofaza qilish
- II.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
Mavzu: Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. REJA: KIRISH I.BO’LIM. O’ZBEKISTON TABIIY RESURS SALOHIYATI VA JOYLASHUVI I.1. O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati I.2. Agroiqlimiy resurslari II. BO’LIM. TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH II.1. O’lkamiz tabiiy resurslarini muhofaza qilish. II.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi: 1.Tugaydigan tabiiy resurslar (koʻpgina foydali qazilmalar) 2.Tugamaydigan tabiiy resurslar (suv, havo, Quyosh nuri,Yerning ichki energiyasi) Tugaydigan tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi: 1.Tiklanadigan resurslar (biologik elementlar,ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi 2.Tiklanmaydigan resurslar Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar - bu moddalarning aylanishi jarayonida insonning iqtisodiy faoliyati sur'atlariga mos keladigan davrda o'z-o'zini tiklashga qodir tabiiy resurslar. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ulardan muvozanatli foydalanish va yangilash tamoyillariga asoslanishi, shuningdek, ularni takror ishlab chiqarishni kengaytirishni ta’minlashi kerak. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar - insonning iqtisodiy faoliyati sur’atiga mos keladigan davrda o'zini o'zi yangilash qobiliyatiga ega bo'lmagan tugaydigan tabiiy resurslarning bir qismi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ularni har tomonlama va tejamli qazib olish va ulardan foydalanish, chiqindilarni utilizatsiya qilish va hokazolarga asoslanishi kerak [10]. I BO’LIM. TABIIY RESURS SALOHIYATI VA JOYLASHUVI I.1. O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati Mineral boyliklar koʻp tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti shoʻr suvlari mineral xomashyoning muhim rezervlari hisoblanadi. Foydali qazilma konlar zahiralari,ularning geologik o’rganilganligiga qarab turli kategoriyalarga bo’linadi. Yaxshi o’rganilgan zahiralar sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan zahiralar, barcha zahiralar esa taxminiy yoki prognoz zahiralar deyiladi. Qazilma boyliklar zahiralari xalq xo’jalik ahamiyatiga ko’ra balans va nobalans zahiralarga bo’linadi. Balans zahiralar qulay geografik o’rin va yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga (konning umumiy zahirasi, sifati, qatlamlarning tuzilishi va h.k) hamda ularning qazib olishga ehtiyoj mavjud bo’lganlarni o’z ichiga oladi. Bu talablarga javob bermagan konlar nobalans zahiralar tarkibiga kiradi. Agroiqlimiy resurslari Iqlim resurslariga atmosfera havosi va shamol energiyasi misol bo`ladi. Atmosfera yog`inlarini ham suv va ham iqlim resurslariga kiritish mumkin. Atmosfera havosi bitmas-tuganmasdir. Ammo uning tarkibi ham suvning sifati kabi o`zgarib turadi. U o`ta kuchli ifloslanganda tirik tabiat uchun resurs bo`laolmay qolishi mumkin. Shamol energiyasidan tabiiy resurs sifatida foydalanish amalda ko`pdan beri qo`llanib kelinyapti. Inson o`zining tafakkuri yordamida shamol tegirmonlari va shamol elektr stansiyalarini barpo etdi. O’zbekiston - serquyosh respublika. Quyoshning nur sochish soati yiliga mamlakat shimolida 2700 soatdan - 2980 soatgacha, janubida 2800 - 3130 soatgacha o’zgarib turadi II.BO’LIM. O’ZBEKISTONDA TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH II.1. O’lkamiz tabiiy resurslarini muhofaza qilish Tabiat inson, jamoa va jamiyat vujudga kelishidan oldin ham mavjud bo’lgan. Butun taraqqiyot davomida insonning tabiatga,uning boyliklariga ta’siri kuchayib brogan. Shu sababli tabiatni,atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi kunning eng dolzarb olamshumul (global) muammosi hisoblanadi. O’zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish —inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi II.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyati tizimi rivojlanayotgan iqtisodiyotning istiqbolli manfaatlarini va odamlar salomatligini saqlashni hisobga olgan holda, tabiiy resurslar va sharoitlardan tejamkor foydalanishni va ularni qayta ishlab chiqarishning eng samarali usulini ta'minlashga qaratilgan. Har qanday tabiiy resursga nisbatan tabiatni oqilona boshqarish tizimi o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta quyi tizimlarni o'z ichiga oladi: flora holatini kuzatish, o'simlik qoplamini saqlash va tiklash, o'simlik resurslaridan foydalanish, nazorat va nazorat qilish. Har bir tizimni tashkil etishdan maqsad bu sohaning ilmiy asoslangan tashkiliy-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling