Reja: Kirish Ibob. Arxeologik yodgorliklarni davrlashtirish


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 46.04 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2023
Hajmi46.04 Kb.
#1080230
1   2   3
Bog'liq
ARXELOYIKLARINI

Tadqiqot obyekti va predmeti:Qazishmalar natijasida topilgan topilgan arxeoligik manbalar suyaklar, tosh qurollar va h.k
Tadqiqoq maqsadi.Topilgan buyumlar asosida arxeologik yodgorliklarning yoshini aniqlash
Tadqiqotning vazifasi:Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda
-Arxeologik artefaktlarni o’rganish;
-Yodgorliklar tarixini o’rganish va tadqiq etish
-Artefaktlar yoshini turli usullar orqali tahlil etish va o;rganish

Tabiiy fanlar bilan tarix va arxeologiya fanining bog’liqligi. Taxlillarning quyidagi uslublari mavjud: radiouglerod, dendroxronologiya, radiokarbon uslublari, davrlashtirishning arxeomagnit uslubi, sporo–chang taxlili, petrografik uslub, agrobiologik uslub, hayvon suyaklari taxlili va boshqalar. SHuningdek, arxeologlar topilgan buyumlarni bir-biri bilan bog’lab, tarixiy va yozma manbalarga solishtirgan holda ham o’rganadilar. Bunda asosan, madaniyatlararo tarqalgan ashyolar yordamida buyumlar yoshini aniqlaydilar. Bu keyingi davrlarda eng keng qo’llanmoqda.


Madaniyatlararo tarqalgan ashyolar yordamida ibtidoiy davr buyumlari yoshini aniqlashda sharq mamlakatlarida tarqalgan xlorit, lazurit, argelit toshlardan, alibastr, fayans va fil suyagidan yasalgan buyumlarni solishtirish yordamida aniqlashadi. Xlorit tosh– yumshoq tarkibli, yashil kulrangtob bo’lib, undan yasalgan buyumlarning tashqi tarafiga chizib, o’yib bezak beriladi. Bunday buyumlar Eronning Kermon viloyatidan miloddan oldingi XIX– XVIII asrlarda eksport qilingan. Argelit toshdan miloddan oldingi III ming yilliklar yillikning oxirlar I ming yillikning boshlarida taqinchoqlar muhrlar va kosmetika uchun mitti idishlar yasaganlar. Argelitning makoni Afg’oniston, Pokiston, Eron va O’rta Osiyodan topilgan. Alibastrdan yasalgan buyumlar miloddan oldingi II ming yillikning boshlariga oid. Fayansdan “ilohiy ”idishlar va kichik xajmdagi kosa va xar xil taqinchoqlar ishlangan bo’lib, ular miloddan oldingi XIX– XVIII asrlarga oiddir.
№1. Geologik davrlar.
To’rtlamchi davr Glotsen 10 ming yil
Insoniyat paydo Pleystotsen 900 ming yil bo’lib antropogenez Eopleystotsen 3-3,5 mln. Yil jarayoni tugagan davr
№2. To’rtlamchi davrning bosqichlarga bo’linishi. Aniq sana
(ming yil)To’rtlamchi davrning bosqichlari I.K.Ivanov bo’yicha 1965 yil K.P.Okli bo’yicha 1969 yil 10 Golotsen 80 Vyurm
Yuqori pleystotsen- Yuqori Riss-vyurm pleystotsen 200
Riss O’rta 500
Mindelь-riss pleystotsen O’rta 600
Mindel Quyi pleystotsen 900
Gyunts-mindelь
Pleystotsen
1000-1400
Gyunts
Malumki butun insoniyat tarixi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning taraqqiyotiga qarab yirik davrlarga bo’lingan. Bular orasida ibtidoiy tuzum eng qadimiysi va uzoq davom etgani bo’lib, bu davr asosan arxeologlar tomo-nidan o’rganiladi. Arxeologlar tarixiy yodgorliklarni ta-raqqiyotidagi rivojlanish jarayonini o’zluksizligini aniq-roq ko’rsatish maqsadida ularni davrlashtiradilar. Bu davr-lashtirishga asos qilib, ajdodlarimizni mehnat qurollari-ni takomillashib borishini, ularni yasashlaridagi texnika-ni o’zgarishini oladilar. Bu davrlashtirishga muvofik butun insoniyat tarixi tosh, bronza va temir davriga bo’linadi. Bu davrlar ham o’z navbatida mehnat qurollarini qay darajada takomillashuvlariga qarab yana davrlarga va o’ziga xos ma-daniyatlarga ajratiladi. Har qanday arxeologik davr aj-dodlarimiz bosib o’tgan tarixiy taraqqiyotning bir bo’lagi hisoblanadi. Agar Afrika kitasida insoniyat tarixi 3 million yil bilan belgilansa, bizning Markaziy Osiyoda 1 million yil bilan belgilanadi. Ana shu 1 million yil ichida tosh asri uzluksiz ravishda rivojlanib, mehnat qu-rollari takomillashdi va ularni yasash usullari o’zining yuksak darajasiga ko’tarildi. Ajdodlarimizni onglari o’sdi va o’zlarini tashqi jismoniy ko’rinishlarida ham katta o’zgarishlar bo’lib, ular hozirgi zamon odami qiyofasiga ega bo’ldilar. Shuning uchun ham tosh asrini o’zi ham bir necha davrlarga: paleolit (qadimgi tosh asri), mezolit (o’rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri) ga bo’linadi. Tosh asri bilan bronza asri oraliғida o’tish davrini aks ettiruvchi eneolit davri bo’lib, bir vaqtni o’zida ajdolarimiz mis va tosh qu-rollardan foydalanganliklari uchun bu davrni mis va tosh asri deyiladi.
Keyinchalik ajdodlarimiz mis va qalay birikmasidan mehnat qurollarini yasashni o’rganib olganliklari tufayli eneolitdan so’ng bronza asri boshlanadi. Bu bronza asri er sharining janubiy rayonlarida miloddan avvalgi III ming yillikda, bizning Markaziy Osiyoda esa II ming yillikni boshlarida boshlangan. Bronza asridan so’ng miloddan avval-gi 1X-U1 asrlarda temir asri boshlanadi. Shunday qilib, arxeologik davrlashtirish asosan mehnat qurollarini ri-vojlanishiga, ularni yasash jarayonidagi usullarni takomil-lashuviga qarab qilinadi. Chunki bu jarayonlarda insoniyatning asosiy tarixiy taraqqiyot belgilari aks etgan bo’ladi1. Davrlashtirishni yuzaga keltirish yani uni ishlab chiqish ko’p jixatdan arxeologiyani tarixiy fan sifatida taraqq-iy etishi bilan boғliq. Hozirgi zamon arxeologiyasini davrlashtirishni ishlab chiqilishiga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida asos solingan. Demak arxeologiyada davrlashtirish yuz yildan ortiqroq vaqtdan beri takomilla-shib kelmokda. Arxeologiyani vazifasi nafaqat tarixiy jarayonni va ijtimoiy hayotni moddiy manbalar asosida tiklash, balki tarixiy voqelikni sodir bo’lgan vaqtini yani xronologiyasini aniqlashdan ham iborat. (xronologiya-sini aniqlash deganda u yoki bu yodgorlikni yoshini aniqlash tushuniladi). Xronologiya esa o’z iavbatida tarixiy jarayon-ni aks ettirilishida asoosiy negiz hisoblanadi.Arxeologiya fanida ikki xil xronologiya mavjud bo’lib, biri nisbiy ikkinchisi esa mutloq xronologiya deyiladi. Nisbiy xronologiyadan foydalanishdan oldin har bir arxeo-log o’zi o’rganayotgan yodgorlikni va undan qazib olingan ar-xeologik topilmalarni har birini har tomonlama to’la to’kis o’rganishi shart bo’ladi. Chunki nisbiy xronologiya de-ganda bir yodgorlik va undagi barcha arxeologik toplmalarni ikkinchi mutloq xronologiyasi aniq bo’lgan yodgorlik va un-dagi arxeologik topilmalar bilan qiyoslab o’rganishni tu-shuniladi. Shunday ekan arxeolog o’z qo’lidagi arxeologik ashyolarni ikkinchi bir yodgorlikni ashyolari bilan qiyoslab o’rganish uchun birinchi navbatda u o’z ashyolarini ikir-chikirigacha ya`ni ularni soni, xajmi, texnikasi, ishlov be-rish usuli, u yoki bu mehnat qurolini yasashda qanday xom ashyolardan foydalanganligi va boshqalarini o’rganishi shart bo’ladi.Ikkinchi navbatda arxeolog qiyoslanishi ko’zda tu-tilgan boshqa yodgorlikni va undagi arxeologik ashyolarni xuddi o’zini ashyolarini o’rganganidek sinchikovlik bilan ku-zatadi. Shundagina arxeolog har ikki yodgorlikdagi farq-larni, o’xshashliklarni ajrata oladi va o’z xulosasiga ko’ra o’z o’rganayotgan yodgorlikni yoshini taxminiy aniqlaydi. Am-mo bu taxminiy yoshini aniqlash yuqoridagi harakatlar tu-fayli xaqiqatga ancha yaqin bo’ladi. Har bir arxeolog o’zi o’rganayotgan yodgorlikni, undagi arxeologik ashyolarni mut-loq xoronologiyasini aniqlashni istaydi. Ana shu istak amalga oshgan taqdirda, o’z ashyolari xaqida taxminiy emas balki aniq fikrlarni bayon etish imkoniga ega bo’ladi. Ar-xeologik yodgroliklarni, ulardagi ashyolar yiғindisini, xat-to qaysi madaniyatga mansubligini aniqlashda mutloq xronologiyani ahamiyati beqiyosdir. Mutloq xronologiyani aniqlashda arxeologiya va tabiiy fanlarni o’.ziga xos uslublari bor. Agar u yoki bu yodgorlikni topilmalarini yiғindisi orasida tangalar bo’lib, ularni zarb qilingan yili ko’rsatilgan bo’lsa, arxeolog uchun mutloq xronologiyani aniqlash oson bo’ladi. Ammo ko’p xollarda ayniqsa tosh asri yodgroliklarida bunday bo’lmaydi. Shuning uchun uzoq yillar davomida ortirilgantajribalar tufayli yuzaga kelgan har xil usullar bilan mutloq xronlogiya aniqlanadi2. Shuni
takidlash joizki mutloq xronologiyani aniqlash uchun o’rganilayotgan yodgorlikda o’ziga xos shart- sharoitlar yani har xil ko’rinishdagi yoshini aniqlovchi arxeologik ashyolarni bo’lishi shart. Ana shundagina mutloq xronologiya xaqida gap yuritish mumkin. Tosh asri yodgorliklarini mutloq yoshini
aniqlashda geologik, pole-ontalogik va poleobotanik malumotlaridan foydalaniladi. Masalan o’lib qirilib ketgan hozirgi kunda esa avlodari qolmagan xayvonlarni suyak qoldiqlariga qarab (chunki bu xildagi hayvonlarni qachon yashaganlari geologik qatlamlardan malum) yoki yodgorlikni madaniy qatlamlaridan tekshiruv uchun olingan tuproqlarni analizi orqali qadimiy o’simliklarni aniqlash yuli bilan yodgorliklarni mutloq xronologiyasi belgilana-di. Bulardan tashqari yodgroliklarni yoshini aniqlashda ta-biiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan boshqa usullardan, masalan radiokarbon usulidan ham foydalaniladi. Tashqa-ridan qaraganda ajdodlarimiz tarixini yoritishda kimyo va fizika fanlarini xech qanday aloqasi- yo’qdek ko’rinadi. Ammo bu yodgorlikni mutloq xronologiyasini va mehnat qu-rollarini hamda ularni yasashda foydalanilgan xom-ashyolar tarkibini o’rganishda ularning roli beqiyosdir. Bu usulga ko’ra u yoki bu yodgorlikni yoshini 5730 yil deb aniqlansa faqat 30 - 40 yilga xato qilish mumkin xolos. Demak tarixiy yodgorliklarni mutloq yoshlarini aniqlashda bu radiokarbon usulini ahamiyati arxeologlar uchun juda katta. Ammo bu usulni'kamchiligi yoshi 40 ming yilgacha bo’lgan yodgorliklar-ni yoshini aniqlay oladi xolos, yani undan nariga o’ta olmaydi. Demak bu usul bilan yuqori paleolit va ungacha bo’lgan yodgorliklarni yoshini aniqlash mumkin xolos. O’rta va quyi paleolit yodgorliklarini yoshini aniqlashda esa kaliy organ usulidan foydalaniladi. Bu usul bilan yoshi 2 milliongacha teng bo’lgan yodgorliklarni mutloq yoshi aniqlanadi: Radiokarbon va kaliyorgan usullari kimyo va fizika fanlarining yutuqlari asosida vujudga kelgani uchun bu usullarni kimyo va fizika usullari desak yanada to’ғrirok bo’ladi. Agar respublikamizdagi arxeologik yodgorliklarni eng qadimiysini yoshini 1million yilga teng ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi ikki xil usul bizning arxeologlarimiz uchun qoniqarli hisoblanadi. Ammo hozirgi kunda 4 million yoshgacha bo’lgan davrni ham aniqlay oladigan uslublar mavjud. Bu Kaliy karbon usuli bo’lib, bu usul bilan efiopiya-dagi Vest-Gona yodgorligini yoshi 2,8 million yil bilan belgilangan. Arxeologlar, masalan, 5300 yil bo'lgan u yoki bu artefaktni kashf etganini eshitganimizda, biz buni tabiiy deb qabul qilamiz, garchi olimlar bu topilma yoshini qanday aniq belgilashganini bilmasak ham. Turli xil usullar mavjud va biz sizga beshta haqida MALUMOT beramiz.
Stratigrafiya,
Arxeologik tarixlashning eng mumtoz usuli bu stratigrafiya. U asosan uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lgan aholi punktlarini qazish ishlarida qo'llaniladi.Haqiqat shundaki, odamlar yashaydigan joylarda tuproq qatlami doimiy ravishda oshib boradi - qurilish loyihalari, tuproq ishlari va inson faoliyatining boshqa elementlari bilan bog'liq. Ushbu qatlam madaniy qatlam deb ataladi, bu qatlamli pirojniyga o'xshaydi. Va undagi har bir qatlam shahar hayotining ma'lum bir davrining aksidir.Unda qadimiy inshootlar, qurilish va maishiy chiqindilar, yong'in izlari mavjud. Bundan tashqari, er bizga ma'lum bir oilaning taqdiri haqida aytib berishi mumkin. Qadimgi rus aholi punktlarini qazish paytida siz tez-tez o'z vaqtida qochib qutulolmagan egalari bilan yonib ketgan uyni topishingiz mumkin.Tanishuvning o'zi qanday amalga oshiriladi? Darhaqiqat, ma'lum bir davrga xos topilmalarga, shuningdek, tuproqning tuzilishi va rangiga va tarkibiga qarab topilgan ma'lumotlarga ko'ra, yozma manbalardan ma'lum bo'lgan boshqa yodgorliklarning qatlamlari bilan taqqoslash orqali.
Masalan, mo'g'ul-tatar bosqinidan omon qolgan Volga Bolgariyasining shaharlarida mo'g'ulgacha bo'lgan qatlam tarkibi jihatidan va ko'pincha keyingi qatlamdan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, stratigrafiya xronologik ketma-ketlikni o'rnatishga imkon beradi, chunki bezovtalanmagan madaniy qatlamda pastki qatlamlar yuqoriroqlardan kattaroqdir.Shuning uchun, bu juda muhim bo'lgan tegmagan madaniy qatlam. Qurilish paytida yoki qora qazuvchilar tomonidan vayron qilingan narsa nafaqat stratigrafik tahlil uchun mos emas, balki umuman bu erning tarixi haqida gapira olmaydi, chunki barcha madaniy qatlamlar va shunga ko'ra tarixiy davrlar aralashib ketadi. Afsuski, vayron qilingan madaniy qatlamlar odatiy ko'rinishdir.
Qiyosiy usul
Taqqoslash usuli qarindoshlikni ham, ayrim hollarda ham aniq uchrashuvni aniqlashga imkon beradi. Bu mutlaqo tarixiydir: qatlamlar sanalari topilmalar va tangalardagi qadimiy yozuvlarga ko'ra belgilanadi.
Ushbu usul arxeologik ma'lumotlarning o'rganilayotgan hududdagi hayotni yoki ma'lum bir odamlarning hayotini tavsiflovchi yozma manbalar bilan taqqoslash bilan tavsiflanadi. Albatta, agar ular bo'lsa. Taqqoslash usuli ilgarigi madaniyatlar bilan tanishish uchun deyarli foydasiz, ayniqsa, ularning yonida qadimgi yozma tsivilizatsiyalar bo'lmagan taqdirda.
Mahsulotlar va tasvirlarning badiiy xususiyatlariga ko'ra tanishish usulini ham xuddi shu toifaga kiritish mumkin. Masalan, ma'lum davrlar va madaniyatlar o'ziga xos ijodiy xususiyatlarga ega edi, xoh maxsus naqsh, xoh ishlab chiqarish texnikasi va boshqalar. Bunday uslubiy xususiyatlarni tanib olishning umumiy qoidalarini topishda ob'ektlar aniq aniq belgilanishi mumkin.
Tipologik
Ammo badiiy xususiyatlardan foydalangan holda qatlamni sanash uchun avvalo badiiy xususiyatlarning o'zlari bilan tanishishingiz kerak. Bu erda odatdagi "tipologik" nomi bo'lgan usul yordamga keladi, stratigrafiya bilan aralashtiriladi. Bu topilmalarni tipologik qatorlarga - takrorlanadigan yoki progressiv belgilarga ega bo'lgan narsalar qatorini birlashtirishga asoslangan. Bunday ketma-ketlik sanasini belgilash uchun ushbu turdagi narsalarni o'z ichiga olgan bir nechta arxeologik joylar bo'lishi kerak. Ushbu ketma-ketlikning tugash sanalari bilan cheklangan vaqt turi turni aniqlaydi. Bundan tashqari, uchrashuvning ishonchliligi ushbu arxeologik joylarning soniga bog'liq. Agar ular etarlicha bo'lsa, uchrashuvning to'g'riligini ob'ektlarning sanalarini taqsimlash xususiyati bilan tekshirish mumkin. Bir xil turdagi statistik jihatdan etarli miqdordagi narsalar bilan ushbu tur ishlatilgan vaqt oralig'ini hisoblash ehtimoli bilan mumkin.
RADIOKARBON USULI
Mutlaqo tanishish uchun arxeologlar organik ob'ektlardagi radioaktiv uglerod C-14 tarkibiga asoslangan radiokarbonli analizdan foydalanadilar.
Atmosferadan oddiy uglerodni o'zlashtiradigan barcha tirik organizmlar u bilan birga C-14 radioaktiv uglerodni oladi. Shu sababli, radiokarbonning umr bo'yi konsentratsiyasi daraxtlarda ham, o'simliklarda ham, odam va hayvonlar tanasida ham deyarli bir xil bo'ladi. Ammo organik moddalarda o'limdan so'ng, assimilyatsiya qilingan radiokarbonni yo'q qilish jarayoni boshlanadi. Agar 5000 yil oldin kesilgan daraxtni zamonaviy daraxt bilan taqqoslasak, eski yog'ochdagi C-14 izotopining tarkibi roppa-rosa ikki baravar kam ekan. Shunday qilib, radiokarbon usuli uglerodli moddaning yoshini 70-100 ming yilgacha aniqlashi mumkin, ammo undan ko'p emas. Ko'proq "qadimiy" topilmalar uchun, masalan, dinozavrlarning suyaklarini sanash uchun boshqa izotoplardan foydalaniladi, masalan, berilyum-10.
Radyokarbonli tahlil organik moddalarning o'lim vaqtini aniq aniqlashga imkon berishiga qaramay, uning kamchiliklari bor va ular juda ko'p. Birinchi nuqson shundaki, u faqat organik moddalarga tegishli bo'lib, undan tarixiy asar yaratilish vaqti emas. Masalan, piktogramma bo'lsa, u u tayyorlangan materialni sanasini belgilashi mumkin, ammo sifatli soxta qilish uchun siz eski materialni ham olishingiz mumkin. Taxminan aytganda, taxtaning yoshi rasmning yoshi haqida hali aytilmagan.
Ushbu usulning yana bir kamchiligi shundaki, agar namuna keyingi davrdagi uglerodli materiallar bilan juda ifloslangan bo'lsa, natijani buzish mumkin. Bunday holda, yoshni aniqlash juda katta xatolarga yo'l qo'yishi mumkin. Usulning xatosi hozirda 70-300 yil oralig'ida, tadqiqot boshida u ancha kattaroq edi.Aynan shunday xatolik ehtimoli bor, shuningdek radiokarbonli tahlilga uchragan taniqli Turin Shroudning haqiqiyligini qo'llab-quvvatlovchilar murojaat qilishadi. Natijada, bu 1260 va 1390 yillar orasida bo'lgan. Skeptiklar darhol uni O'rta asrlarning qalbaki ishi deb e'lon qilishdi, uning himoyachilari XVI asrdagi yong'in paytida kafan uglerod bilan ifloslangan deb taxmin qilishdi. Aytgancha, natijalarning to'g'riligini tekshirish uchun bir vaqtning o'zida yana uchta to'qima namunalari kafan bilan tahlil qilindi: XIII asrdagi Lyudovik IXning plashi, 1100 atrofida to'qilgan Misr dafn marosimi va mato bilan o'ralgan mato. Misr mumiyasi taxminan 200 yilga to'g'ri keladi. Uchala holatda ham laboratoriya natijalari dastlabki ma'lumotlarga mos keldi.
Paleomagnitik usul
Ko'pgina davrlarda eng keng tarqalgan arxeologik topilmalardan biri bu kulolchilikdir3. Bugungi kunda uni o'nlab yillar aniqligi, otish vaqtini, o'choqning oxirgi erishi va boshqalarni aniqlash mumkin. Bu Yer magnit maydonining o'zgaruvchanligiga asoslangan paleomagnitik usul va uning ta'siri ostida yuqori haroratlarda magnitlanish xususiyatiga ega bo'lgan materiallar tufayli mumkin. Demak, tarkibida temir moddasi bo'lgan suyuq holatdan qattiq holatga o'tish jarayonida hosil bo'lgan minerallarda qoldiq magnitlanish saqlanib qoladi. Bundan tashqari, uning vektori mineral hosil bo'lish paytidagi Yer magnit maydonining yo'nalishiga to'g'ri keladi. Erning magnit maydonining otish paytidagi holati to'g'risida olingan ma'lumotlar paleontologik, radiometrik va boshqa ma'lumotlar yordamida tuzilgan geoxronologik tarozilar bilan o'zaro bog'liq va natijaga erishiladi.
Paleomagnitik usulning asosiy kamchiligi shundaki, aniq ma'lumotlar uchun o'rganish ob'ekti otishdan keyin harakatlanmasligi kerak va bu holat kamdan-kam hollarda bajariladi.Ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirishga ilk bora antik davrda urinilgan. Rimlik olim Lukretsiy Kar oʼzining “Narsalarning tabiati haqida” asarida odmlarning mehnat qurollarining oʼzgarishiga qarab tosh, bronza va temir davrlariga ilk bora boʼlib oʼrganishni tavsiya etgan. J. Kondorose (XVIII asr.)ibtidoiy jamiyat tarixini ovchilik va baliqchilik, chorvachilik, dehqonchilik kabi davrlarga boʼlib oʼrganish lozim deb hisoblagan. А. Fergyusson (XVIIIasr) davrlashtirishni madaniy taraqqiyot darajasining oʼzgarib borishiga qarab yovvoyilik, varvarlik, siviliztsiyaga boʼlib oʼrganishni tavsiya etgan. Keyinroq esa, shvedtsiyalik olim S. Nilьson ushbu davrlashtirishni bir qadar toʼldirdi. U yovvoyilik, nomadizm (grekcha. nomados – koʼchmanchi, koʼchib yuruvchi), dehqonchilik va sivilizatsiya davrlariga boʼlishni taklif etadi.
Ibtidoiy jamiyat tarixini ilmiy soslarga koʼra davrlashtirish XIX asrda paydo boʼldi. Bunga oʼsha davrda relekt qabilalar hayotini oʼrganishning maqsadli va rejali asosda oʼrganilishi, insoniyatning qazilma yodgorliklarini oʼrganishning kuchayishi sabab boʼldi. 1861 y I. Baxofen oʼzining matriarxat haqidagi qarashlarini eʼlon qiladi. U ibtidoiy jamiyat tarixi taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida diniy qarashlar yotadi deb hisobladi.
Diffuzionizm – insonning kelib chiqishi, toshga ishlov berish texnikasi, oʼsimliklrni madaniylashtirish va boshq. Bu qarash tarafdorlari ushbu narsa va hodisalarning barchsi bir yerda vujudga kelib, keyin dunyo boʼylab tarqalgan degan qarashlarga ega. Funktsionalizm –
XIX asrdan boshlab ibtidoiy jamiyat moddiy yodgorliklarini klassifikatsiya qilina boshlangan edi. Bu esa keyinchalik ibtidoiy jamiyatni arxeologik jihatdan davrlashtirish imkoniyatini vujudga keltirdi. Dastlab, daniyalik olim K. Tomsen L. Kar qarashlarining toʼgʼriligini taʼkidlab insoniyat tarixini tosh, bronza va temir davrlariga boʼlishni taklif etdi. Frantsuzs olimi G. Mortilьe ilk bora paleolit davrini tosh davrining ilk bosqichi sifatida oʼrganishni taklif etgan boʼlsa, shved olimi-arxeolog O. Montelius – neolita bronza va ilk temir davrlarini Yevropa qitʼasi uchun davrlashtirib, ibtidoiy jamiyat tarixini shu davrlashtirish asosida oʼrganishni taklif etgan edi.
Dastlabki Аrxeologik davrlashtirish jadvali
Tosh davri
paleolit
Ilk yoki quyi
Madaniyatlar: doshel (Olduvay,shagʼaltosh yodgorliklari), Shellь (Shellь), Аshellь (Sent - Аshellь), Mustьe (la Mustьe) Kechki paleolit
Orinyak, Salyutre, Madlen
Mezolit
Аzil (Mas dАzilь), Tardenua (Fer – an - Tardenua)
Neolit
Badariy (S. Badari), Tripoli (Tripoli)
bronza
Temir
Аmmo, ushbu davrlashtirish dunyoning barcha mintaqalarini qamrab olmas, asosan Frantsiyadan topilgan moddiy yodgorliklarning xronologiyasi bilan chegaraanib qolar edi. Аfrikaning janubiy qismlari, Hindiston kabi mintaqalarga qisman mos kelsa, Аmerika, Аvstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy – Sharqiy Osiyo mintaqasi uchun umuman mos kelmas edi. Аrxeologik davrlashtirish shunisi bilan xarakterli ediki, uning asosiy printsplari mavjud materiallar va uni tuzuvchilarga aniq boʼlgan faktlarga asoslanardi. 1877 y L. Morgan oʼzining “Qadimgi jamiyat” asarida urugʼ jamoasining universal xususiyatlari haqida gapirib, urugʼni ibtidoiy jamiyat tarixi taraqqiyotining asosi deb taʼkidlaydi. Davrlashtirish kriteriyalari sifatida urugʼning qay darajada taraqqiy etgani bilan oʼlchashni taklif etdi. Morgan А. Fergyusona davrlashtirishini takrorlab, unga ayrim lekin xoʼjalik taraqqiyotiga qarab jiddiy oʼzgartirishlar qoʼshadi.
L.G. Morgan taklif etgan davrlashtirish
Yovvoyilik (terib – termichlash, ovchilik va baliqchilik)quyi
Odamning paydo boʼlish jarayoni va tovushlarning vujudga kela boshlashi
Oʼrta
Baliqchilikning vujudga kelishi, olovdan foydalanishning boshlanishi
Yuqori
Oʼq – yoyning paydo boʼlishi Varvarlik Quyi Sopolning ixtiro qilinishi va kulolchilikning tarqalishi Oʼrta Chorvachilik va dehqonchilikning taraqqiyoti
Yuqori Temirdan foydalana boshlanishi
Sivilizatsiya
Ieroglifik va alfavitli yozuvlarning paydo boʼlishi
Ibtidoiy davrni davrlashtirishda marksistik mafkura ham oʼz davrlashtirishini taklif etgan boʼlib, uni F. Engelьsning “oila, xususiy mulk va davlatning vujudga kelishi” asarida bayon etgan.Engelьs L. Morgana davrlashtirishini bir qadar kengaytirib, oʼzlashtirma va ishlab chiqaruvchi xoʼjalikka oʼtish jarayonlariga koʼproq urgʼu berdi. Koʼpgina rus olimlari davrlashtirish kriteriyasi sifatida insonlar jamoasi va ijtimoiy munosabatlarning shakllariga qarab davrlashtirish lozim deb hisoblaydilar. Bu ibtidoiy jamiyatni ijtimoiy tashkilotlarga qarab davorlashtirish deb nomlanadi.
Ibtidoiy jamiyatni ijtimoiy munosabatlarga qarab davrlashtirish jadvali
Jamoagacha (ibtidoiy odmlar toʼdasi)
Jamoagacha boʼlgan davr
Аtroposotsiogenez davri
Ilk ibtidoiy (ilk urugʼ)ovchi termachi va baliqchilar jamoasi
Kechki (rivojlangan urugʼchilik) chorvador va dehqonlar jamoasi
Ibtidoiy urugʼ jamoasi
Ibtidoiy urugʼ jamoasi
Ibtidoiy qoʼshni jamoa, urugʼ jamoasining yemirilishi
Ibtidoiy qoʼnichilik jamoasi4.
Sinfiy jamiyat va davlatning vujudga kelish davri Аmerikalik olimlar ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirishda koʼproq egalitar (teng, barobar, bir vaqtda) yoʼnalishni targʼib etadilar. Hozirgi kunda koʼpgina xorijlik olimlar tarixdan oldingi (paleolit davri), ilk tarixiy davr (mezolitdan metal asrining boshlanishigacha)va tarix (yozuv va davlatning vujudga kelish jarayoni)kabi davrlarga boʼlishni taklif etadilar. Аmmo, bugunga qadar umumiy boʼlgan davrlashtirish toʼliq ishlab chiqilmagan. Mavjud davrlashtirishlar ibtidoiy jamiyat tarixi taraqqiyotini toʼliq qamrab olomaydi.
Аrxeologik va paleoantropologik jihatlarga koʼra davrlashtirish
Tarixiy davrlar
Аrxeologik davrlar
Paleoantropologik davrlar
Jamoadan oldingi (ibtidoiy toʼda) davri
Quyi va oʼrta paleolit
Аrxantroplar va paleantroplar
Ilk urugʼ jamoasi davri
Yuqori paleolit va mezolit
Neantroplar davri
Kechki urugʼchilik davri
Neolit, eneolit, bronza

Sinfiy jamiyat va davlatlarning tashkil topish davri


Bronza, temir
Аntropologik davrlashtirish jadvali.
Ibtidoiy inson qzilma yodgorliklari
Oʼziga xosligi
Topilgan joyi
Аvstrolopitek
“Janubiy maymun” old oyoqlarda yurgan va oziq – ovqat izlagan
Janubiy Аfrika 1924 y
Pitekantrop
Qadimgi maymunsimon odam
Yava oroli 1891 y
Sinantrop
Zamonaviy insonning qadimgi ajdodi
Pekin yaqinidagi Chjou kou dyan 1927 y
Neandertalь
Paleolit davriga oid ilk odam ajdodi
Neandertalь vodiysi (Germaniya)
40 – 35 ming yillar oldin vujudga kelgan Homo sapiens – aql idrokli odam.
Kro – Mayaьov (Frantsiya) 1868 y
Ibtidoiy jamiyat tarixini geologik va antropologik bogʼliqlikda davrlashtirish jadvali
davr
eralar
xronologiyasi
Qazilma yodgorliklari
Аsosiy belgilar
Toʼrtlamchi davr
pleystotsen
35 – 4 ming yil
200 – 40 ming yil
650 – 360 ming yil
Аql – idrokli odam (Homosapiens), paleantroplar (Neandertallar), Аrxantroplar (Homoerektus)
Insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi, ilk kishilik jamoalari, xoʼjalik turlari, hayvonlarning qoʼlga oʼrgatilishi, oʼsimliklarning madaniylashtirilish
villafrank
2 mln yil
2, 6 mln yil
Ishbilarmon odam, Homohabilis
Dastlabki qazilma yodgorliklar
Tovush signallari va mehnat qurollarining yasay boshlanishi
Dastlabki mehnat qurollari
Uchlamchi davr
Pliotsen
9 mln yil
Eng qadimgi avstrolopiteklar
Suyaklar, toshlar, tayoqlarning ilk bora mehnat quroli sifatida ishlatilishi.
Miotsen
15 mln yil
Keniapitek (Keniya) va Ramapitek (Shimoliy Hindiston) Аvstrolopiteklarning ajdodi
Oligotsen
40 mln yilgacha
Yegiptopitek (Misr) ehtimol barcha Аvstrolopiteklar va hozirgi zamon odamsimon maymunlarining ajdodlari boʼlishi mumkin
Ibtidoiy jamiyat tarixini sivilizatsion davrlashtirish
Tarixiy davrlar
Paleolit
mezolit
neolit
eneolit
bronza
temir

Xronologik chegaralari


40 - 35 – 10 ming yil oldin
10 – 6 ming yilliklar
6 – 4 ming yilliklar
4 – 3 ming yilliklar
3 – 2 ming yilliklar
2 – 1 ming yillikla
Inson turlari
ne
Homo sapiens – kromonьon odamla
Ibtidoiy ajdodlarning asosiy mashgʼulotlari
Terib termichlash, hayvonlarni ovlash
Dehqonchilik va chorvachili
Yirik hayvonlarni ovlash
Yirik va mayda hayvonlarni ovlash5.
Birgalikda yashaganlar, urugʼ – qabilalarning vujudga kelishi jarayoni
Uncha katta boʼlmagan. Urugʼ – qabilaviy aloqalar saqlanib qolingan. Urugʼ yetakchilari va shamanlarning ajralib chiqish jarayonlari
Urugʼ ichida tengsizlikning boshlanishi yetakchilar va shamanlar hokimiyatining kuchayishi
Tengsizlikning kuchayib borish jarayoni
Qabilalarning birlashuvi, umumiy til, madaniyatga ega boʼlgan xalqlarning vujudga kela boshlashi
Yetakchilar hokimiyatining kuchayishi, harbiy sohaning taraqqiyoti, qabilalar ittifoqi va davlatlarning vujudga kelish jarayon
Qazilma yodgorliklarning sanalarini aniqlash usullari
Ibtidoiy jamiyat tarixining dastlabki bosqichi xronolik jihatdan toʼliq oʼz yechimini topgan emas. Hatto mavjud materiallar va moddiy yodgorliklarning yoshi ham absalyut aniqlikda emas. Bir necha yuz ming yil, yoki million yilliklarga oid moddiy yodgorliklarni yoshini aniqlashda eng zamonaviy texnika ham bir necha yillarga adashadi. Moddiy yodgorliklarning yoshi madaniyatlar yoshini qiyoslash, arxeologik tiplarning oʼzgarib borishi, paleontologiya, geologiya, paleoklemotologiya va boshqa fanlarning yutuqlariga qarab aniqlanadi.
Аshyolarning yoshni aniqlashning quyidagi usullari mavjud. Ular asosan fizika va ximiya fanining yutuqlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Radiouglerod usuli. Аshyoda organik moddalarning qoldiqlariga qarab yoshini aniqlash usuli boʼlib, unda S14 uglerod – karbon moddasining yarim parchalanish davriga qarab ashyoning yoshi aniqlanadi. Ushbu usul koʼproq hayvonlar va oʼsimliklar qoldiqlari yoshini aniqlashda qoʼllaniladi. Chunki kosmos nurlari taʼsirining azotga taʼsiri natijasida sodir boʼladigan bu modda koʼproq oʼsimlik va hayvonlarning qoldiqlarida yetarli miqdorda boʼladi. Bu usul har 5730 yillikda 40 yil farq bilan ashyoning yoshini aniqlaydi. Shu sbabli ushbu usulda xatolik kamroq chiqishi uchun yuqori peleolit davriga oid (40 ming yilliklargacha) ashyolarni yoshini aniqlashda koʼproq foydalaniladi.
Kaliy-argon (K40А40) usuli. Ushbu usulda koʼproq arxeologik va antropologik yodgorliklar yoshini niqlashda qoʼllaniladi. Kaliy inson suyaklarida koʼproq boʼlib, u parchalanish jarayonida argonga aylanadi. Ushbu moddalarning parchalanish davriga qarab ashyoning yoshi aniqlanadi. Bu usulda ashyoning yoshini aniqlash 2 mln yilliklargacha boʼlgan davrda ijobiy ahamiyatga ega.
Dendroxronologik usul. Yaqin oʼtmishga oid yogʼoch materiallar yoshini yogʼoch halqalariga qarab aniqlash usuli. Аrxeologik yodgorliklarda saqlanib qolingan yogʼochlar orqali bir necha ming yilliklarni aniq yoshini belgilash mumkin.
Аrxeomagnit usuli. Yer sharining oʼz oʼqi atrofi va quyosh sistemasi atrofida aylanishiga qarab aniqlanadi bu usul 25 yil pilus yoki minus aniqlikkacha aniqlab beradi.
Аrxeomagnit usulidan tashqari ashyoning yoshini aniqlashga qaratilgan termolyuminestsent usuli ham mavjud boʼlib, arxeomagnit usuli bilan birgalikda eng qadimgi davrlarga oid ashyolarning ham yoshini aniqlash imkonini beradi. Bu usul neorganik ashyolarda koʼproq qoʼllaniladi. Koʼproq kristal strukturaga ega boʼlgan jismlarda foydalaniladi. Аmmo bu usul toʼliq ishlab chiqilmaganligi sababli turli davlatlarning olimlari bir – birlarining ishlarini qayta – qayta tekshirib xulosalarga keladilar.
Fizika va ximiya fanlari metodlariashyolarning yoshini aniqlashgina emas, balki arxeologik qazishmalarda topilgan ashyolarni qayta tiklash bilan bogʼliq ishlarni ham bajaradi. Аshyolarning yoshini aniqlashda va qadimgi davrlar haqida toʼliqroq tasavvurga ega boʼlishda bu muhim ahamiyatga ega boʼlib hisoblanadi. Fizika va ximiya fanlari metodlaridan foydalanib, arxeologik yodgorliklarda davrlar oʼtishi bilan yomon holatda boʼlgan va bir qismi yoʼqolib borgan, yoʼqolib ketish arafasida (yogʼochlarning chirishi, metallarning zanglab yoʼqolishi) turgan yogʼoch, suyak, metal, teri, sopol, mato qoldiqlarini tiklash, ularning asl koʼrinishlariga erishish mumkin.

Matolarning asl koʼrinishi, ulardagi ranglarni tiklanishi, suyak va metallardan tayyorlangan ashyolarning tiklash ishlarida rentgent orqali yoritilishi, elektron mikroskop, mikrofotografik, flyuorestsent metodlardan foydalaniladi. Ushbu metodlar ashyolarning yoshi, ulardan foydalanilish tartibi, qadimgi davrlarda ashyolarning funktsiyasi kabilar xususida xulosalarga kelish imkonini beradi.


Bundan tashqari ashyolar yoshini aniqlash va ularni tiklashda fizika va ximiya fanlarining keng masshtabli rangli tasvirga olish, galьvanoplastika usullaridan ham foydalanilmoqda.

Sanalarni Ovchilik


Baliqchil hunarmandchilik
Kulolchilik, toʼqimachilik, temirchilik, metal quyi, duradgorlik
Mehnat qurollari
Chaqmoqtosh qurollar, suyaklardan tayyorlangan nayzalar
Oʼq – yoy, garpun, qarmoqlar
Boltalar, burgʼulash asboblari, motiga, omoch, kulolchilik charxi
Misdan jang va mehnat qurollarining paydo boʼlishi
Bronzadan
Temirdan
Insonlar jamoasi
Katta.
aniqlashda tabiiy fanlarning roli.
Ibtidoiy jamiyat tarixini oʼrganishda arxeologiya,etnografiya, lingvistika, paleozoologiya, paleobotanika va boshqa fanlarning yutuqlarini kompleks tadqiq etish lozim. arxeologik manbalarga mehnat qurollari, maishiy turmush tarzida ishlatilgan buyumlar, bezak buyumlar, turar joy qoldiqlari va boshqalar kiradi. Аntropologik manbalarga ajdodlarning suyak qoldiqlari kiradi. Аslida antropologiya – odamning biologik oʼzgarishlari haqidagi fan boʼlib, uning bir tarmogʼi hisoblangan Paleoantropologiya eng qadimgi tarixiy davrlarga oid inson suyaklari qoldiqlarini tadqiq etib, ularning biologik xarakteristikasini tiklash bilan shugʼullanadi. Paleoantropologiya inson ajdodlarining koʼplab topilgan qazilma yodgorliklarini birinchi galda morfologik jihatdan tadqiq etadi. Qazilma yodgorliklarning skletlarini davriy jihatdan turlicha boʼlishidan qatʼiy nazar bir – biri bilan solishtirib, qazilma yodgorliklar morfologiyasidagi juzʼiy oʼzgarishlar, tuzilishini tahlil qilib, davrlar osha insonga yaqinlashish jarayonlarini tahlil qiladi. Morfologiyani oʼrganish eng qadimgi davrlarda insonlarning tasavvur, his tuygʼulari, elementar fikrlari strukturasi, tildagi oʼzgarishlar, endokranlar (bosh suyak qopqogʼidagi ichki tuzilish) ning oʼzgarishlar orqali bosh miyaning tarixiy davrlardagi oʼzgarishi, uning til shakllanishining ilk bosqichlariga oid paleopsixologik tasavvurlar haqida funktsional informatsiya olish imkonini beradi.
Qadimgi odamlarning morfologik populyatsiyasi (lotincha populis - xalq) jinsiy nikoh munosabatlari ichki tuzilishga ega boʼlgan kishilar jamoasi) ning oʼzishga xosligi ularni oʼzaro qarindoshligi axborot shakliga ega. Shuning uchun ularda genetik shartli yaqinlik, oʼzaro oʼxshashlik va ayrim farqlilik holatini koʼrish mumkin. Inson oʼtmishdoshlarning morfologik tarqqiyoti ijtimoiy taraqqiyoti bilan aynan oʼxshash emas. Аmmo, juda ham katta farq mavjud emas. Biz paleoantropologiya fani orqali inson oykumenasida ijtimoiy taraqqiyotining intensiv rivojlanishi, uning tezligi haqida umumiy tasavvurlarga ega boʼlamiz.
Ibtidoiy davr tarixini oʼrganish uchun paleodemografik maʼlumotlar ham muhim boʼlib hisoblanadi. Inson oʼz tarixining barcha davrlarida kuchli ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullangan. Insonlarning soni, yosh jinslari oʼrtasidagi munosabatlar, bolalar oʼlimi, tugʼilish darajasi, aholining oʼsish surʼatlari, hayot davomiyligi kabilardan tashqari yoshi kattalar zimmasiga ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish majburiyati tushganligini koʼrishimiz mumkin. Yozuvga ega boʼlgan jamiyatlarda hujjatlar, qabr toshlaridagi yozuvlar. Аdabiyotlarga tayangan holda demografik maʼlumotlarni tahlil qilish ancha osonroq kechadi. Yozuvsiz jamiyatlarda esa paleodemografik maʼlumotlarga tayanib ilmiy xulosalar chiqarish mumkin.
Toʼrtlamchi geologiya va paleogeografiya. Toʼrtlamchi geologiya tarixchilarni yer yuzasi qatlamlaridagi turli davrlardagi oʼzgarishlar, dunyo okeanidagi oʼzgarishlar, qirgʼoqlarning intensiv oʼzgarish dinamikasi, mahalliy tabiiy sharoitlarning oʼzgarishi, geologik yotqiziqlar, gʼorlardagi stratigrafik ustunlar, muzlik davri (shimolda) va plyuvial (yomgʼirlar) davri (subtropik va tropik oʼlkalarda) kabi turlicha davrlar ularda topilgan arxeologik ashyolar, inson suyaklari qoldiqlarini aniqlashga, ibtidoiy turmush tarzi, oʼsha davr dunyotabiati xususida maʼlumotlarga ega boʼlishiga yordam beradi6.
Paleogeografik maʼlumotlar ham juda muhim boʼlib, ularni tadqiq etish natijasida yer yuzasi landshafti qadimgi davrlarda qanday boʼlganligini anglab olish imkonini beradi. Bunday xulosalarga kelishda paleogeografiyaga biogeografik maʼlumotlar yordamga keladi.
Biogenottsenoz (yunoncha bios – hayot, ge – yer, koinos - umumiy) – murakkab tabiiy sistema, u tirik va oʼlik organizmlar orasida yashash sharoitidan kelib chiqib modda va energiya almashinuvi jarayonlariga nisbatan qoʼllaniladi) dinamikasi, okean zonasi xususida fikr yuritilganda qirgʼoq liniyalari, agar materik ichkarisida fikr yuritilsa iqlimning oʼzgarib borishi ham oʼrganiladi. Аmmo, bu maʼlumotlarni tahlil qilishda stratigrafik yondashuv lozim. Iqlimning oʼzgarishi, bu holatning uzoq yoki qisqa davom etishi toʼrtlamchi davrda oʼziga xos oʼringa ega boʼlgan. Gologen davrida flora tarkibi, fauna va undagi sovuq, issiq qonli mavjudotlar va boshqalarni paleogeografik manbalar orqali oʼrganish mumkin. Bu esa, paleolit davri ovchilarining mavsumiy ovlari, neolit davri dehqonlari ekan ekinlar, ularning maydoni, hosilning moʼl yoki kamligi kabi masalalarda xulosalar chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Аrxeozoologiya. Bu fan paleozoologiya deb ham yuritiladi. U barcha qazilma hayvon qoldiqlarini oʼrganadi. Shuning uchun paleoostologiya (qadimgi suyakshunoslik) deb ham ataladi. Bu fan eng qadimgi davrda insonlar tomonidan ovlangan hayvonlar, qushlar, baliqlar, umuman olganda eng qadimgi davrlarda yashagan hayvonlarni tadqiq etadi. Аrxeozoologiya hayvonlar domestikatsiyasi (xonakilashtirilishi) bilan ham shugʼullanadi. Bu yoʼnalish arxeozoologiyada eng murakkab jarayon boʼlib, morfologik qiyinchiligi sababli oʼsha hayvon qachondan boshlab xonakilashtrilganligini aniqlash xuda qiyin. Chunki xonakilashtirilgan hayvondagi oʼzgarishlar bu qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Аrxeobotanika. Flora dunyosining oʼzgarib borishi, oʼsimliklarning genezisi, ularning tarqalish geografiyasi kabi muammolarni qadimgi davrlar uchun xos boʼlgan qazilma yodgorliklarini oʼrganadi. Qazishmalar davrida topilgan yovvoyi va madaniy oʼsimliklar urugʼlari, changlarining topilishi bizga oʼsimliklarning agrokulturasi va yovvoyi oʼsimliklardan foydalanish tartibi xususidagi maʼlumotlarni beradi. Аrxeobotanika bizga yer yuzida dehqonchilik markazlarining vujudga kelishi, oʼsimliklarning xonakilashtirilishi, ularning migratsiyasi kabilar xususida xulosalar chiqarishga yordam beradi. Аrxeobotanika insoniyat tarixini bir necha mingg yilliklar davri yoshini aniq aytib berishi mumkin (dendroxronologik usul bilan)
Paleoantropologiya - (yunoncha – palaios – qadimgi, antropos – odam va logos – soʼz, fan) antropologiya fanining boʼlimi. Kishilikning qazilma yodgorliklari va uni oʼrganuvchi fan. Shuningdek, odamlar va odamlarga yaqin oʼtmishdoshlar oliy primatlar suyak qoldigʼini oʼrganadi. Qiyosiy anatomiya va embriologiya bilan birgalikda odamning kelib chiqishi va uning evolyutsiyasi problemalarinianiqlashga xizmat qiladi.
Paleobotanika – qadimgi davr oʼsimlik qoldiqlarini oʼrganuvchi fan. Paleobotanika qazilma oʼsimliklarning sistematikasini, tashqi (morfologik) tuzilishi va ichki (anatomik) tuzilishi, yer yuzida tarqalish qonuniyatlari, muhit bilan qay darajada bogʼliqligi, rivojlanish tarixi, bir – biri bilan urugʼdoshligi, oʼsimlik olami almashinish qonuniyatlari kabi masalalarni oʼrganish bilan shugʼullanadi. Paleobotanika maʼlumotlari sistematika, anatomiya, evolyutsiya, geografiya, geologiyaga oid koʼp materiallarni hal qilishda yordam beradi. Paleobotanikadan paleomikologiya, paleoalьkogoliya va paleofikologiya kabi koʼplab yoʼnalishlar ajralib chiqqan. Plankton qazilma suv oʼtlarini oʼrganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki organik dunyoning boshlangʼich rivojlanish bosqichlarini tushunishda qadimgi bakteriya, sian va suoʼtlarini oʼrganish juda muhim.
Paleogeografiya - yer va yer poʼstining oʼtgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini oʼrganadigan fan. Tarixiy geologiyaning bir qismi. Paleogeografiyaning asosiy vazifasi qadimgi davrlardagi quruqlik, va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning shoʼrligi, suv osti relьefi, oʼsimlik va hayvonot dunyosi, yer landshafti, iqlimi, quruqlik va dengizlarda sodir boʼlgan fizik – kimyoviy hamda tabiy – geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. Uning bir nechta yoʼnalishlari mavjud. Paleoekologiya – choʼkindi jinslar tarkibi va boshqa xususiyatlari hamda ularning organik qoldiqlarini tekshiradi. Oʼtgan geologik davrning hayvonot va oʼsimlik dunyosi, suv havzalariularning qoʼshni dengizlar bilan bogʼliqligi, iqlim sharoiti, shoʼrlik darajasi va boshqa xususiyatlarni oʼrganadi. Paleobiogeografiya – geologik davrlardagi zoogeografiya va flora tarqalgan hududlarni belgilab beradi. Bu yoʼnalish geoximyaviy, paleoiqlim va boshqa yoʼnalishlarning rekonstruktsiyalaridpn keng foydalanadi. Geoximik – qadimgi suv havzalari shoʼrligi va fizik – kimyoviy xususiyatlari hamda ularning evolyutsiyasini oʼrganadi. Shuningdek autegin minerallar xlor, ftor, brom, kaltsiy, magniy kabi elementlar kontsentratsiyasi, gilli va karbonatli jinslarda temir oksidining miqdoriga asoslanib, qadimgi davrda atmosferaning tarkibini aniqlaydi. Dinamik paleogeografiya – qadimgi suv havzalari, koʼl, daryolar harakatini oʼrganadi, oqimlarni, choʼkindilar toʼplangan muhit xususiyatlarini tekshiradi. Paleotektonik - qadimgi yotqiziqlarning qalinligi, formatsiyasini aniqlashga asoslangan. Paleovulkanologiya – vulkanli oblastlar, ularning paleogeografik rekonstrukturasi bilan shugʼullanadi.
Paleozoologiya – paleontologiyaning qazilma hayvonlarni oʼrganuvchi boʼlimi. Paleozoologiyaning paleomiologiya – qadimgi jonzotlarning muskullarini oʼrganuvchi, paleonevrologiya – qadimgi jonivorlarning nerv sistemasini oʼrganuvchi va boshqa koʼplab boʼlimlari mavjud.
Paleoiqlimshunoslik – yerning oʼtmishdagi iqlim va iqlim tarixini oʼrganuvchi fan. Qadimgi iqlim – choʼkindi togʼ jinslari, moddiy tarkibi ularning tekstura xususiyatlari, oʼsimlik va hayvonot qoldiqlariga qarab aniqlanadi. Qadimgi iqlimning geologik indikatorlari orasida asosiy uch gruppa: litologik, paleobotanik, paleozoologik koʼrsatgichlar alohida oʼrin tutadi.litologik koʼrsatgichlar oʼtmish davrlarda iqlim sharoitlari qanday boʼlganligi nurash xususiyati va surʼati choʼkindi jinslar diferentsatsiyasi darajasi, autigen yoʼl bilan mineral paydo boʼlish miqiyosi orqali aniqlanadi.paleobotanik koʼrsatkichlar oʼsimliklarning qazilma qoldiqlaridir. Bunday qoldiqlar iqlim taʼsirini, oʼsish vaqti va joyini aks ettiradi. Masalan tropik oʼrmonlar iqlimning issiq va nam boʼlganini savana va siyrak oʼrmonlar iqlimning issiq va quruq boʼlganini, barg toʼkadigan oʼrmonlar iqlimning moʼtadil ekanini koʼrsatadi. Paleozoologik koʼrsatgichlar esa, organizmlarning yashagan davr iqlimini aks ettiradigan qoldiqlardan iborat.dengiz faunasi toshkoʼmir davridan boshlab tropik va boreal biogeografik mintaqalarga ajralgan.bu mintaqalarda oʼtmishning temperatura rejimi sust diferentsiatsiyalanganligi aks etgan. Quruqlikda yashovchiumurtqalilar devon davrida paydo boʼlgan. kaynazoy davridagi sut emizuvchilar turli iqlimga yaxshi moslashib, keng teritoriyada yashagan. Qadimgi iqlim paleazoy erasidan boshlab umumiy tarzda aniqlangan. Geologik davr oʼzgarishi bilan yer atmosferasining tarkibi ham oʼzgarib borgan. Suv bugʼlari va karbonat angdrid kamaygan, kislorodning nisbiy roli oshib borgan. Shu bilan bogʼliq ravishda qutublar va ekvator oʼrtasidagi termik farq koʼpaya borgan.olitsogenning ikkinchi yarmida sovuq davri boshlangan.antropogenda sovuq yana kuchayadi. Temperatura va namlikning koʼp marta oʼzgarib turishi natijasida yuqori kengliklarda muzlik davrlariva ular orasidagi davrlar almashinib turgan.quyi kengliklarda esa plyuvial va kserotermik iqlimlar vjudga kelgan. Paleoiqlimshunoslik yer iqlimining tarixini oʼrganish orqalifoydali qazilmalarning paydo boʼlishi, oʼtmish geologik davrdagi hayvon va oʼsimliklarning yashash sharoitini koʼrsatadi va iqlim oʼzgarishlarini oldindan aytish imkonini beradi.
Paleontologiya – qadimgi geologik davrlarda mavjud boʼlgan, qazilma qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar hoqidagi fan. Neontologiya (hozirgi davr organik dunyosi haqidagi fan)bilan uzviy bogʼliq. U ikki boʼlim paleozoologiya va paleobotanikadan iborat. Toshqotgan organizmlar toʼgʼrisidagi dastlabki maʼlumotlar antik davrdayoq tabiatshunos faylasuflar (Ksenofan, Ksant, Gerodot, Teofrast, Аristotelь) ga maʼlum edi. Tabiatshunos olimlardan DaniyalikN. Steno va ingliz R. Guk oʼlib ketgan hayvonlarning turlari haqida dastlabki fikrlarni aytishgan. 18 – asrda Rossiyada M. V. Lomonosov Frantsiyada J. Byuffon va Jiro Sulavi, Аngliyada J.
Getton gʼoyalarining rivojlanishi bilan qadimgi davr jonli tabiatidagi uzluksiz oʼzgarishlar va oʼtmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarfdorlari koʼpayib boradi.qazilmalar bilan hozirgi organizmlarning birligini K. Linney ham tan oladi. 19 asr boshlari paleontologiya uchun hal qiluvchi davr boʼldi. Bu paytda Buyuk Britaniyada U. Smit birinchi boʼlib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini aniqladi. Shu asosda birinchi bora geologik xarita tuzdi(1794). Paleontologiya fan sifatida tarixiy geologiya bir vaqtda va u bilan uzviy bogʼliq holda vujudga kelgan. Har ikki fan asoschisi J. Kyuvьe hisoblanadi. U kollej de Fransda 1808 yili birinchi marta “qazilmalar tarixi” kursinioʼqiy boshlagan. Sut emizuvchilarning suyaklarini chuqur qiyosiy - anatomik oʼrganish natijasida umurtqalilar paleontologiyasini yaratgan. Аdolьf Bonyarning “qazilma oʼsimliklar tarixi” asari (1811 y) chop etilishi bilan paleobotanika sohasi vjudga keldi. Paleontologiya terminini ilk bora 1822 yil Frantsuz zoologi А. De Bdenvilь qoʼllagan7.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda arxeologiya ikki xil xronologiya mavjud bo’lib, biri nisbiy ikkinchisi esa mutloq xronologiya deyiladi. Nisbiy xronologiyadan foydalanishdan oldin har bir arxeo-log o’zi o’rganayotgan yodgorlikni va undan qazib olingan ar-xeologik topilmalarni har birini har tomonlama to’la to’kis o’rganishi shart bo’ladi. Chunki nisbiy xronologiya de-ganda bir yodgorlik va undagi barcha arxeologik toplmalarni ikkinchi mutloq xronologiyasi aniq bo’lgan yodgorlik va un-dagi arxeologik topilmalar bilan qiyoslab o’rganishni tu-shuniladi. Shunday ekan arxeolog o’z qo’lidagi arxeologik ashyolarni ikkinchi bir yodgorlikni ashyolari bilan qiyoslab o’rganish uchun birinchi navbatda u o’z ashyolarini ikir-chikirigacha ya`ni ularni soni, xajmi, texnikasi, ishlov be-rish usuli, u yoki bu mehnat qurolini yasashda qanday xom ashyolardan foydalanganligi va boshqalarini o’rganishi shart bo’ladi. Ikkinchi navbatda arxeolog qiyoslanishi ko’zda tu-tilgan boshqa yodgorlikni va undagi arxeologik ashyolarni xuddi o’zini ashyolarini o’rganganidek sinchikovlik bilan ku-zatadi. Shundagina arxeolog har ikki yodgorlikdagi farq-larni, o’xshashliklarni ajrata oladi va o’z xulosasiga ko’ra o’z o’rganayotgan yodgorlikni yoshini taxminiy aniqlaydi. Am-mo bu taxminiy yoshini aniqlash yuqoridagi harakatlar tu-fayli xaqiqatga ancha yaqin bo’ladi. Har bir arxeolog o’zi o’rganayotgan yodgorlikni, undagi arxeologik ashyolarni mut-loq xoronologiyasini aniqlashni istaydi. Ana shu istak amalga oshgan taqdirda, o’z ashyolari xaqida taxminiy emas balki aniq fikrlarni bayon etish imkoniga ega bo’ladi. Ar-xeologik yodgroliklarni, ulardagi ashyolar yiғindisini, xat-to qaysi madaniyatga mansubligini aniqlashda mutloq xronologiyani ahamiyati beqiyosdir. Mutloq xronologiyani
aniqlashda arxeologiya va tabiiy fanlarni o’.ziga xos uslublari bor. Agar u yoki bu yodgorlikni topilmalarini yiғindisi orasida tangalar bo’lib, ularni zarb qilingan yili ko’rsatilgan bo’lsa, arxeolog uchun mutloq xronologiyanianiqlash oson bo’ladi



Download 46.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling