Reja: kirish ibob. Maktabgacha ta’lim tizimida inovarsion pedagogik jarayonlar


Download 161.5 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1676905
  1   2
Bog'liq
KURS JUMISI 3 MAVZU


MAVZU: MAKTABGACHA TA'LIMDA TASHKILOTLARIDA INOVATSION PEDAGOGIK JARAYONLAR ASOSIDA LOYIHALASHTIRISH USULLARI.


REJA:
KIRISH


IBOB.Maktabgacha ta’lim tizimida inovarsion pedagogik jarayonlar.
1.1.Maktabgacha ta’lim tizimi
1.2. Inovatsion pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari
II.BOB. Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
2.1.Metodlarning maktabgacha talim tizimidagi o’rni
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy ta’lim dasturlari va turlari…
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH. Kurs ishining dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori
Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va Inovarsion pedagogikatexnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni xar tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy rivojlantirishni ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilg‘or axborot va Inovarsion pedagogika texnologiyalarini joriy etish, ularni maktabga tayyorlash darajasini oshirish, maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va Inovarsion pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va Inovarsion pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o‘rinlarda Innovatsion markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Innovatsion markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
boshqaruvning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va maktabgacha ta’lim sohasiga joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or axborot va Inovarsion pedagogika texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimning tegishli ravishda ishlashini ta’minlash;
maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
axborot xavfsizligining tegishli darajasini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida yagona axborot makonini shakllantirish;
maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishni samarali tashkil etish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, startap-loyihalar tashabbuskorlari, olimlar, moliya institutlari va boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
ta’lim-tarbiya jarayoni doirasida foydalanish uchun o‘quv-metodik materiallarni, multimedia kontentini, maktabgacha ta’lim tizimi tashkilotlarining pedagoglari va rahbarlarini o‘qitish hamda turli telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va Inovarsion pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilim va malakasini oshirish, innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish;
istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish va maktabgacha ta’lim tizimini, shu jumladan ta’lim sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar tashkil etish hamda o‘tkazish orqali rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
maktabgacha ta’lim sifatini baholash usullarini va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash holatini milliy ustuvorliklarni inobatga olgan holda, asosan xalqaro e’tirof etilgan reyting agentliklari indikatorlari bo‘yicha baholash usullarini takomillashtirish;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Innovatsion markaz tomonidan o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mualliflik huquqlarini o‘z vaqtida himoya qilish choralarini ko‘rish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarining prototiplarini va texnologiyalarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish orqali bolalar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, keyinchalik kelajakda yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun konseptual namunalarni tasdiqlash;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini va foydalaniladigan tovarlar hamda materiallar xavfsizligini laboratoriya yo‘li bilan tahlil qilish.
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Innovatsion markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida muassis bilan kelishilgan holda, boshqa yuridik shaxslar tashkil etish, faoliyat yuritayotgan xo‘jalik jamiyatlari, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi qo‘shma korxonalar ustav kapitalida (ustav fondida) ulush (aksiyalar) sotib olish huquqiga ega;
Innovatsion markazga yuklangan vazifalar va faoliyati yo‘nalishlari ta’lim sohasidagi real muhim ehtiyojlardan kelib chiqib, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
4. Innovatsion markazining tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Maktabgacha ta’lim vaziriga Innovatsion markazning tuzilmasiga, zarurat bo‘lsa, o‘zgartishlar kiritish, shuningdek uning boshqaruv xodimlari sonini belgilash huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
Innovatsion markaz ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Innovatsion markazni tajribali mutaxassislar va ilmiy-Inovarsion pedagogik kadrlar orasidan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin.
6. Quyidagilar Innovatsion markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Innovatsion markaz faoliyati ixtisosligi bo‘yicha ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda kreditlari;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
7. Innovatsion markaz 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga, istisno tariqasida, barcha soliqlardan ozod etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Innovatsion markaz buyurtmanomalari bo‘yicha ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolari uchun davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari bo‘yicha vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV1
I BOB.Maktabgacha ta’lim tizimida Inovarsion pedagogik jarayon
1.1.Maktabgacha ta’lim tizimi
Maktabgacha taʼlim tashkiloti, shuningdek, bolalar bogʻchasi, 
Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling