Reja: Kirish. Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillari
Download 81 Kb.
|
2023.05.15 Dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
- 1.Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillari
Mavzu:O'zbekistonda dastlabki davlatning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari . Reja: Kirish. 1.Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillari. 2.Jahon tarixidagi dastlabki davlatlar. 3.Antik davr davlatlari va madaniyati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Yangi tosh asriga (neolit) kelib O’rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bo’lishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib esa dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik xo’jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ko’payib, mehnat g’urollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xo’jalikning paydo bo’lishi va jadallik bilan rivojlanishi o’z navbatida ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 1.Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillari Nafag’at O’zbekiston, balki dunyo tarixida ilk davlatchilikning paydo bo’lishi masalalari hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida eng dolzarb bo’lib turgan muammolardan biri hisoblanadi. Masalani o’rganib, unga aniqlik kiritishdan oldin davlatchilikning ildizlari va paydo bo’lish shart-sharoitlariga diqqat-e’tiborni qaratmog’imiz lozim. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III-II yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning atroflarida esa ilk temir (VIII-IV asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o’rta) oqimlari bo’ylarida, MurG’ob vohasida, Zarafshon va Qashg’adaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin. Xozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarg’o’ton, Anov, Јiziltepa, Ko’zalig’ir, Afrosiyob, CHust, Dalvarzin, Daratepa va boshg’.) ishlab chig’aruvchi xo’jalik bilan bevosita bog’lig’ bo’lgan metall qurollar topib o’rganilgan. Metall g’urollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat hayotiga keng yoyilishi mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon davlatchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi. So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarg’o’ton kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek, hunarmandchilikning toshga, metallga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng targ’aladi. Xunarmandchi-likning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmoG’i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot ko’payishiga turtki bo’ldi. O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko’chmanchi chorvador g’abilalar va janubdagi o’trog’ dehg’onchilik aholisi o’rtasida o’zaro mol ayirboshlash va madaniy alog’alar yanada jadallashdi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan g’adimgi yo’llarning ahamiyati beg’iyos bo’ldi. Bu yo’llar org’ali O’rta Osiyo g’adimgi aholisi mintag’adan tashg’ari g’o’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, O’indiston, Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli aloqalarni rivojlantirganlar. Xullas, Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga — dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chig’aruvchi kuchlarning o’sishi va ularning bir erga to’planishi uchun zamin yaratdi. Ishlab chig’aruvchi kuchlarning o’sishi o’z nav-batida mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Demak, qadimgi xo’jaliklarning ixtisoslashuvi, sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotig’ taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. Mil. avv. IV ming yillikka kelib g’adimgi Misr xo’jaligida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik katta yutug’larga erishadi. Ko’p tarmoqli bo’lgan hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Savdo-sotiq keng miqyosda rivojlanib boradi. Aynan mana shu davrda jamiyatning ijtimoiy hayotida ham tubdan o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Aholi orasida tabag’alanish ro’y berib, jamiyat uchta — hukmron qatlam (qabila oqsog’ollari, kohinlar, boy jamoachilar), dehqonchilik jamoasi a’zolari (Јad. Misr jamiyatdagi moddiy ishlab chiqaruvchilar) va qullar qatlamlariga bo’linadi. Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Јadimgi Misrda shahar markazi atrofidagi bir nechta qishlog’larni birlashtirgan unchalik katta bo’lmagan viloyatlar (nomlar) doirasida dastlabki davlatlar paydo bo’ladi. Markaziy shaharlar markazida hukmdor qarorgohi va bosh xudo ibodatxonasi joylashgan. Bu davrda Јuyi Misrda 22 ta nom, YUg’ori Misrda 20 ta nom bo’lgani ma’lum. Mil. avv. IV ming yillik oxirlariga kelib barcha nomlar birlashtirilib Јuyi va YUg’ori podsholiliklar tashkil topadi. Јuyi Misr podsholigi poytaxti Enxab (Nexen) shahri, YUg’ori Misr podsholigi poytaxti esa Buto shahri edi. Јadimgi Misrning rivojlanishi O’rta, YAngi va So’nggi podsholiklar davrlariga bo’linadi. Mil. avv. V ming yillikka kelib, g’adimgi Mesopotamiya aholisi hayotida Xalaf madaniyati (Tal-Xalaf g’ishlog’i nomidan) ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa-da, bu hududlarda jamiyatning tabaqalashuvi va davlatchilikning paydo bo’lishi hamda SHumer tsivilizatsiyasining asoslari Uruk (IV ming yillikning ikkinchi yarmi) madaniyati bilan bog’lig’dir. Bu davrda Mesopotamiya xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etardi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilikdan hunarmandchilik xo’jaliklari ajralib chiqib, ular jamiyat rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarga aylana boshlaydi. Ichki va tashqi almashinuv rivojlanadi. Qo’shni viloyatlardan mis, oltin, g’urilish mollari, qimmatbaho toshlar keltirila boshlanadi. Manzilgohlar o’lchamlari kengayib, ular madaniy, ma’muriy, siyosiy va diniy markazlarga aylanib boradi. Mil. avv. IV ming yillikka kelib ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida ishlab chig’arish munosabatlari ham taraqqiy etadi. Natijada Mesopotamiya jamiyatda mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabag’alanish ro’y beradi. Mil. avv. III yillikning boshlari Mesopotamiyaning (Tigr va Evfrat daryolari vodiysi) janubida SHumer, O’rta qismida esa Akkad kabi davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Umma, Lagas kabi bir nechta shahar-davlatlar mavjud edi. O’sha davr Mesopotamiya rivojlanishining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etardi. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling