Reja: Kirish. Inventarizatsiya haqida tushuncha va uning ahamiyati
Download 49.95 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Qurilish tashkilotlarida inventarizatsiya natijalarini aniqlash va hisobda aks ettirish
Reja: Kirish. 1.Inventarizatsiya haqida tushuncha va uning ahamiyati………………………5 2.Qurilish tashkilotlarida inventarizatsiya o’tkazish tartibi va uning hisobi……………………………………………………………………………...10 3.Qurilish tashkilotlarida inventarizatsiya natijalarini aniqlash va hisobda aks ettirish…………………………………………………………………………….19 Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH 1Respublikamiz iqtisodiyotini ravnaqida uning barcha tarmoq va sohalari o‘z o‘rniga ega. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi”da negizida yotuvchi beshta eng muhim ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Ushbu eng muhim ustuvor yo‘nalishlarning birinchisi – bu barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishni, uning eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilashni, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishni ta’minlash Respublikamizda barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini ta’minlashda qurilish tarmog‘i muhim o‘rin tutadi O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o’z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim. Inventarizatsiyaning maqsadi korxona tovar moddiy zaxiralarining haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat. Korxona, tashkilot va muassasalarda tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMS va «Tovar moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSga asoslanadi. «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq, tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi har chorakda kamida bir marta choraklik hisobot tuzishdan oldin o’tkaziladi. Tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash texnik hujjatlarini tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash maqsadlarida o’tkaziladi. Inventarizatsiyani korxona rahbari buyrug’i bilan tayinlangan inventarizatsiya komissiyasi o’tkazadi va moddiy javobgar shaxs ishtirokida tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiya qilinadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxonaning mol-mulkining ahvoli va harakati, uning manbalari haqida aniq axborot berishi lozim, hujjatlardagi ma’lumotlar mavjud aniq ma’lumotlarga mavjud aniq ma’lumotlarga mos kelmog’i shart. Biroq ayrim holatlarda ma’lum sabablarga ko’ra tafovutlar kelib chiqadi. Bu saqlashda yo’l qo’yilgan tabiiy kamayish, hujjatlardagi xatolar, suvis’temolchilik, talon-taroj qilish oqibatida yuz berishi mumkin. Inventerizatsiya deb aniqlangan mavjud mol-mulklar va moliyaviy majburiyatlarni ma’lum sanadagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali aniqlashga aytiladi. Inventarizatsiyaning maqsadi, uni o’tkazish tafovutlarni tartibga solish qoidalari va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish. 1999 yil 19 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan BHMS 19-son «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish» da belgilab qo’yilgan. Download 49.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling