Reja: Kirish: Investitsiya faoliyati haqida tushuncha " Uzbekneftegaz" va Neft gaz sanoatida investitsiyalar
Download 58.07 Kb.
|
Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati 111222
Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati Reja: 1. Kirish: 2. Investitsiya faoliyati haqida tushuncha 3. “ Uzbekneftegaz” va Neft gaz sanoatida investitsiyalar 4.Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish : Qashqadaryoda neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi. “Bu orqali 25 mingga yaqin aholi bandligi ta'minlanadi. Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida 15 ming gektar uzumzorlar, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida 3 ming gektar intensiv bog‘, Kitobda 2 ming gektar yangi anorzor, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog‘, Dehqonobod tumanlarida 4 ming gektar pista plantatsiyalari barpo etiladi. Bularning hisobiga 30 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Koson va Qamashi tumanlarida 10 ming gektar lalmi maydonda poliz yetishtirish hisobiga 12 mingdan ortiq aholi bandligi ta'minlanadi. Mirishkor, Qamashi, Kasbi, Koson, Qarshi va Muborakda 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, 25 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali investitsiya va eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiladi. Kelgusi besh yilda sanoat tarmoqlarida qariyb 10 milliard dollar bo‘lgan 2 mingdan ziyod katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi va 150 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Qashqadaryo viloyati mamlakatimizda neft-gaz va energetika sohasining asosiy tayanchi bo‘lib, kelgusi yillarda ularni rivojlanish iqtisodiy dasturimizda muhim o‘rin egallaydi. Bu borada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag‘ ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. 2016 yilda neft-gaz sohasi modernizatsiyasi va rivojlanishiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 2015 yilga nisbatan 8 foizga oshib, 2.798 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu davlat rahbarining yangi qarorida aks etdi. Kapital kiritmalari strukturasida chet el investitsiyalari va kreditlari 2.104 mlrd dollarni, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mablag‘lari 216.3 mln dollarni, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari 303.5 mln dollarni, mahalliy banklar kreditlari 172.4 mln dollarni tashkil qiladi. Xususan, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi joriy yilda O‘zbekistondagi umumiy qiymati 8 mlrd dollar bo‘lgan ikki loyihaga 879 mln dollar yo‘naltiradi. Xitoyning CNPC konserni “Markaziy Osiyo-Xitoy” gaz quvurining O‘zbekiston uchastkasi to‘rtinchi liniyasini qurishga 800 mln dollar ajratadi. “O‘zbekneftgaz” Qashqadaryodagi ikki konni jihozlash ishini yakuniga yetkazishga 294 mln dollar yo‘naltiradi, shuningdek, Muborak gazni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasiga 437.4 mln dollar ajratadi. Download 58.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling