Reja: Kirish: Investitsiya faoliyati haqida tushuncha " Uzbekneftegaz" va Neft gaz sanoatida investitsiyalar


Investitsiya faoliyati haqida tushuncha


Download 58.07 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1145442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati 111222

Investitsiya faoliyati haqida tushuncha




investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari majmui;


investitsiya faoliyatining ishtirokchisi – investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirigʻi asosida taʼminlaydigan investitsiya faoliyati subyekti;
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
oshkoralik va ochiqlik;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi;
investorlarga nisbatan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllaniladi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi bosh vazirlari Shavkat Mirziyoyev hamda Hvan Gyo An 21 may kuni Qoraqalpog‘istondagi Surg‘il koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi yakunlanishi va uning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Ustyurtdagi marosimda so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari rahbarlari gaz-kimyo majmuasining muvaffaqiyatli ishga tushirilishini ikki mamlakat hamkorligida muhim bosqich deb atadi, qayd etdi Yonhap agentligi.
«Loyiha o‘zida hamkorlikning yangi modelini taqdim etib, xom ashyo resurslarini eksport qilishdan birgalikda ishlab chiqarish va tashqi bozorga yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni yetkazib berishni ko‘zda tutadi», — dedi Janubiy Koreya bosh vaziri.
Umumiy qiymati 4 milliard dollarlik ushbu loyihaning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Qurilishi 2012 yilda boshlangan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida gazni taqsimlaydigan, etilen, polietilen, polipropilen ishlab chiqaradigan va energiya manbalari bilan ta'minlaydigan jami beshta zavod, shuningdek, zamonaviy infratuzilma obektlari barpo etilgan. Ular dunyodagi eng zamonaviy yuqori texnologiyalar bilan ta'minlangan, eng so‘nggi rusumdagi uskunalar o‘rnatilgan. Majmuada 1300 ga yaqin mutaxassis faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ustyurt gaz-kimyo majmuasida mahsulot ishlab chiqarish jarayoni sinov tariqasida o‘tgan yili boshlangan edi. 2015 yilda 54,9 ming tonnadan ziyod suyultirilgan uglevodorod gazi, 34 ming tonnadan ortiq gaz kondensati ishlab chiqarildi. Magistral gaz quvurlariga 1,8 milliard kub metrdan ortiq etan va gaz, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati energiya tizimiga 87,5 ming megavattdan ziyod elektr energiyasi yetkazib berildi. Ayni paytda piroliz distillyati Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga benzin tayyorlash uchun yuborilmoqda. Polietilen va polipropilen qator xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Shu kunga qadar qariyb 150 million dollarlik 186 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilen Markaziy va Sharqiy Osiyo, MDH va Yevropa mamlakatlariga jo‘natildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yilga borib polietilen ishlab chiqarish hajmi 4,1 barobar oshadi.

Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling