Reja: Kirish Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari
Download 34.81 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o'rtasidagi xo'jalik aloqalari majmuidir. 2Xalqaro iqtisodiy munosabatlami quyidagi shakllarda namoyon bo'Iadi: - tovar va xizmatlaming xalqaro savdosi; - kapital va chet el investitsiyalarining harakati; - ishchi kuchi migratsiyasi; - ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi - fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; - valuta-kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlaming xalqaro savdosi, eng awalo, milliy xo'jaliklaming xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bogMiq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar orqali harakati; - pul va tovar shaklida. Kapital chiqarish texnika va texnoligiyalar, patentlar, innovatsion g‘ oyalar hamda tovar kreditlari; - qisqa va uzoq muddatli kreditlar; - ssuda va tadbirkorlik kapitali. Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o‘tishida ifodalanadi. Xalqaro migratsiya uchta asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: 1. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi. 2. Immigratsiya - mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi. 3. Repatriatsiya - fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayoni1. Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi: 1. Immigrantlar va noimmigrantlar. 2. Shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar. 3. Nolegal, yashirin immigrantlar. 4. Boshpana so‘rovchi shaxslar. 5. Qochoqlar. Fan-texnika yutuqlarining xalqaro ayirboshlanishi bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklami litsenziya asosida berishni, ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnoIogiyani ishlab chiqarish bo‘yicha qo'shma tadbirkorlikni o‘z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlami loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda muhandislikqurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo'ladi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo‘lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarining baynalmilallashuvini rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunday infratuzimaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo'lgan edi. Hozirgi jahon infratuzilmasi kema, samolyot, poyezd, avtomobil transport tizimi, xalqaro gaz, neft mahsulotlari quvurlarini, elektr energiyasini yetkazib berish, tarmoqlarga axborot yetkazib berish kommunikasiyalari, telefon, radio, televideniya, kompyuter tizimi xalqaro birjalar, moliya markazlari, banklar tizimini o ‘z ichiga olgan. Har bir yuk tashish turi: dengiz, daryo, havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘li uchun ham ularning ishlash sharoitlari portlar, passajirlar tashish va hokazolar uchun umumjahon oMchovlari mavjuddir. Chunki bu masalalami kelishib turib, hal etishgina barcha mamlakatlarga jahon transporti yo‘llaridan foydalanish imkonini beradi. Turli xalqaro darajada maxsus ma’lumotlar bosqichlari tashkil topmoqdaki, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha qisqartiradi. Shuningdek, jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf etish orqali rivojlanmoqda, bulardan biri transport, aloqa, axborot tizimlari o'rtasidagi raqobatlardir. Har qaysi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti to‘g‘risidagi strategik ma’lumotlami tayyorlash, hisoblash ishlarining umumiylashuvi jahon infratuzilmasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling