Reja: Kirish Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari
Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari
Download 34.81 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari
Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari.
Iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi bilan bir qatorda gioballashuv jarayoni ham muhim o'rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o'zaro bog'liq bo'lib, ular jahon xo'jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo'lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir xilda bo'lmagan xo'jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalmilallashuv - bu jahon xo'jaligining bir necha subyektlari o'rtasidagi o'zaro aloqalami o'matilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) jahon xo'jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog'ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jahon xo'jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo'lgan ma’lum bir unsurlami o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko'ra, hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallashuv yo'lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo'nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo'lgan iqtisodiy munosabatlar tunning tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jarayonining quyidagi yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin1 1. Mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o'zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko'plab davlatlarning ishtiroki asosida ro‘y beruvchi ko'rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy koorporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko'rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlami tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi. 2. Kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o'tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo'lgan xo'jalik o'zaro aloqalarining juda katta tarmog'iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositaJarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko'plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. 3. Xo'jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining vujudga kelishi va rivojlanishi. Jahonda xo'jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o'zgarishi ko'p jihatdan axborot tarqalishining globallashuvi bilan bog'liq. Ya’ni XXI asming dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo'lmoqda: butun jahonni global internet tizimlarining rivojlanishi; sun’iy yo'ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo'ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o'tish imkonining vujudga kelganligi; internet orqali savdo tizimining keng rivojlanishi hamda masofaviy ta’limning yuzaga kelganligi hisoblanadi. 4. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlaming tartibga soluvchi rolining rivojlanishi. Jahon xo‘jaligi subyektlarining o'zaro aloqasi hamda o'zaro bogMiqligjning kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etmoqda. Bu muammolaming murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida davlatlararo hamda ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyadar va boshqa tashkilotlaming birlashmalari xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. Shuningdek, jahon xo'jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlaming asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Iqtisodiy o‘sishning jadallashuvida fan-texnika taraqqiyoti (FTT) hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. X X asming ikkinchi yarmiga kelib ishlab chiqarishning innovatsion texnika va texnologiyalarga ixtisoslashuvi vujudga keldi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlaming texnologik jihatdan tenglashuv tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy rivojlanish dunyodagi barcha mintaqalarda FTT yutuqiarini tezlik bilan o ‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan innovatsion texnika va texnologiyalar, sun’iy to'siqlami bartaraf etgan holda, jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Ammo XX asming oxiriga kelib, jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezildi. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payish tezligi juda o‘sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o'sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko‘paydi. Ikkmchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g ‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayish tendensiyasi kuzatildi. Ba’zi mamlakatlar o ‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980-yillarda yangi industrial mamlakatlaming «dastlabki avlodi»-Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990- yillaming oxiriga kelib, yangi industrial mamlakatlaming «ikkinchi avlodi»-Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tailand jadal sur’atda taraqqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo'yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali jahom xo'jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo'lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud. 2. Boy va qashshoq mamlakatlar o'rtasidagi farqning kuchayishi. Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlaming turli mamlakatlar o'rtasidagi taqsimoti notekis darajada bormoqda. XX asrda dunyo aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o'rtacha jon boshiga 6 baravar o'sishiga erishgan bo'lsa, eng kambag'al chorak qismi esa bu ko'rsatkichning 3 baravar o'sishiga erishgan xolos. 3. Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo'jalik faoliyatining tabiatga ta’siri ahamiyatli bo'lmay, tabiat o'zming ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo'lib kelgan. Ammo, hozirda atrofmuhitga ko'rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o'zini-o'zi qayta tiklash qobiliyatini yo'qotib bormoqda. Hisobkitoblarga ko'ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 mingga yaqin turdagi o'simlik va hayvonlar qirilib ketgan. Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, o'rmon resurslari va xomashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. Yer yuzidagi iqlimning o'zgarishi, ozon qatlamining teshilishi, Orol dengizining qurib borishi va boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda. Tovar va xizmatlami ishlab chiqarish jarayonida ekologiyaga salbiy ta’sir etuvchi chiqindilaming atrof-muhitga chiqarib tashlanishi oldini olish maqsadida tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapitalni talab etadi. Global ekologik muammolami hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari birlashishi amalga oshmoqda. 4. Turli mamlakatlarda aholi soni o'zgarishining farqlanishi. Yana bir global ziddiyat bu XX asming ikkinchi yarmida boshlangan demografik o'zgarishlar, ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o'sishi ko'rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o'sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlami keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko'payishi natijasida ratsional xo'jalik yuritishga to‘sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko'payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilaming haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari o'zining ijobiy yo‘nalishlari va ziddiyatlariga ega bo'lib, bu jihatlaming nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishi moliyaviy nomutanosiblikni keltiradi. Bu moliyaviy nomutanosiblik davlat daromadlari va xarajatlari, budjet xarajatlarining budjet daromadlariga nisbatan ortiq boMishi da, moliyaviy tizim va munosabatlami buzilishida ifodalanadi. Bunday holat MDX davlatlarida ham ro'y bergan. 2010-yilda real mahsulot ishlab chiqarish o ‘sishiga nisbatan inflatsiya ustun darajada rivojlangan natijada Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sish salbiy nisbatda boMgan, QozogMstonda o‘sish 0,2%, O'zbekistonda esa o ‘sish 2,4% ni tashkil etgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov «Yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur’atlari 2008-yilda 9,0%, 2009- yilda 8,1%, 2010-yilda esa 8,5% tashkil etdi. Jahon moliya institudarining xulosasiga ko'ra, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bin ekanligi albatta barchamizga mamnuniyat bagMshlaydi» deganedilar1. Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling