Kreditlashning kengaytirilgan mexanizmi (1974- yil, limitlar: yillik– kvotani 200%, kumulyativ–kvotani 600%, qoplash muddati 4½–10 yil) to`lov balansidagi uzoq muddatli xarakterdagi qiyinchiliklarni barataraf etish maqsadida a‘zo–mamlakatlar strukturaviy islohatlarni qo`llab–quvvatlash uchun yanada uzoqroq muddatga beriladigan yordam bo`lib, kredit berish sharti har yilgi kelgusi 12 oyga mo`ljalangan batafsil siyosat choralari bilan 4 yilgacha bo`lgan strukturaviy o`zgartirishlar o`z ichiga olgan dasturni qabul qilinishidan iborat.
Egiluvchan kredit liniyasi (2009- yil, limit yo`q, qoplash muddati 3¼–5) potentsial yoki haqiqatdagi, to`lov balansini moliyalashtirish bilan bog`liq barcha talablarni qondirish uchun foydalanadigan kredit transhlari hisoblanib, ma‘lum davr davomida ijobiy natijalarini ko`rsatadigan va iqtisodiy siyosatga asoslangan juda mustahkam istiqboli makroiqtisodiy determinatlari mavjudligi sharti bilan taqdim etiladi.
Preventiv qo`llab–quvvatlash va likvidlik liniyasi (2011- yil, limitlar: 6 oylik–kvotani 250%, 1–2 yilga–kvotani 500%,12 oydan keyin qoniqarli taraqqiyot bo`lsa jami 1000 % kvotani, qoplash muddati 3¼–5) iqtisodiy siyosati asoslangan va ishonchli iqtisodiy determinatlarga ega bo`lgan mamlakatlar uchun instrument bo`lib, bozor, shu jumladan moliya sektorini barqarorligi, mustahkam asosdagi tashqi iqtisodiy pozitsiya va iqtisodiy siyosat kredit berish shartidir.
Shu bilan birga, XVF ning kreditlashdagi maxsus mexanizmlarga kiruvchi tezlashtirilgan moliyalashtirish uchun instrument (limitlar:yillik–kvotani 50%, kumulyativ–kvotani 100%, qoplash muddati 3¼–5) to`lov balansini moliyalashtirishga shoshilinch ehtiyoji bo`lgan barcha a‘zo–mamlakatlarga tezlikda taqdim etiladigan moliyaviy yordam bo`lib, bu kreditlash shartida to`lov balansidagi qiyinchiliklarni barataraf etish bo`yicha choralarni kuchaytirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |