Reja: Kirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir

Download 60.46 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi60.46 Kb.
#1263073
  1   2
Bog'liq
O zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanti

REJA:
Kirish
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir.
2.Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yunalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.
Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga koʻmaklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 200 milliard soʻm va 50 million dollar mablagʻ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.
Bunday amaliy choralar oʻz natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan.
Yigʻilishda ushbu koʻrsatkichlar islohotlarning dastlabki natijalari ekani taʼkidlanib, asosiy eʼtibor hanuzgacha uchrayotgan muammolarni hal etishga qaratildi.
Davlatimiz rahbari viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini taʼkidladi.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etish vazifasi qoʻyildi.
Baho berishda korxonalarning yashovchanlik koʻrsatkichi asosiy mezonlardan biri boʻlishi kerakligi belgilandi. Yaʼni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari rahbarlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga oʻtgan haftadagi tashrifi doirasida Xovos tumanini "Tadbirkorlik hududi"ga aylantirish boʻyicha taklif etilgan tashabbusni amalga oshirish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, yer va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda koʻmaklashiladi.
Videoselektorda sanoat sohasidagi kichik biznes subyektlari va yirik korxonalar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini keng yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmoqlari oʻrganilganda tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya deyarli yoʻqligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani maʼlum boʻlgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi.
Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oʻnta yirik sanoat tarmogʻi, jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari oʻtkazish, mahsulot va xizmatlar oʻz egasini topishi uchun "Yagona elektron kooperatsiya birja portali"ni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda tadbirkorlik rivojiga toʻsiq boʻlayotgan yana bir muammo – loyihalarni joylashtirish uchun yer ajratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayotgani koʻrsatib oʻtildi. Misol uchun, 3 ming 500 gektar maydon "Yer-elektron" axborot tizimiga taqdim etilgan boʻlsa-da, shundan 1 ming 300 gektari yoki 37 foizi savdoga qoʻyilgan, xolos.

Shu bois, mutasaddilarga yer ajratish masalasini idoralar bilan kelishish, binoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarini tubdan soddalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Banklarning tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishini yaxshilash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Hozirda kredit olish istagidagi tadbirkorning murojaati 3 bosqichda, yaʼni tuman-viloyat-respublika darajasida koʻrib chiqiladi. Bankning markaziy idorasi rozilik bermasa, tadbirkor kredit ololmaydi. Oqibatda, bu jarayon ayrim hollarda oylab choʻzilib ketyapti.
Shu bois, banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pogʻonaga oʻtkazish, 70-100 nafar xodim ishlaydigan filiallar oʻrniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham bank xizmatlari markazlarini koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarning kredit foiz stavkalariga oid fikrlari muhokama qilinar ekan, kreditlar boʻyicha kafolat berish va foizlarni qisman qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini kuchaytirish muhimligi aytildi.
Tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya toʻlash borasida tizimli yondashuv yoʻqligi tanqid qilindi.
Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda.
Hokimliklar buziladigan binolarning oʻrnida yangi korxonalarni qurish boʻyicha investorlarni topib, kompensatsiya toʻlovini ularning hisobidan toʻlanishini taʼminlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.
– Barcha hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman – asosli zarurat boʻlmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yoʻl qoʻyilmasligi zarur va shart, – dedi davlatimiz rahbari.
Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya toʻlash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda sud tizimining kichik biznes subyektlari murojaatlariga yondashuvi xususida ham soʻz bordi.
Maʼlumki, xorijiy tajribada 70 foiz nizolar sudgacha hal etiladi. Chunki ishlarni sudda koʻrib chiqish katta xarajat va koʻp vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni sudgacha hal etish tuzilmalarini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Adliya vazirligi, Oliy sud va Savdo-sanoat palatasiga muqobil hakamlik sudlari faoliyatini va mediatsiya institutini kengaytirish masalalarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligi tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur agentlik koʻrsatilgan sohani yuksaltirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.
– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oshirish, byudjet tushumlarini koʻpaytirish masalalarini toʻliq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini oshirishning eng muhim yoʻli tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlar soʻzga chiqdi.
Mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:
1. Quyidagi yo‘nalishlarga asoslangan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin:
*Ilova berilmaydi.
mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funktsiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni olib tashlash, kichik biznes sub’ektlarining moliya-kredit va xom ashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini ta’minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik sub’ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;
kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur er uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferentsiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlar berish;
kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo‘naltirish;
sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo‘ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini axborot bilan ta’minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsulьtativ ko‘mak berish tizimini yanada rivojlantirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 14 dekabrdagi F-3539-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi zimmasiga «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilsin, ularning zimmasiga Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar respublika hududlarida belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Bunda quyidagilarga:
tadbirkorlarning o‘z ishini ochishi bilan bog‘liq masalalarda sodir bo‘layotgan aniq o‘zgarishlarga;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — energiya va gaz ta’minoti, suv va issiqlik ta’minoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi bo‘yicha shart-sharoitlarning yaxshilanishi va muddatlari qisqartirilishiga;
tadbirkorlik sub’ektlariga er uchastkalari, shuningdek, noturarjoy xonalar ajratib berish bilan bog‘liq holat qanchalik yaxshilanganiga;
kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tekshirish va boshqa ortiqcha cheklashlarni, davlat va nazorat organlarining tadbirkorlar moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasidagi ishlarning ahvoli qay tarzda o‘zgarayotganiga;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bilan bog‘liq ishlarning ahvoli qanchalik o‘zgarganiga alohida e’tibor qaratilsin.
3. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (Sh. M. Mirziyoev):
ikki hafta muddatda respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan har bir vazirlik va idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin;
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi bo‘limlari va bandlarini to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha respublika davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi materiallarni yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqsin;
har chorak yakunlari bo‘yicha «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi o‘sishiga muhim ahamiyat berilgani holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda:
tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importi bo‘yicha statistik hisobot shakllariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar eksporti ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida bo‘lim kiritsin;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar eksporti hajmlari hamda tarkibi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etib borsin.
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:
aholi, ayniqsa, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari keng ko‘lamda tushuntirilishini;
respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Dasturning amalga oshirilishi muntazam yoritib borilishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
Uzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yunalishlari
O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.

Kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar davlatga bog`liq bo`lmagan holda, ya`ni katta kapital mablag`larsiz o`zlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bo`lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo`qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo`naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko`rsatish hamda xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko`rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega.

Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g`risida», «Mulk to`g`risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g`risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sano-atning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o`z o`rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta`minlovchi butun tizimni asosiy bog`lovchilik sifatini o`zlarida namoyon etmoqdalar.

Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste`moli mollarini, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog`langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF3305-sonli Farmoni qabul qilindi.
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg`or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar.
Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin:

  1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

  2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

  3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik korxonalar.

  4. Ijara korxonalari.

  5. Kichik qo`shma korxonalar.

Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumla-dan, transport, aloqa, sog`liqni saqlash va boshqa noishlab chiqa-rish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti – qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda halq amaliy san`ati buyumlaridir.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta`minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi;

  • bozor uchun zarur bo`lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o`zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;

  • iste`molchilik sohasida yuzaga keladigan bo`shliqni tezda to`ldirishga qodir bo`lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi.

Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi imkoniyatlarini yaratadi:

  • izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o`zlashtirish, ularni talabning tez o`zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;

  • tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste`molchilar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish;

  • ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib borish;

  • ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish;

  • boshqarishning oddiyligi, katta ma`muriy apparatning yo`qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o`zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;

  • xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan to`liqroq va samaraliroq foydalanish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog`liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o`rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg`or tarmoqlarida yangi tex-nologiyalarga o`tish sharoitida o`z o`rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g`oyalar va ishlab chiqarishni modernizastiyalash bilan ishlashni ta`minlov-chi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan sharo-itlarda ishlab chiqarishning ma`qul shakllaridan hisoblanadi.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g`oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo`lga qo`yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta`minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o`rin tutadi. Mehnat resurslari tez o`sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o`ziga xoslik sharoitlarida O`zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • erkin mehnat resurslarining, yangi xo`jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo`lishi natijasida ishlab chiqarishda bo`shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko`proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`lishi;

  • aholining, birinchi navbatda, yoshlarning, moddiy, ma`naviy va kasb darajasini ko`tarish;

  • aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste`moli mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish;

  • milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o`rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivoj-lantirishga yordam ko`rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g`oyat muhim bo`lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e`tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to`g`ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg`armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg`armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim.
O`zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko`rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug`urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag`batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko`rib bo`lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta`sir ko`rsatadi, kon`yunkturaning keskin o`zgarib ketishi, mijozlarning to`lovga qodir bo`lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo`yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug`urtalar tizimi yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug`urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo`lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o`ziniki bo`lgan yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste`mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to`ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

  • aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste`molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug`ullanish istagini uyg`otish;

  • qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo`jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo`li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo`shimcha ish joylari bilan ta`minlash;

  • mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to`laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;

  • ko`rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta`minlash;

  • korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lishlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;

  • joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko`ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste`mol bozorini tovar bilan to`ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish.

Ma`lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65 foizidan ortiq qismi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko`rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo`nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog`liq turli boshqaruv pog`onalarida tashkiliyiqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo`llabquvvatlash;

  • kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta`minlashni qo`llab-quvvatlash;

  • islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish.’

Download 60.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling