Reja: Kirish kichik guruhdagi jarayonlarni umumiy xarakteristikasi. Guruhiy kelishmovchiliklar va qaror qabul qilish mexanizmi. Guruhiy qaror qabul qilish. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish


Download 86.85 Kb.
bet3/8
Sana03.12.2023
Hajmi86.85 Kb.
#1806019
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kichik guruhlar strukturasi va dinamik aspektlari

Kurs ishining metodologik asosi: Ijtimoiy psixologiyada katta guruxlar ichida etnik guruxlar psixologiyasi ya’ni etnopsixologiya buyicha kuprok tadkikotlar utkazildi. Ayniksa xozirgi davrda xar bir jumxuriyatlar aloxida, mustakil davlat mavkeini olgan, lekin boshka tomondan karaganda xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar urtasida muttasil alokalar mavjudligidan kelib chikib, ilmiy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan xam muxim masala sifatida kuyilmokda. Shuning uchun xam katta guruxlar ichida milliy guruxlarga kuprok e’tibor berish lozim deb topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – Uzbekistonda bu soxada ayrim tadkikotlarni utkazilganligi, lekin ular kup xolatlarda milliy psixologiya doirasida olib chikilmaganligidadir.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Milliy psixologiya nima va uni kanday kilib urganish mumkin? Bu xozirda, ya’ni mustakil Uzbekiston sharoitida kupgina tadkikotchilarni kiziktirayotgan masalasidir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmokdaki, u fakatgina milliy ongga taalukli bulgan xozirgi va utmishdagi xolatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi tomonga uzgarishini, millatlararo sodir buladigan jarayonlarni bashorat kilmogi lozim. Buning uchun unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak, Uzbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermokdalar. Chunki sobik Ittifok sharoitining uzi ana shunday kuchli nazariyaning bulishi uchun anchagina tuganok bulgan, empirik tadkikotlar esa, avval ta’kidlanganidek tor guruxlar doirasidan, avvalo oilalar doirasidan chikmagan edi.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish qismi, uch qism, xulosa, xamda adabiyotlar ro'yxatidan iborat.


  1. Kichik guruhdagi jarayonlarni umumiy xarakteristikasi.

Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim millatlar psixologiyasidan tashkari turli xalklar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarini xam urganadi. Ma’lumki bu boradagi birinchi milliy tadkikotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadkikotlaridan «xalk» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha etnik guruxlar psixologiyasini urganish uchun ularning tilini odatlarini va ana shu xalklarda keng tarkalgan afsonalar va boshka ong tizimlarini urganish kerak. Shunisi dikkatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda utkazilgan muxim tadkikotlardan biri bizning ulkamizda utkazilgan bulib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadkikot bulib, uni utkazishdan asosiy maksad L. S. Vigatskiyning madaniy- tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya bochiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba kozongan Uzbekiston sharoitida turmush tarzining uzgarishi bilan uzbek xalki psixologiyasining xam uzgarganligini isbot kildilar. Asosiy maksad – bilim jarayonining uzgarganligini isbot kilish bulsa xam tadkikotchilar uz-uzini anglash va uz xulk-atvorini analiz kilish borasida xam uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maksadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar xamda pedogogika bilim yurtlarida ta’lim olayetgan kizlar urtasida fark bor-yukligini tekshirishdi.
Tadkikot asosan uz-uzini analiz kilish metodi yordamida utkazilgan bulib ayollarga turli savollar orkali uz shaxsiga xos xususiyatlarini, uzidagi yetakchi sifatlarini aniklash va ba’zi psixologik xolatlarga baxo berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati tulikligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy alokalar tizimida tutgan urniga boglik bulib chikdi. Uyda utirgan ayollar kup xollarda kuyilgan savolni xam anglamasligi ma’lum buldi. Luriya shu narsaga ikror buldiki, uzbeklardagi ong asosan boshka odamlar fikriga boglik ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini anikladi. Masalan: ayollarga uzidagi yomon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon kushnilarni kursatishar va umuman uz-uzini baxolashdan kura boshkalarni baxolash ularga sifat xarakteristikalari berish ancha oson tuyulardi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maksadi milliy psixologik xususiyatlarni urganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash, xamda milliy psixologiyani xayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan urniga bevosita boglikligini isbot kilish edi. Lekin tadkikotning axamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani urganishga yordam beruvchi metodlar va metodik prinsiplar sinab kurilgandi. Tugri bu tadkikotda tuplangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bulmaydi, kolaversa, bu konsepsiyaning uzi necha bor kayta ishlovni talab kildi, lekin milliy psixologiya buyicha utkazilgan kross – tadkikot sifatida uning axamiyati kattadir. Kullangan piktogramma – «suz portretlari»ni, uz-uzini analiz kilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadkikotlarda xam fakat yangicha metodologik prinsiplarda kullash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobik Ittifok olimlarining tadkikotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish xarakatlari sezilmokda. Bu soxada mashxur rus etnogrofi va psixologi Y. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida tuplangan ma’lumotlar misol bulishi mumkin. Y.V.Bromley etnik guruxlar psixologiyasida ikki tomonni fark kiladi. A) psixik asos-etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barkaror kismi:
B) xissiyot soxasi, etnik yoki milliy xis kechinmalarni uz ichiga olgan dinamik kism. Lekin tadkikotchilar nima uchundir milliy psixologiya masalalari bilan shugullanishganda, milliy kirralar yoki sifatlarni aniklash bilan shugullanadilarda, u yoki bu millatlargagina xos bulgan kirralarni topishga urinadilar, lekin fan texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy uzaro xamkorligi va mulokoti sharoitida, aralash nikoxlar keng tarkalgan sharoitda fakat u yoki bu millatga xos bulgan kirralar xakida gapirish juda kiyin. Masalan: Uzbeklar urtasida utkazilgan kichik tadkikot natijasida shu narsa ma’lum buldiki, guyoki mexmondustlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar uzbek xalkigagina xos emish. Tugri bu sifatlar albatta uzbeklarda bor. Lekin aynan shu sifatlar boshka millat vakillarida yuk deyishga chikkanimiz yuk.
Xuddi xar bir shaxs ongida turlicha steriotiplar – ya’ni urnashib kolgan obrazlar bulganidek, xar bir oila yakin oshna ogaynilar va uziga uxshash shaxslar bilan mulokot jarayonida u yoki bu millat vakilida xam uz millatiga xos bulgan sifatlar xakida, steriotiplar paydo bulib, uning ongida urnashib boradi. Bunday steriotiplar uz millatiga va boshka xalklarga nisbatan bulib, boshkalar xakidagi tasovvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor buladi. Shunday tasavvurlar asosida boshka millatlarga nisbatan yoktirish (simpatiya) yoki yoktirmaslik (antipotiya) va befarklik munosabatlari shakllanadi. Uz millati xakidagi tasavvur va steriotiplar esa milliy «etnotsintrizm» xissini shakllantiradiki, shu xis tufayli shu milliy gurux vakillarida boshka millatlarga nisbatan irrotsional munosabatlar paydo bulishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chikarishi mumkin. Bu borada ijtimoiy psixologlar va mavkurachilar oldida turgan muammolardan biri.
Millat vakillarida milliy gururning kay darajada bulishini aniklash muammosi turadi. Chunki kupincha milliy gurur tufayli ayrim shaxslarda boshka millatlarni mensimaslik, ulardagi gurur yoki milliy xislarni tan olmaslik xollari kuzatilmokda. Umuman bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsintrizm va milliy gururning salbiy kurinishlari boshka millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va xokazolarini bilmaslikdan kelib chikadi. Milliy psixologiya buyicha utkazilishi lozim bulgan tadkikotlarning maksadlaridan biri xam boshka millat psixologiyasini bilib, uni boshka millatlarga yetkazishi tufayli, xar bir millat vakiliga xurmat-izzat xissini kuchaytirishdir. Chunki uzini xurmat kilmagan odam boshkani xurmat kilmaydi buning uchun esa, uz psixologiyasini xam, uzgalar psixologiyasini xam bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barxam berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga xam xosdir ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta gurux xisoblangan millatlar psixologiyasini xam boshkarish mumkin bulsin.
Ma’lumki, guruhda to‘plangan kishilar o‘rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo‘ladiki, ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra, o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi.


  1. Download 86.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling