Reja: Kirish. Menejmentning tushunchasi va menejerga qoʻyiladigan talablar
Download 22.38 Kb.
|
Boshqaruv texnologiyalari kurs ishi
Boshqaruv texnologiyalari Reja:
Menejmentning tushunchasi va menejerga qoʻyiladigan talablar. Boshqaruvning mohiyati va texnologiyalari. Boshqaruv tarkibining tuzilishi va uning bosqichlari. I bob boʻyicha xulosa. II BOB. Tashkilot va uning boshqaruvida zamonaviy menejment texnologiyalari. 2.1. Tashkilot tushunchasi va ularni boshqarish usullari. 2.2. Zamonaviy menejerga qoʻyiladigan talablar. II bob boʻyicha xulosa. Xulosa va tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar. BOSHQARUVNING MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI BOSHQARUVNING MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI. Boshqaruvning mohiyati. Boshqaruvning umumiy ko’rinishi asosan o’zaro harakatdagi aniq ikki ob’ektning, bunda bulardan biri boshqaruvning sub’ekti tomonida, ikkinchisi- boshqaruvning ob’ekti tomonida turadi. Bu o’zaro harakatlar uchun quyidagilar muhim xususiyatlarga ega: • boshqaruv sub’ekti boshqaruv ob’ektiga qanday funktsiyalarni bajarishi lozim bo’lgan axborotlar tizimini ta’sir qilish impul`slari (boshqaruv buyruqlari) orqali yo’naltiradi; • boshqaruv ob’ekti impul`s ma’lumotlarini qabul qiladi va vaziyatlarni hisobga olib, bu ma’lumotlarga muvofiq harakatlarini boshlaydi. Masalan, usta o’zining qismida ishni tashkil qiladi, bunda u quyi darajadagi menejer yoki boshqaruvning sub’ekti, ishchilar esa, Boshqaruvning ob’ektlari hisoblanadi. Tashkilotlarning tijorat direktori tashkilotlardagi tijorat bo’limlarining savdo ishlarini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv sub’ekti, ko’rsatilgan bo’limlar – boshqaruvning ob’ektlaridir. Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruv ob’ektiga ta’sir manbalari hisoblanib, boshqaruv tizimining qismi yoki bo’limidir. Boshqaruv yakka menejer, rahbarlar guruhi jamoasi yoki aktsionerlar jamoasi yig’ilishi orqali amalga oshiriladi. Shunga bog’liq holda boshqaruv sub’ekti turlicha bo’lishi mumkinBirinchi holatda boshqaruvning sub’ekti menejer, keyingilarda – guruh, bo’limlar, boshqaruv organi. Boshqaruv ob’ekti siftida ishchi, ishchi guruhlari, mehnat jamoasi qatnashadilar. Boshqaruvning ob’ekti resurslar, jarayonlar, natijalar, inson faoliyatining barcha Turlari ham bo’lishi mumkin. Tashkilotlar o’zlarining faoliyatlari jarayonlarida moddiy, mehnat, moliyaviy, axborot, texnologik va boshqa resurslardan foydalanishi mumkin. Shularga muvofiq, boshqaruv ob’ekti resurslari sifatida quyidagilar ham ishtirok etadilar: • tovarlar zahirasi; • moliyaviy resurslar; • axborotlar maydoni; • tashkilotning personali. Har qanday tashkilotda boshqaruv jarayoni boshlanishi va ishlab chiqarish jarayonigacha Ko’plab jarayonlar bo’lib o’tadi. Ishlab chiqarish jarayonining muhim qismlari ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulot sotish hisoblanadi. Shularga muvofiq, boshqaruv ob’ektlari Sifatida quyidagi jarayonlar ham hisoblanishi mumkin: • ishlab chiqarish jarayoni; • savdo-texnologik jarayonlar; • korxonaning marketing faoliyati; • korxonaning moddiy-texnik ta’minoti va boshq.. Boshqaruvning natijalariga: daromad, rentabellik, ishlab chiqarish hajmi va mahsulotlarni sotish, xarajatlar, mahsulotlarning sifati va boshqlar kiradi. Shularga muvofiq, boshqaruv ob’ektlari sifatida quyidagilar ham xizmat Qilishi mumkin: Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar; • Boshqaruv yoki ishlab chiqarish faoliyati natijalari; • Mehnat unumdorligi; • Boshqaruv yoki ishlab chiqarish xarajatlari. Bu yerda boshqaruvning boshqa ta’riflarini keltirish ham boshqaruv ma’nosiga aniqliklar kiritadi. Amerikalik taniqli tadqiqotchi P.Drukerning xulosalari bo’yicha, boshqaruv – bu «uyushmagan odamlarni samarali maqsadlarga yo’naltirish va ishlab Chiqarish guruhiga aylantirish faoliyatidir28. Amerikalik olim K.Killen boshqaruvni – «ishlarni begona qo’llar bilan bajarishdir» Deb ta’riflaydi. F.Teylorning fikricha boshqaruv – “bu nima qilish kerak va qanday qilib Eng qulay, arzon usullar bilan eng yaxshi qilish san’atidir”29. Boshqaruvning sub’ekti va ob’ektining o’zaro harakatlari uchun ularning o’rtasida Majmuaviy xususiyatlaga ega bo’lgan munosabatlarning bo’lishi zarur. Bunda aniq Darajalarda boshqaruv u yoki boshqa munosabatlarga ustunlik qiladi. Boshqaruv Munosabatlarining eng ko’p tarqalganlari iqtisodiy munosabatlarga asoslanganlari Hisoblanadi. Boshqaruv uchun tamoyilli munosabatlar: ishlab chiqarish vositalaridan Foydalanuvchilar va mulkdorlar o’rtasida kelib chiqadigan, yollash va assosiatsiyalashtirilgan Mulkdorlarning birgalikdagi faoliyati jarayonlaridagi mehnatni Korporatsiyalash va taqsimlash munosabatlari hisoblanadi. Aloqa – boshqaruvning har qanday tizimidagi uzluksizlik elementi (vositasi) Hisoblanadi. Aloqani boshqaruv maqsadlari uchun muhim hisoblangan Sub’ektlar, moddalar, narsalar, energiya va boshqalarning o’zaro Harakatlari, munosabatlari, bog’likligining almashinuvi haqidagi xabarlar deb tushinish Kerak. Boshqaruvdagi aloqalar to’g’ri, teskari, vertikal, Gorizontal va boshqa mazmunlar va xususiyatlarga ega bo’lgan aloqalardir. Keltirilgan to’g’ri va teskari aloqalar vertikal aloqalarga taalluqli. Bulardan tashqari Boshqaruv tizimining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi bo’yicha sub’ektlarning Bir darajali harakatlarini muvofiqlashtirishini ta’minlovchi, bilimlar va ko’nikmalar Uzatish, norasmiy munosabatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi gorizontal Aloqalar ham majud. Tizim. Boshqaruv qachonki, uning tanasi, gavdasi hisoblangan Harakatlanuvchi aniq tizim (sistema) bo’lgandagina boshqaruv bo’lishi mumkin. Bu tizim Boshqaruv tizimi- sistemasi deyiladi. Tizim uning yagonaligini tashkil Qiladigan elementlar majmuasining va bu majmuada turgan munosabatlarning aloqalari Hisoblanadi. Tizimning asosiy tamoyillari quyidagilar: • tizimdagi xususiyatlarning tizimni tashkil qiluvchi Elementlar yig’indisiga xususiyatligi; • tarkibliligi; • tarkiblar va muhitlarning o’zaro bog’langanligi; • ierarxiyaligi; • har bir tizimning turli ta’riflarda izohlanishi. Bunday tizim o’ziga muvofiq tarkiblarga ega bo’ladi, Shuningdek, u aniq elementlardan tuzilgan tizimdan iborat bo’lganligi uchun, O’ziga xos o’zaro aloqalarda va o’zaro harakatlarda ham boshqaruv amalga Oshiriladi. Zamonaviy tashkilotlarning boshqaruv tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi Kerak: • yuqori darajalardagi egiluvchanlik; • tashkillashtirish va mehnat taqsimotini talab qiluvchi Nazoratning muvofiqlashgan shakllari, murakkab texnologik ishlab chiqarishga mos bo’lishi; • bozor kon`yukturasiga, korxonaning ichki va tashqi muhitidagi omillarning O’zgarishini operativ holatda qarash; • mahsulotlar va xizmatlar bozorlariga muvofiq raqobatni hisobga olish; • shartnomalarni bajarish va iste’molchilarga xizmat qilish sifati talablarini Hisobga olish; • korxona boshqaruvining yuqori samaradorligini ta’- minlash; • tashkillashtirishni rivojlantirishni muvofiqlashtirish; • fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlari va natijalarini joriy qilish; • o’z-o’zini boshqara bilish qobiliyatiga ega bo’lishi (belgilangan me’yorlardan Har qanday og’ishlar, chetlanishlar o’ta tezlikda (avtomatlashgan) qayd qilinishi va Boshqaruv tizimining oldingi me’yorli sharoitga tushishini va boshqaruvni Davom ettirishini ta’minlovchi qarama-qarshi nazoratning muvofiqlashgan shakllari, Tadbirlar tezlikda ishlab chiqilishi. Boshqaruv texnologiyalari. Boshqaruv texnologiyasining Mazmuni boshqaruv ob’ektining murakkabligi va turiga, ishchilarning Malakalariga va texnik vositalardan foydalanish turlariga Bog’liq hisoblanadi. Boshqaruv texnologiyalari o’zining tarkibiga sharoitlarning Tahlilini, axborotlarni tayyorlashni, qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni, ularni Ijrochilarga yetkazish va maqsadli dasturlar yoki qurilish loyihalarining bajarilishi Holatlarini nazorat qilishni oladi. Hozirda boshqaruv texnologiyalarining quyidagi turlarini ajratishadi: • oldindan belgilangan rejaga muvofiq ba’zi bir ishlar va jarayonlar qattiq uzluksizlikda Ishlab chiqarilishi bilan xususiyatlanadigan liniyali boshqaruv texnologiyasi; • vaziyatni baholash va oxirgi bitta maqsadni bir tomonlama aniqlash qiyin bo’lgan vaziyatda qo’llaniladigan tarmoqli boshqaruv texnologiyasi. Rejalashtirilgan natijaga bir nechta yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqilgan qarorlarni bajarish yo’li bilan erishiladi; • vaziyatlar bo’yicha boshqaruv texnologiyasidan, menejer kelib chiqqan vaziyatlarga Asoslanib, doimiy o’zgarib turadigan sharoitlar uchun operativ qarorlar qabul qilganda, Boshqaruv jarayonining fazalari biri-biri bilan bog’lanmay o’tishida foydalaniladi; • natijalar bo’yicha boshqaruv texnologiyasi muvofiqlashtiruvchi funktsiyalarning Va korxonadagi barcha bo’limlardagi o’zaro harakatlarining kuchayishi Bilan bog’langan. Bu texnologiya tashkilotda qabul qilingan qarorlar va natijalar Oralig’ida uncha katta vaqt bo’lmaganida qo’llaniladi va katta samara beradi; • maqsadlar bo’yicha boshqaruv texnologiyasi korxonada kuchli analitik bo’limning Mavjud bo’lishligini talab qiladi. Boshqaruvni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: oddiy Maqsadli, maqsadli-dasturli va reglamentli. Oddiy maqsadli boshqaruvda rahbar maqsadga Erishish yo’llarisiz oxirgi maqsad va muddatlarni aniqlaydi. Maqsadli-dasturli boshqaruv maqsadlarni, maqsadlarga erishishdagi har bir bosqichlar Uchun mexanizmlar va muddatlarni tayinlashni nazarda tutadi. Reglamentli boshqaruv iqtisodning hamma darajalarida qo’llaniladi, resurslar va parametrlar bo’yicha chegaralar, oxirgi maqsad tayinlanadi; • ehtiyojlar va manfaatlari bo’yicha boshqaruv texnologiyasi insonni uning ehtiyojlari (ovqat, uy, dam olish, sog’lik) va manfaatlari (moddiy, ijtimoiy, estetik) orqali rag’batlantirishlar bilan bog’liq; izlanuvchi boshqaruv vazifalarning to’liqligiga va Aniqligiga asoslangan. Bu holatda qarorlar maqsadlardan teskari uzluksizlarni chiqarib tashlagan talablarda ishlab chiqariladi; • “Sun’iy intellekt” asosidagi boshqaruv texnologiyasidan axborotlar tizimi yordami bilan zamonaviy texnik vositalar va zamonaviy texnologiyalarni qo’llashda foydalaniladi. Boshqaruv tarkibining tuzilishi va uning bosqichlari Boshqaruv tarkibining tuzilishini tushunib olishni quyidagi besh bosqichlarga ajratish mumkin: Tashkilot mehnat jarayonlarining umumlashmasi sifatida namoyon Bo’ladi. Tashkilotlarni boshqarish – ishlab chiqarish jarayonlarini to’g’ri tashkil Qilish va mehnat unumdorligini oshirish. Tashkilotni menejer tuzadi va nazorat qiladi. 2. Tashkilot – eng barqaror qurilgan (ma’muriy mexanizm) piramida. Unda korporativ odob-axloq, javobgarlik va vakolat balansi, mehnat taqsimoti, bir fikrlilik, aniq tarkib namoyon bo’ladi. 3. Tashkilot – byurokratiya, bunda inson – individual belgilarga ega ekanligining huquqsizligi natijasida bu ulkan mashinaning detali, butunni yaratish uchun material. Shaxsning individualligi ko’rsatmalarga qat’iy amal qilish bo’yicha yaratilgan ishlanmalar bo’yicha deyarli yo’q qilingan. 4. Yigirmanchi asrning 30-40 yillarida Elton Meyo tashkilotga «qabila Sifatida qarash kerak va shunga muvofiq uni boshqarish lozim» degan taklifni kiritdi. U ham Insonni ulkan mashinaning detali deb qabul qildi. Lekin u har bir insonning Individualligi huquqini himoya qilib, inson o’z fikrini o’zaro munosabatlarda, ichki Muhitda va tashkilotdan tashqarida ham bildirishga haqqi borligini Alohida ta’kidladi. Bu kontseptsiya bo’yicha birinchi rejaga, oldinga shaxslar O’rtasidagi va guruhlar o’rtasidagi munosabatlar qalqib chiqadi. Demak , boshqaruv – Guruhlarning ruhiy tarkibiga asoslanishi kerak. Aks holda, o’zboshimchalik, Nazoratga bo’ysinmaydigan «o’zim quraman» kelib chiqishi mumkin. 5. Tashkilot – bu ijtimoiy texnik tuzim. Chunki unda texnologik asoslar Muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun odamlarning o’zaro harakatlari ham texnika Bilan bog’langan. Texnik tizim bilan shaxslar o’rtasidagi munosabatlar tizimi chuqur Integratsiya bo’lishi mumkin. Texnik tizim ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq, shaxslar O’rtasidagi munosabatlar – ishlab chiqarish tizimi. Tashkilot shuning uchun ham murakkab va ehtimolli tizim. Tashkilotni boshqarish o’zida nafaqat tashkiliy tarkiblardan iborat murakkab tizimlarni namoyon qiladi va shu bilan birga tashkilotni boshqarish usullarni, maqsadlar, jarayonlarni ham o’z tarkibiga oladi. Har qanday tashkilot doimiy ravishda o’zaro harakatlarda va muvozanat harakatlardagi ko’plab elementlardan tashkil topgan. Bu elementlar biri-biri Bilan uyg’unlashib yirik shakllarni, komponentlarni hosil qiladi. Ya’ni tabiatdagi Tizimdagidek, boshqaruv tizimining hosil bo’lishi jarayonlari boshlanadi. Har qanday Tashkilotda yagona boshqaruv tizimi sifatida quyidagi ikkita komponent- Tizimosti (tizim, sub’ekt) boshqaruvi va boshqariladigan tizim (ob’ekt, tizim) mavjud. Tashkilotning boshqaruv tizimi tarkibida quyidagi tizim osti tizimlari ajratiladi: • boshqaruv tarkibi: (funktsional tarkiblar; tashkiliy munosabatlarning sxemasi; tashkiliy tarkiblar; personalning professionalligi); • boshqaruv texnikasi: (hujjatlarning aylanishi tizimi; axborot kanallari; komp`yuterli va orgtexnika, idora mebellari); • boshqaruv jarayoni: (kommunikatsiya; jarayonlar sxemasi; qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; axborotli ta’minot); • boshqaruv metodologiyasi: (maqsadlar; vazifalar;qonunlar va tamoyillar; usullar va funktsiyalar; texnologiya va boshqaruv amaliyoti). Tizimosti tizimlarining tarkiblari yuqorida keltirilgan elementlardan Tashkil topgan bo’lib, har bir element ma’lum bir voqe’lik yoki jarayonni Anglatadi va elementlar uyg’unlashuvida o’zaro hamkorlik harakatlarini boshlaydi. Boshqaruv bo’yicha birinchi darslikni Angliyalik matematika va muhandislik professori, Tadbirkor Charl`z Bebidj yaratdi-“Mashina iqtisodi va ishlab chiqarish”-1832 yilda. Boshqaruv tarkibi, boshqaruv texnikasi, boshqaruv jarayoni va boshqaruv Metodologiyasidagi elementlar nafaqat o’z tizimidagi harakatlar bilan balki, Qayd qilingan to’rt tizimosti tizimidagi barcha elementlar bilan O’zaro munosabatda va biri-biri bilan bog’langan harakatlarda faoliyat Ko’rsatadi. Boshqaruv metodologiyasi bilan boshqaruv jarayonining o’zaro hamkorlikdagi Harakatlari – boshqaruv faoliyati jarayoni sifatida baholanadi. Boshqaruv tarkiblari Bilan boshqaruv texnikasi va texnologiyasining o’zaro hamkorlikdagi Harakatlari – boshqaruv faoliyati hodisasi sifatida baholanadi. Boshqaruv Faoliyati jarayoni bilan boshqaruv faoliyati hodisasi boshqaruvning tizimiga zamin Tayyorlaydi va boshqaruv tizimi ishlab chiqiladi Boshqaruv tizimining ishlab chiqilishi bu Tashkilot faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Ya’ni, tashkilotni yuzaga Keltirishdagi murakkab vaziyatlardan chiqish, boshqaruv nazariyalari tahlili, bashoratlar, Maqsad va vazifalarni belgilash, strategik rejalar, loyihalar va boshq.. ortda qolib, Boshqarishni tashkil qilish va boshqarish dastlabki fikrlardagi Tashkilotni emas balki, faoliyatlar bilan personalni boshqarishdan iborat Ekanligi ma’lum bo’ladi. E’tibor qilinsa, boshqaruvning tarkibida boshqaruvning tamoyillari, boshqaruvning Funktsiyalari, boshqaruvning usullari, qandaydir tizimlar va tizimosti tizimlari Qayd qilinmagan va keltirilmagan. 20-rasm diqqat bilan tahlil qilinsa, tashkilotni boshqarishning Muayyan asoslari personalni, odamlarni boshqarish bo’lib chiqadi. Bu esa Menejmentning kelib chiqishi, menejmentning nazariyalari, menejmentning maktablari, Menejmentning modellari, menejmentning tamoyillari va boshqaruvni yodga soladi. Zamonaviy tashkilotlarning boshqaruv tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi Kerak: -yuqori egiluvchanlikka egaligi; – ishlab chiqarishning murakkab texnologiyasi talablariga, nazoratning muvofiq shakliga, Tashkillashtirish va mehnat taqsimotiga adekvatli bo’lishi; – bozor kon’yunkturasi, korxonaning ichki va tashqi muhitidagi omillarning o’zgarishiga tezkor ta’sir ko’rsatishi; -mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi raqobatni hisobga olishi; – shartnomalarning bajarilishi va iste’molchilarga sifatli xizmatlar ko’rsatilishi talablarini hisobga olishi; Tashkilotni yuqori samarada boshqarishni ta’minlash; Tashkilotning rivojlanishiga yordam berishi; Amaliyotdagi ilg’or tajribalar va fan yutuqlarini joriy qilishni ta’minlash; Me’yorlardagi har qanday og’ishlar (narx bo’yicha,sifatdagi og’ishlar, muddat va boshq..) tezlikda qayd qilinishi va o’sha vaqtda korxonaning oldingi me’yorli holatida ishlashini ta’minlovchi qarshi tadbirlarni ishlab chiqishiga, o’z-o’zini boshqarib borishiga yordam Berishi. Boshqaruv stili. Ruscha-o’zbekcha lug’atda (Qo’shjonov M.Q. Rahbarligida tayyorlangan, O’zbek Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi, Toshkent, 1983-1984yy.). Stil-uslub, stil; avtoritar-hokimlik, diktatura, so’zsiz Bo’ysinishga asoslangan; demokratiya-xalq, xalq hokimiyati, liberal-hur Fikrli, murosasozlik deb tarjima qilingan. Korxonalarni va tashkilotlarni boshqarishda boshqaruv stili hozirgi vaqtda ancha O’zgaruvchan, biror bir tizimga qattiq bo’ysunish me’yorlarida emas. Chunki, xususiy Mulkka asoslangan erkin bozor sharoitlarida ko’plab tashkilotlar va korxonalar xususiy Hisoblanganligidan bu tashkilotlar va korxonalarning egalari boshqaruvni o’zlari Tanlamoqdalar. Lekin, boshqaruvda avtoritar, demokratik va liberal boshqaruv stillari Ustivorlikda qolmoqda. Download 22.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling