Reja Kirish. Mexanik to’lqinlar haqida tushuncha. Boy’lanma va ko’ndalang to’lqinlar


Download 331.88 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi331.88 Kb.
#1409667
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mustaqil

2.1 Tovush tezligi
Tovush tezligi - tovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib, toʻlqinning chastotasi va amplitudasiga bogʻliq emas. Gazlarda temperatura va bosim ortishi bilan Tovush tezligi ortadi, suyukliklarda (suvdan tashqari) esa temperatura ortishi bilan, yaʼni suyultirilganda Tovush tezligi kamayadi. Suvda temperatura oshishi (74° gacha) bilan Tovush tezligi ham ortadi. temperatura bundan yuqoriga koʻtarilgan sari Tovush tezligi kamaya boradi.
Gaz va suyuqlik aralashmalarida Tovush tezligi undagi komponentlarning konsentratsiyasiga bogʻliq. Izotrop qattiq jismlarda Tovush tezligi moddaning zichligi va elastiklik moduli bilan aniqlanadi. Tovush tezligi qattiq jismlarda suyukliklardagidan, suyuqliklarda esa gazlardagidan katga. Mas., Tovush tezligi 20° da havoda 331 m/s ga, suvda 1450 m/s ga, poʻlatda 5000 m/s ga teng Tovush-(fizikada) — keng maʼnoda — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilisheshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan Tovush bor. Chastotasi 16 Gs — 20 kGs gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida Tovush sezgisini uygʻotadi. Chastotasi 16 Gs dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kGs Q 1 GGs boʻlgan toʻlqinlar ultratovush va chastotasi u>1GGs dan yuqori boʻlgan toʻlqinlar gipertovush deyiladi. Infra, ultra va gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi Tovush toʻlqini faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama, ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Tovush tezligi quruq havoda 15° trada 0,34 km/s, suyukdikda 152 km/s, qattiq jismda 5Q6 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.Insonlar qabul qilgan T.larni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir subʼyektiv bahoga Tovush toʻlqinining aniq fizik xarakteristikam moye keladi.Har qanday real Tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki maʼlum chastotalar toʻplamiga ega boʻlgan garmonik tebranishlarning yigʻindisidan iborat. Berilgan Tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari toʻplami Tovushning akustik spektri debataladi. Agar Tovushda maʼlum intervaldagi barcha chastotaga ega boʻlgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Agar Tovush bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret chastotali tebranishlardan tashkil topgan boʻlsa, spektr chizikli spektr deyiladi. Shovqinlar, mas., daraxtlarning shamolda shitirlashi tutash spektrga, cholgʻu asboblari Tovushlari esa chiziqli spektrga ega boʻladi.

Download 331.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling