Reja Kirish. Mexanik to’lqinlar haqida tushuncha. Boy’lanma va ko’ndalang to’lqinlar


Download 331.88 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi331.88 Kb.
#1409667
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mustaqil

1.1 Elastik va yassi to’lqinlar
Elastik to`lqinlar. Har qanday (qattiq, suyuq va gazsimon) jismning zarralari orasida o`zaro tutinish kuchlari mavjud bo`lib, zarralar bir–biriga nisbatan siljiganda elastiklik kuchlari yuzaga keladi. Shu sababli qattiq, suyuq va gaz holatdagi muhit elastik muhit deb ataladi.
Agar elastik muhitning biror joyidagi zarra tebranma harakatga keltirilsa, u holda elastiklik kuchlari tufayli zarraning tebranishlari muhitning qo`shni zarralariga uzatiladi. Biror vaqtdan so`ng tebranishlar butun muhitga tarqaladi. Mexanik tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoni mehanik to`lqin deb ataladi.
.Yassi to`lqin tenglamasi. Muhitning to`lqin jarayonda ishtirok etayotgan zarralarining vaqtning istalgan paytidagi siljishi bilan bu zarralarning tebranishlar markazidan uzoqligi orasidagi boglanishni ifodalaydigan munosabat to`lqin tenglamasi bo`ladi.Bu munosabatni topish uchun ko`ndalang to`lqinni ko`rib chiqamiz. Lekin barcha mulohazalarimiz bo`ylama to`lqin uchun ham o`rinli bo`ladi.
Tebranishlar markazi bo`lgan О nuqtani koordinata boshi deb qabul qilaylik, 0 nuqtadagi tebranishlar garmonik tebranishlar bo`lsin:



bunda t –tebranish boshlangan paytda boshlab hisoblangan vaqt. Muhitning to`lqin etib borgan barcha zarralari ham shunday chastota va amplituda, biroq turli fazada garmonik tebrana boshlaydi. Tebranishlar markazidan (O zarradan) у masofada turgan ihtiyoriy A zarrani ko`raylik. Agar O zarra t vaqtdan beri tebranayotgan bo`lsa, A zarra vaqtdan beri tebranadi, bunda  –tebranishlarning O markazidan A zarragacha tarqalish vaqti, yani to`lqinning yo`lni o`tishi uchun ketgan vaqt. Demak, A nuqtaning tebranish tenglamasi quyidagicha bo`ladi:



Biroq,  ,bu erda  –tulqinning tarqalish tezligi. U holda



Bu tenglama vaqtning ihtiyoriy paytida to`lqinning ihtiyoriy nuqtasnning siljishini aniqlashga imkon beradi, uni yo`nalish bo`yicha tarqalayotgan yassi to`lqin tenglama deyiladi.
tenglamaga  ifodani qo`yib va  ekanligini nazarga olib, to`lqin tenglamasining boshqa ko`rinishlarini hosil qilish mumkin:

Gyugens prinsipiga ko`ra, muhitning to`lqin etib borgan har bir nuqtasining o`zi, ikkilamchi to`lqinlarning manbai bo`lib qoladi, yani bu nuqtadan huddi markazdan tarqalgandek, yangi sferik to`lqin tarqala boshlaydi. Ikkilamchi to`lqinlar dastlabki front harakatlanayotgan yo`nalishlardan boshqa barcha yo`nalishlarda o`zaro so`nadi, yani bir–birini so`ndiradi.

Download 331.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling