Reja Kirish. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Hulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Download 34.11 Kb.
bet1/6
Sana05.10.2023
Hajmi34.11 Kb.
#1692921
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisod



Reja

Kirish.



  1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli.

  2. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari.

  3. Korxonalarni tasniflash.

  4. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar.

Hulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi hamda davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat barcha xo‘jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o‘tishi iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo‘lgan paytlardagidan farqli o‘laroq mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatlarini direktiva ko‘rsatkichlari asosida emas, balki 0 ‘zbekiston Respublikasi «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o‘zlariga kerak bo‘lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug‘ullanmoqda, zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar.
Insonning oliy maqsadi yaxshi yashash, lekin havodan tashqari hamma narsa chegaralangan. Ulardan ratsional foydalanish doimo inson ongi oldiga ko‘pgina siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, texnologik, ekologik va hokazo muammolami qo‘yadi.-Bu muammolar yakka insondan tortib, korxona, firma, ulaming birlashmalari, umuman regionda iqtisodiyoti miqyosiga taalluqlidir. Shuning asosida, xo‘jalik yuritish, uni boshqarish to‘g‘risida insoniyat doimo filer yuritib, bilimlar tizimini yaratib kelgan. Fan - bu insoniyat tarixida to‘plangan tabiat, jamiyat va fikrlash to‘g‘risidagi bilimlar tizimidir. Shu bilimlar asosida insoniyat tabiat sirlarini, jamiyat mummolarini ichiga kiradi, o‘rganadi va o‘z hayotiga moslashtiradi. Har bir inson oldida yosh bolaligidan savol tug‘iladi. Osmon, yer, oy, yulduzlar qanday vujudga kelgan? Kim yaratgan? Insonning moddiy borliq bilan munosabatlari, iqtisodiy muammolami insoniyat o‘zi to‘plagan, yaratgan bilimlar tizimi orqali hal qilishi lozim. Umuman, 4 ibtidoiy jamiyat rivojlanib, ibtidoiy jamoalar o‘rtasida tovar almashish munosabatlari shakllana boshlanishi bilan insonlar iqtisodiyot to‘g‘risida fikr yurita boshlagan. Chunki insonlar narsa (go‘sht, bug‘doy, kamalak, bolta kabi) to‘g‘risidagina o‘ylab qolmay, ular narsalar, mahsulotlar orqali o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, ya’ni iqtisodiy, moddiy munosabatlar to‘g‘risida fikr yurita boshlaganlar. Asta-sekin insoniyat hayotidagi munosabatlar chuqurlashib, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida alohida tarmoqlar, shu jumladan tijorat sohasi vujudga kelgan. Shu sababli insoniyat jamiyati kabi iqtisodiyot ham o‘z tarixiga ega. « 0 ‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.»2 Qadimiy Sharqda miloddan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan foiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Egipitliklar, Greklar oldi-sotdi, pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalami ishlatganlar. 0 ‘zbek tilidagi «iqtisod» so‘zi grekcha «Okonomika» (ekonomika), ya’ni «oysoz» - uy, xo‘jalik va «potoz» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so‘zlar birlashmasidan olingan bo‘lib, uy xo‘jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. Insoniyat tarixiga ko‘z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi. Siyosiy hayotda tarixan ongli- (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g‘oyalari o‘sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig'i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o‘z aksini topgan. «Iqtisodiyot» atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo'lsa, iqtisodiyot ko'rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali' qo‘Ilanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo‘ladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zamriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotning turli tarmoq laridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, awalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini bilish, ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami tushunish va istalgan xo‘jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.



Download 34.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling