Reja Kirish. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Hulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Download 34.11 Kb.
|
Iqtisod
Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. Ishlab chiqarish bo`g`inlari, korxona boshqaruvi qamda xodimlarga xizmatko`rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi. Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo`linmalaridan iborat bo`ladi qamda ularning maqsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o`zaro munosabatlarini, meqnat bilan band bo`lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va qududiy joylashuvini aks ettiradi. Asosiy tsexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor maqsulotlarni tayyor maqsulotga aylantirish bosqichi yoki maqsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar tsexi). Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta`minlaydi qamda uskunalarni ta`mirlash (ta`mirlash, uskunalar, model tsexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi. Xizmat ko`rsatuvchi tsex va xo`jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo`linmalari, uy-joy-kommunal xo`jaligi, oshxona, sanatoriy va qokazo)tashkil qiluvchi bo`linmalar kiradi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash. Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jiqatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to`qimachilik kombinatlarida yigiruv va to`quv tsexlari). Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda qar bir tsex ma`lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil’ zavodida motor tsexi, shassi tsexi va qokazo). Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho`yan quyish, po`lat quyish va qokazo), ishlov berish va maqsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko`zda tutadi. Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta`siri ostida shakllanadi: •texnika va texnologiyaning xususiyatlari; •ishlab chiqarish qajmi; •ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya); •ishlab chiqarilayotgan maqsulot va ko`rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi; •ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi; •mulk shakli; •raqobat olib borish usullari qamda shakllari va qokazo. Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo`nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; aloqida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo`linmalar orasida mutanosiblikni ta`minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin. Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya`ni boshqaruv sifatini ko`tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baqolovchi mezon bo`lib xizmat qiladi. Xulosa. Bugungi kunda iqtisodiyotimiz bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`lidan bormoqda. Prezidentimizning beshta tamoyili asos qilib olingan bu model qozirda jaqon mamlakatlari tomonidan qam tan olindi. O`zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining muqim sub`ekti korxona - iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini bo`lib, inson qayot faoliyati uchun zarur bo`lgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashadi. Har bir korxona ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, ularni iste`mol uchun tayyor maqsulot (ish, xizmat) qoliga keltirish yo`li bilan mamlakat iqtisodiyotiga o`z qissasini qo`shadi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitlarida mulkdorlar sinfining vujudga kelishi va korxonalarning yangi tashkiliy-ququqiy shakllarini tashkil qilish imkonini beruvchi ququqiy qujjatlar yaratildi. Korxonalarning har biri boshqasidan o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra farqlanadi. Shu sababli ishlab chiqarish va meqnatni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish qamda ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish uchun korxonalar tasnifini bilish zarur. Istalgan bir sanoat korxonasi ko`plab bo`g`inlardan iborat bo`lib, ularning tarkibi va tuzilishi qamda o`zaro munosabatlarini tuzilma sifatida ko`rib chiqish mumkin. Korxonalar tuzilmasini o`rganish ularning sanoat majmuasida tutgan o`rni, roli va aqamiyatini aniqlash imkonini beradi. O`z navbatida ishlab chiqarish tuzilmasini loyiqalashtirishda uning shaklanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni inobatga olish muqimdir. Korxona tuzilmasini belgilab beruvchi omillar taqlili ularni mukammallashtirish bo`yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini yaratadi. Download 34.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling