Reja Kirish. Mustaqillik yillarida ilm-fanni rivojlanishi. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Test Kirish


Mustaqillik yillarida ilm-fanni rivojlanishi


Download 64.1 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi64.1 Kb.
#1591183
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ermatova Marjona

Mustaqillik yillarida ilm-fanni rivojlanishi.

Ma`lumki, “Ta`lim to`g`risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997- yil 29-avgustda) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda esa 1985- yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta umumta`lim maktablariga “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” predmetining kiritilishi bo`ldi1.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M.Z.Ziyoho`jaev, A.A. Abduqodirov, dotsent T.R.Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-hunar ta`limining kiritilishi bilan informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari uchun informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim bo`ladi.
Bunda asosiy muammolar:
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari qanday;
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish lozim.
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)?
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni amalga oshirishdir. Shunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu o`rgatuvchining faoliyati2.
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:

  1. O`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish;

  2. o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash;

  3. o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;

  4. hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish;

Yuqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va kasbiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin.
O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi – 1997- yil 29- avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat.
Kadrlar toyyorlash milliy dasturi Oʻzbekiston Respublikasiningning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997-yil) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib, milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan3.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqalar.


  1. Download 64.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling