Reja Kirish. Mustaqillik yillarida ilm-fanni rivojlanishi. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Test Kirish


Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda


Download 64.1 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi64.1 Kb.
#1591183
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ermatova Marjona

Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi7.
Konsepsiya hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari, ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, milliy reyting tizimini joriy etish, davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda uning doirasida loyihalarni amalga oshirish kabi vazifalarni nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, 2025 yilga qadar ilm-fanga yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshiriladi.
2025 yilga qadar ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratiladigan mablag‘lar ulushini amaldagi 8 foizdan 20 foizga, 2030 yilgacha esa 30 foizga yetkaziladi.
Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yil 2 ta, 2025 yil 10 ta venchur jamg‘armasi tashkil qilinadi. Shuningdek, 2021 yil “Yashnobod” innovatsion texnoparkining rezidentlari sonini 60 taga yetkazish va shu asosda innovatsion mahsulotlar turi va hajmini oshirish orqali 720 dan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimizdagi yettita zamonaviy laboratoriya majmualarini tashkil etish, ularni GLP va GMP jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlash maqsadlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, 2021 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy tashkilotlar rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘qitish va muntazam malakasini oshirib borish tizimi joriy qilinadi.
Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida “Akademik harakatchanlik” dasturi hayotga tadbiq qilinmoqda.
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratiladi8.
Shuningdek, farmonda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o‘rindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi belgilandi.
“Jahon banki tomonidan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida respublikamizda innovatsion tizimni rivojlantirish, innovatsion faoliyat sohasidagi indikatorlarni yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida 50 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin” deyiladi Prezident farmonida.
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021 yil 1 yanvarga qadar loyiha doirasidagi tashabbuslarni baholash va ekspertizadan o‘tkazish uchun Xalqaro ekspert kengashini —International Expert Board tashkil etadi9.
2021- yil “O‘zbekiston ilmiy salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Jahon bankining qo‘shimcha 50 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish choralari ko‘riladi.
Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining mazkur farmoni O‘zbekistonda ilm-fanni yana-da rivojlantirish bilan bir qatorda ushbu sohani yosh kadrlar bilan taʼminlash va xalqaro ilmiy doiralarda yurtimiz ilmiy salohiyatini namoyon etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa.
Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan dunyo mamlakatlari oʻz vaqtida mamlakat yoshlarining taʼlim-taribiyasi hamda ilm-fan rivojiga davlat byudjetidan yalpi ichki mahsulotga nisbatan yuqori darajadagi mablagʻlarni ajratgan.
Oʻzbekistonda ham soʻnggi yillarda Davlat byudjetining 60 foizdan ortiq mablagʻlari aynan ijtimoiy sohalar rivojiga yoʻnaltirilmoqda. Jumladan, taʼlim tizimiga ajratilayotgan mablagʻlarning yurtimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulishi ortib bormoqda.
Shu bois, Farmon orqali 2025-yilga qadar ilm-fanga yoʻnaltiriladigan jami mablagʻlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030-yilgacha esa 10 baravarga oshirish belgilab berilmoqda. Buning natijasida qisqa fursatda mamlakatimiz ilm-fani sohasiga zamonaviy texnologilarni joriy qilish, yosh avlodning ilmiy-innovatsion faoliyat yuritishini toʻlaqonli qoʻllab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ilmiy tashkilotlar tadqiqotchilarining oʻrtacha yoshini 2025-yilga qadar 45 ga, 2030-yilgacha esa 39 ga yetkazish, 2025-yilga qadar 39 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarning umumiy sonida yuqori malakali ilmiy xodimlarning (fan nomzodi, falsafa va fan doktorlari) ulushini 2 baravarga, 2030-yilgacha esa 3 baravarga oshirish belgilab berilmoqda.
Oʻzbekiston “Adolat” SDP ham oʻz saylovoldi dasturida mamlakat taraqqiyotini belgilovchi yagona omil taʼlimga investitsiya kiritish orqali xalq farovonligi, davlatning raqobatdoshligini taʼminlash, uzluksiz taʼlim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli taʼlim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash gʻoyalarini ilgari surgan. Ayni chogʻda mamlakat ilmiy salohiyatini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini oshirish, innovatsion iqtisodiyotga oʻtish, ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlashga keng eʼtibor qaratib kelmoqda. Bu borada olimlarni, ayniqsa, yosh olimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash gʻoyalarini ilgari surmoqda.
Umuman aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarining kelgusi 10 yillikda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish manbalarining maqsadli parametrlariga erishish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berildi. Galdagi vazifa esa biz, deputatlar va jamoatchilik vakillari mazkur belgilab berilgan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va samarali amaliyotga tatbik etilishini taʼminlashdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda barcha e’tibor, barsha shart sharoitlar hammasi yoshlar uchun. Axir O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston yoshlari yangi O‘zbekistonning poydevorlari hisoblanadi.



Download 64.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling