Reja: Kirish. Namangan viloyat Kosonsoy tuman Agrobank atb ning kelibchiqish tarixi. Namangan viloyat Kosonsoy tuman Agrobank atbning tarkibiy tuzilishi


Namangan viloyat Kosonsoy tuman Agrobank ATBning kredit bo’limi xaqida ma’lumot va ushbu bo’limning taxlili


Download 86.17 Kb.
bet4/7
Sana23.12.2022
Hajmi86.17 Kb.
#1047532
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kosonsoy tuman Agrobank

3. Namangan viloyat Kosonsoy tuman Agrobank ATBning kredit bo’limi xaqida ma’lumot va ushbu bo’limning taxlili.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-noyabr kuni bank tizimini isloh etish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklarining rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.
Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi.
Yig‘ilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi bo‘yicha 24 mingdan ziyod murojaat bo‘lgani shundan dalolat beradi.
Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi. Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam bo‘lsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Hududlar kesimida bunday kreditlarining 76 foizi Toshkent shahriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi.Shuningdek, hokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator ob’ektlar o‘z vaqtida ishga tushmagani hamda kreditlar qaytishi cho‘zilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Kredit ajratiladigan subyektlar:


Doimiy daromad manbaiga ega jismoniy shaxslarga. Bankning anderrayterlar guruhining xulosasiga asosan.

Kredit maqsadi va usuli :


O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan avtotransport vositasini dilerlik kompaniyasidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan sotib olish uchun pul ko'chirish yo'li bilan ajratiladi

Download 86.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling