Reja: Kirish. Navoiyni anglash maqomi


Download 27.04 Kb.
Sana10.12.2021
Hajmi27.04 Kb.
#179693
Bog'liq
Farhod va Shirin timsollariga tavsif


Insho

Farhod va Shirin timsollariga tavsif

Reja:


  1. Kirish. Navoiyni anglash maqomi.

  2. Asosiy qism: 1) Qaror va vafosiz Xusrav;

2) Insonning mukammal obrazi;

3) Nozik va nafis mehr-la to’lgan qalb.

3. Xulosa. Navoiy tasavvufi

Dedim: nazm ahlining sarxayli kim bo’lg’ay, dedi hotif:

Navoiy bo’lg’ay, ulkim sen tilaydursen agar bo’lg’ay.

Balki, o’sha hotif — g’oyibdan ovoz berguvchi adashmagandir.Axir Navoiydan bo’lak mumtoz adabiyotimizning markaziy siymosi bo’la olishga kim loyiq? Navoiyga o’xshagan shoirlar tasodifan dunyoga kelmaydi. Bil’aks bu bir mo’jizadir. Insoniyat olamining faqat birgina kishisiga bunday buyuk va sharafli taqdir hadya etilgan— mo’jiza. Navoiy mana shu in’omni qabul ayladi, buyuk iste’dod chashmasining tomchilaridan simirdi, lazzatini esa xalqqa ulashdi. Ustozlarning shunday so’zlari bor: “Navoiyni anglash “maqomi”ga yetish tom ma’nosi ila bir saodat. Faqat bunga g’oyatda sekinlik bilan, nihoyatda ko’p mutolaa va mushohada ila, ma’lum bir hayot tajribasiga ega bo’lish bilan erishiladi”. Haq so’zga bo’yin egmay iloj yo’qki, hazratning ijod qasrlariga kirish— muqaddas bir ibodatgohga, ulkan bir san’at maskaniga kirish bilan barobar. Bunday inshootga tayyorgarliksiz qadam qo’ymoq to’g’ri bo’lmaydi. Ya’ni misol tariqasida so’zlaganda, bir necha yil muqqaddam hazrat to’g’risida: “Navoiy xoslar shoiri”,-degan fikr yuritilgandi. Odatda, ahli tasavvufga xoslar deyiladi.To’g’ri, Navoiy she’riyati tasavvuf bilan bog’liq, lekin yana bir tarafdan “A’xos”-xoslarning xosi, “xos”-saralangan kishilar jamoasi, “avom”-savodsiz yoki savodi kam oddiy xalq, “a’om”-avom darajasiga ham ko’tarila olmaganlar guruhi bo’lsa, na tasavvufiy jihadan, na ilmiy va badiiy jihatdan Navoiyni “xos”lar shoiri deyish haqiqatga to’g’ri keladi. Chunki Alisher Navoiy shohning ham, gadoning ham, oshiqning ham, orifning ham— hamma-hammaning shoiri. Navoiy she’riyatidan kim nimani axtarsa, shuni topadi. Fikran va ruhan kim nimaga muhtoj bo’lsa, unda barchasi mujassam. Hatto zolim va johil, nodon va gumroh ham Navoiy she’rlaridan shifo topajak. Sababi Navoiy she’riyatida bitta bosh maqsad bor— komillik. Bitta sarbon tuyg’u mavjud— komolot tuyg’usi. Asosiy birgina nur qaynog’i bor— ishq…

Yozib jon mus’hafidan ikki oyat,

Debon Farhod-u Shirindan hikoyat,—

Degancha shoir o’z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini berdi. Nima sababdan aynan mana shu doston xususida so’z ochildi? Navoiy qarashi takrorlanmas bir xususiyatga ega bo’lsa, “Farhod va Shirin” dostoni ham shu singari boshqa asarlarga oxshamagandir. Bil’aks Navoiygacha doston “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Ularda markaziy bosh obraz shoh Xusrav bo’lgan, lekin Navoiy bu an’anani rad etdi.Xusravni Shirinning muhabbatiga loyiq ko’rmadi. Nimaga? Xusrav Nizomiy va Dehlaviylarda musbat obraz edi. Navoiyda esa manfiy obraz sifatida tasvirlandi. Navoiy o’z zamonasining shoh asarlarini yaratib qoldirgan Nizomiy va Dehlaviylarning yozganlarini tanqid ko’zidan kechirib chiqishga, ular yaratib qoldirgan badiiy boylikni yangidan baholashga majbur bo’ldi. Natijada, bosh qahramon bo’lgan Xusrav ikkinchi o’ringa tushdi. Chunki Xusrav Farhodni o’ldirdi. O’ldirganda ham, mardona emas, hiyla bilan… Ishq uning uchun qo’g’irchoq, chinakam odamgarchilikdan mahrum bo’lgan, uning ishqida odamgarchilik yo’q. Bugun Maryamga, erta Shakarga va indin Shiringa oshiq bo’ladi, uning muhabbatida qaror va vafo yo’q. Shubhasiz, bunday odam komillikdan yiroqdadir. Xusrav ishq yo’lida vafo va sadoqat o’rniga hukmdorlikdan foydalanadi, adolatni yerga uradigan xudbin shaxsdir. Nizomiy va Dehlaviylar esa mana shunday bit shohga maddoh bo’lib qoldilar, uni ko’klarga ko’tarib maqatadilar. Zero, Navoiy ta’biri bilan aytganidek:

Vale chekkanlar ushbu jumdin roh,

Sarosar bo’ldilar Xusravga maddoh.

Shunday qilib Navoiy Farhodni bosh obraz qilib oldi. Dostonni o’qir ekanmiz, Farhod bizning ko’z o’ngimizda, eng avvalo, ulug’ bir inson va ulug’ bir ijodkor, mehnatkash tariqasida gavdalanadi.

Ko’ngul aylab sen ul shohlik bila keng,

Mening oldimda ul tuproq bilan teng.—

Degan so’zlar ko’z oldimizga shahzodani emas, haqiqiy bir odam timsolini keltiradi. Farhod o’zini oddiy xalq bilan teng, deb hisoblaydi. Hur va erkin fikrli, insonning mukammal obrazi bo’lmish Farhod har qanday g’urbat va kulfat ichida ham, har qanday balo va ofat ichida ham o’ziga yo’ldosh topa oladi. Odamga bo’lgan muhabbat va hurmat, odam hurriyatiga bo’lgan tuganmas sevgi, odamning erki va osoyishtaligiga bo’lgan g’amxo’rlik Farhod uchun bir umr ajralmas do’stlarni yuzaga keltiradi. Navoiy Farhod obrazida mehnatning zo’r madhiyasini yaratib qoldirgan. Farhodning o’lmas obrazi uning buyuk mehnatkash ijodkorligida kamol topgan. Nozik va nafis sezgiga, o’tkir va ixtirochilik fikrga ega bo’lgan Farhod yoshligidan mehnat va bilimga havas qo’yadi. U qaysi ishga qo’l urmasin, O’sha ishning butun ichki va tashqi, ochiq va sirli yo’llarini darhol payqab oladi. Hunarning buyuk ustasi bo’lgan naqqosh, toshyo’nar Qorin o’z hunarini o’rgatib turib, Farhod qoshida shogird holiga tushib qoladi.

Aningdek qildi xoro yo’nmagin vird,

Ki yuz Qorin qoshida bo’ldi shogird.

Qolaversa, Farhoddagi tasavvur qudrati shu darajada kuchli ediki, ustozi rassom Moniydan ham o’zib ketdi.

Qayu suratki Moniy chekdi timsol,

Anga Farhod ochdi chehra filhol.

Farhod to’g’risida so’z borar ekan, u butun bir asar davomida g’oyat bir odob saqlaydi. Hech qachon odob chizig’idan chetga chiqmaydi.Shu bois ham Navoiy Shirinning muhabbatiga faqat va faqatgina Farhod munosibdir, deb topadi…

Navoiyshunos bir olim: “Agar Shirin Farhoddan ma’nan zarracha ham kam bo’lganda edi, ikki o’rtada ilohiy taqdir zanjiri birlashmagan bo’lardi”,-deb aytgandi. Farhoddagi eng muhim hislatlar Shiringa ham xosdir. Shirin o’zini to’la ma’nodagi inson, deb anglaydi. Agarda Shirindagi mardlik va sadoqat Farhod bilan teng bo’lmaganda edi, Farhod ham o’z sevgisida bunchalar baland ko’tarilmagan bo’lar edi. Tan olish joizki, Farhodning hayotini ma’nan to’ldirgan bu Shirindir. Shuningdek, Shirinning Farhodga yozgan xatida ham uning qanchalar haqiqiy va qalbi pok inson sifatida namoyon bo’lishini kuzatish mumkin. Shirinning qalbi eng nafis va eng nozik bir mehr va jonkuyarlik-la to’ladir.

Ne bo’lg’ay erdi charxi zulm pesha,

Meni sendin judo qilmay hamisha,

Xiroming chog’i yo’ldosh bo’lsam erdi.

Sukuning vaqti qo’ldosh bo’lsam erdi.

Quyosh yanglig’ bo’lib kunduz qarining,

Bo’lib tun soya yanglig’ xamnishing,

Tikon kirsa kafinga qiynasidin,

Chiqarsam erdi kirpik ignasidin.



Bunday satrlar bilan Shirin Farhodga kata tasalli berar, uning yuragidagi quvvat kuchini uyg’otar edi. Shirin uni sabrga, toqatga, Chidamli bo’lishga chaqirardi. Dostonda Shirin nomusi, undagi iffat, bokiralik, hayo va odob ham yorqin ifoda etgan.

Tasavvuf tushunchasi barchaga ma’lum. Tasavvufdagi ishq, aslida insonga bo’lgan ishq emas, balki Ollohga bo’lgan ishqdir. Navoiy o’zining asarlarlarida ham, aynan, mana shu ishqni ifodalagan. Shu singari “Farhod va Shirin” dostonida ham huddi shunday. Farhodning Shirin vasfi husnini ko’rishi Olloh jamolini ko’rishi edi. Uning Ollohga yetishuviga qadar bosib o’tgan yo’li, Farhodning komillik yo’li edi. Farhod bu yo’lda komolotga yetadi. Qancha qiyinchiliklarni ko’radi va hardoim Farhod sinaladi(Axriman devni yenganda xazina topadi, Ajdarni yenganda xazina topadi va h.z.) Ogir yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’lda esa unga Tangrining o’zi madad bo’lajak, degancha fikrimizga yakun yasaymiz.
Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling