Reja: Kirish O’lchov birliklari haqida tushuncha
§ 1.2. Massa o’chov birliklari
Download 147 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishi
§ 1.2. Massa o’chov birliklari
Og’irlik o’lchov birliklari. Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalarning xis tuyg’ulari asosida jismlarning og’irliklari haqida dastlabki tasavvurlarni olgan. Ular shu sharoitda biror narsani ko’rsatib ko’rib og’ir, yengil, biroz og’irroq, biroz yengilroq kabi so’zlarni gapirganlar. Jismning massasi og’irlik kuchi bilan chambarchas bog’liq. Bu kuch bilan jism yerga tortiladi. Shuning uchun jism massasi jismning o’ziga bog’liq emas. Jism og’irligini taqqoslaganda bu xossa massa deb ataladi. Matematik nuqtai nazardan massa quyidagi xossalarga ega bo’lgan musbat kattalik. 1. tarozida bir-birini muvozanatlashtiriuvchi jismlarning massasi bir xil. 2. Bir necha jismning massalari ularning yig’indisiga teng. Jismning massasi qancha katta bo’lsa uning og’irlik kuchi ham shuncha katta bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bolalar kilogramm bilan tanishadilar. 1 kg og’irlik haqida tasavvur qilishlari uchun amaliyot bajarishlari kerak. Masalan 1 pochka shakar, tuz va boshqa narsalarni qo’llariga ko’tarib ko’rishlari lozim Bolalar bu narsa 1 kg ekan deb aniq ishonch hosil qiladilar. O’qituvchi darsda og’irlik o’lchovlari moslama tarozini ko’rsatadi. Tarozi pallasi undagi yuklar pallasi baravarlashtirish kerakligini aytadi. Dars mobaynida tarozini tarbiyaviy axamiyatlari ham tushuntiriladi. Tarozini tortish paytidagi har xil holatlari kuzatiladi. Masalan tarozining bir pallasida biror buyumni kitoblar yoki sumkani quyib tarozini, ikkinchi pallasiga toshlar quyiladi. Lekin toshlar bu buyumlardan og’ir yoki ortiqcha buni qanday bilishimiz mumkin tarozini qaysi pallasi og’ir bo’lsa usha palla pastga turadi. Yengil pallaga kerakli toshlarni quyamiz va tarozi tenglashadi. Bundan biz tarozi pallasini tenglashganini ko’ramiz. Shundan keyin o’quvchilar o’qituvchi yordamida 1 kg, 2 kg, 3kg, 5kgli toshlar bilan tuz, shakar, guruch kabi narsalarni navbat bilan o’lchab ko’rishlari mumkin. Toshtish davomida natijalarni doskaga yozib ketaveradilar. Daftarga son orqasiga kg so’zi “kg” deb yozib quyiladi. Keyin esa o’quvchilar bilan qiziqarli masalalar tuzib yechiladi. Boshlang’ich sinflarda og’irlik o’lchovlarining tushuntirishda davom etamiz. O’quvchilar o’zlari uchun notanish bo’lgan yangi o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Bu tonna va senter. Shu o’lchov birliklari orqali og’irlik o’lchovi jadvali yuragi keladi.
Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling