Reja: Kirish O’lchov birliklari haqida tushuncha


Download 147 Kb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi147 Kb.
#1297669
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi

X U L O S A
Og’irlik o’lchovi: gramm, kilogramm, santmetr, tonna.
Vaqt o’lchovi: sekund, minut, soat, yil, asr, oy, kun sutka, hafta.
O’lchov birliklarini tarkib toptirishda qadimda nomlardan ham foydalanilgan.
Masalan: qarich, quloch, gaz, qadam, chaqirim, tosh, pud, gul, misqol, chorak, daqiqa, tanob, asr, qadam, olchin, ongli, manzil, yog’och, farzand va shular kabilar.
Bundan tashqari miqdorlar tushunchasi figuralarning yuzini o’lchashga ham ma‘lum birliklardan foydalaniladi.
Kvadrat santmetr (kv sm) kvadrat ditsemetr (kv dm) kvadrat metr (kv m) lardir.
Hozirgi vaqtda minutni daqiqa, sekuntni soniya deb atash otad tusiga kirib olgan.
Maktab matematika darsligida o’qituvchi uchun shunchaki ko’rsatma berilgan. Darsni qiziqarli va mazmunli o’tish uchun esa o’qituvchining maxoratiga bog’liq.
SHuning uchun ham men malakaviy bitiruv ishimda qiziqarli savollar, miqdor birliklarini kelib chiqish tarixi, eskicha nomlanishini ham keltirib o’tdim.
SHu bilan birga dars jarayonini uyin va qiziqarli didaktik tarzda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Darsni she‘riy usulda olib borish ham darsni qiziqarli o’tib mavzuni yaxshi tushunib olishga yordam beradi.
Har bir masalalarni yechayotganda 4 ta masala berishni eslatib o’tiladi.
“Ta ortiq”-bu qo’shish
“Ta kam”-esa ayirish
“Marta ko’p”-ko’paytirish
“Marta kam”-esa bo’lish
Buni derla:
Matematik hisob
Masala yechilar
Aytilar javob
Matematikada didaktik she‘rlar o’quvchini fikrlashga, izlanishga dunyoqarashini kengaytirishga olib keladi. Har bir dars ko’rgazmali va ko’rsatmali bo’lmog’i lozim. Chunki:
“Sinfga surat olib kirsang saqov ham tilga kiradi” deb bejizga aytilmagan. Dars mobaynida o’quvchilar bilan qiziqarli suhbarlar o’tkazish, ular bilan birga sahna, ba‘diiy ko’rinish va savol-javoblar o’tkazish har bir miqdor birliklariga doir test kartochkalaridan foydalanish ham ko’zda tutilgan men ham hozirda Shahrisabz tumanidagi 37-o’rta umumta‘lim “12” yildan buyon boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars berib kelyapman.
Men hozirda o’quvchilarga DTS talablari asosida dars beraman. Dars jarayonida o’quvchilarni yosh xususiyatlarini, hamda pisixologik-ruxiy holatlarini xisobga olgan xolda tashkil etaman.
Bu yoshda o’quvchilar juda qiziquvchan, intiluvchan, sergak bo’ladilar ularning har bir qiziqib so’rayotgan savollariga esa to’g’ri, tushunarli, javobni mazmunli qilib aytishga harakat qilaman. O’quvchilar dars davomida bilmagan bilimlarini o’zlashtirib oladilar.
Miqdor o’lchov birliklari

Eski nomlanishi

Hozirgi nomlanishi

1 qarich

20 sm

1 quloch

1 metr 40 sm

1 gaz olchin

1 metr

1 qadam

170 sm

1 chaqirim

1 km

1 tosh

8 km

1 suyash

16 sm

1 pud

16 km

1 gul

90,100 gr

1 misqol

500 gr

1 chorak

4 kg

1 daqiqa

1 minut

1 tanob

900 kv. metr

1 zinr

1 kunda 1 qo’sh hukiz haydaydigan yer yuza o’lchovi

jitrak

200 gr

garbek

125 gr

nimcha

500 gr

esrak

225 gr

Ba‘zi o’lchov birliklarini o’lchovi aniq emas. Ular: paysa, botmon.


Miqdor o’lchov birliklarini eski nom bilan atalishini o’rganish o’quvchilarda:

  1. So’z boyligini oshiradi.

  2. Nutq madaniyatini o’rgatadi.

  3. Mustaqil fikrlash qobiliyatini o’rgatadi.

  4. Hayotiy masalalarni o’lchash va hisoblashni o’rgatadi.

Men uzunlik o’lchovi mavzusini o’tayotganda qadimgi birliklardan foydalandim. Bu qadriyatlarimizni tiklash, o’tmishimizni unutmaslik namunasidir. Maqsad eski o’lchov birliklari orasidagi bog’lanishlarni isbotlab berishdir.
Men bundan keyingi ish jarayonimda ham albatta eski o’lchov birliklaridan batafsil foydalanmoqchiman.
Hozirgi zamon faktlari mazmuniga qarab ishtimoiy, tabiiy texnika va boshqa bir qator qismlarga bo’linadi.
Bularning har biri o’ziga mos ko’pgina fanlarni qamrab olib, butun bir sistemani tashkil qiladi.
Matematika texnikaning barcha sohalarida jumladan turli hil xisoblash mashinalarida atom reaktorlarning ishlash printsipini moslashtirishda, kosmosni o’rganishda, mo’ljallangan matematik boshqarish sistemalarida, reaktiv samolyotlarni va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Qisqasi matematika fani ishlab chiqarishning barcha sohalari bilan uzviy bog’liq hisoblanadi.

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling