Reja: Kirish. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida
Download 76.5 Kb.
|
Yol-harakati-qoidalari
Yo`l harakati qoidalari Reja: Kirish. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida. Vazirlar mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-sonli «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risidagi qarori haqida. «Yo`l harakati qoidalarini» umumiy qoidlari Piyodalarning vazifalari. Yo`lovchilarning vazifalari. Velosipedchilar uchun yo`l harakati qoidalari. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari. Yosh avlodni hayotini asrash, ularning sog`lom va baquvat kishilar qilib yetishtirish muxim vazifa hisoblanadi. o`zbekiston Respublikasida yo`l-transport harakati xavfsizligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar shu maqsadga qaratilgandir. Haqiqattan ham butun o`quv yili davomida yo`chalar, yo`lkalar, chorahayu, burulishlar, sumka ko`targan o`quvchilar bilan gavjum bo`ladi. Ular qachon va qaysi yo`ldan yurishlarini g`iz-g`izlab o`tib borayotgan avtomobillarga duch kelishadi, yo`l belgilarini, milt-milt etib yonayotgan svetafor chiroqlarini uchratishadi. Ko`cha va chorahalarni kesib o`tishda ular yo`l harakati qoidasini yaxshi bilmoqlari va unga qat`iy rioya qilmoqlari zarur. Ma`lumki viloyatimiz yo`llarida sodir bo`layotgan yo`l-transport xodisalarini oldini olish muxim ahamiyatga ega. O`quvchilarga yo`l harakati qoidasini o`rgatish bolalarning hayotini muhofaza qilishlari kerak. Ayniqsa, har bir o`quvchi ko`cha va yo`llarning qayeridan va qanday qilib o`tish kerakligini yaxshi bilib olishlari kerak. Shu boisdan ham ko`cha harakati qoidalari bilan o`quvchilarni dasturda ko`rsatilgan soatlardan tashqari dars jarayonlarida ham eslatib, tanishtirib borishlari foydadan holi bo`lmas edi. Bu bilan o`quvchilarda yo`l harakatini eslatib o`tilgan bo`ladi. Yo`l harakati mavzulariga bog`lamasdan o`tilgan mavzular ayrim sinflarda darslarni o`zlashtirish ancha past bo`ladi. Dars o`tish jarayonida ko`cha harakati qoidalariga doir ko`rgazmalardan foydalanish kerak. Iloji boricha o`quvchilarni yo`l harakatiga doir sayohatlarini o`tkazib turish maqsadga muvofiq bo`ladi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling