Reja: Kirish. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining buyrug`i
Download 76.5 Kb.
|
Yol-harakati-qoidalari
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining buyrug`i
(18-yanvar 2001 yil 12-sonli Toshkent shahri) Vazirlar Mahkamasinlng 2000 yil 11 dekabrdagi 472 sonli «Yo`l harakati qoidalarini tasdiqlash» to`g`risidagi qarori haqida. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11-dekabrdagi 472-sonli «Yo`l harakati qoidalarini tasdiqlash to`g`risida» gi qarori hamda respublika yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash komissiyasi yig`ilishi bayoni ko`rsatmalarini ijro etish maqsadida buyuraman: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11-dekabrdagi 472-sonli «Yo`l harakati qoidalarini tasdiqlash to`g`risida» gi qarori ijro uchun qabul qilinsin. Respublika yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash komissiyasining 2000 yil 19-dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasi xududlarida 2000 yilning 11 oyida sodir etilgan yo`l-transporti hodisalari taxlili hamda ularni kamaytirish bo`yicha olib borilayotgan ishlarning ahvoli to`g`risida» gi yig`ilishi qaroriga asosan joylardagi hokimliklar tomonidan xayfsan berilgani ma`lumot uchun qabul qilinsin. Qoraqalpog`iston Respublika xalq ta`limi vaziri, viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari boshliqlariga: -bir hafta muddat ichida Vazirlikka «Bolalar bilan bog`liq yo`l transport hodisalarini oldini olish bo`yicha 2001-2005 yilga mo`ljallangan dastur» loyihasiga mahalliy sharoitdan kelib chiqib, joylardagi hokimliklar va Davlat avtomobil nazorati boshqarmalari bilan kelishilgan holda taklif berilsin; -2001-2002 o`quv yiliga qadar mahalliy xokimliklar ko`magida har bir shahar va tuman markazlarida kamida bittadan me`yoriy xujjatlar talablari asosida jihozlangan namunaviy avtoshaharchalar qurilishi ta`minlansin; -maktablarda «Yo`l harakati qoidalari» mashg`ulotlarini o`tkazish uchun alohida, mahsus jihozlangan xonalar tashkil etilsin; -maktablarda o`quv dasturlari, mavzular to`plamini mavjudligiga hamda ular asosida o`qitish ishlari tashkil etilishiga, o`quv mashg`ulotlarini hamda o`quvchilarning bilim saviyalarini sinash jarayonini kompyuterlashtirishga e`tibor kuchaytirilsin; -ta`til kunlarida bolalar oromgohlarida, dam olish va ommaviy tadbirlar o`tkazish uchun joylarga olib borishda harakat xavfsizligini ta`minlash choralari ko`rilsin. Umumiy o`rta ta`lim Bosh boshqarmasi (A.Zokirov) ga Respublika ta`lim markazi (G.Alimova) ga: -bir hafta muddat ichida «Bolalar bilan bog`liq bo`lgan yo`l transporti hodisalarini oldini olish bo`yicha 2001-2005 yilga mo`ljallangan dastur» loyihasini tayyorlash bo`yicha ishchi guruhi tuzilsin va unga tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning tajribali mutaxassislari jalb etilsin; -I-VIII sinflarda o`qitilayotgan «Yo`l harakati qoidalari» talablari asosila may oyiga qadar qayta ishlab chiqilsin. Pedagogik ta`lim, fan va malaka oshirish boshqarmasi (A.Qosimov) hamda Kadrlar boshqarmasi (B.Shamsiyev) ga: -2 oy muddatga pedagogika oliy o`quv yurtlarida «Yo`l harakati qoidalari» ni o`qituvchi-mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yish haqida asoslangan takliflar tayyorlansin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin. Ta`lim jarayonini ta`minlash boshqarmasi (Z.Xolmatov) ga: -bir oy muddat ichida ta`lim muassasalari o`quv xonalarining «Yo`l harakati qoidalari» ga asosan zamonaviy ko`rgazmali qurollar, plakatlar, albomlar, videotasmalar bilan ta`minlanishi, mashq o`tkazish maydonlarini talablar darajasida jihozlash bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilsin. Yangi taxrirdagi «Yo`l harakati qoidalari», «Ta`lim taraqqiyoti» axborotnomasida chop etilsin. Ushbu buyruqni nazorat qilish Umumiy o`rta ta`lim Bosh boshqarmasi (A.SH.Zokirov) zimmasiga yuklatilsin. Vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi: R.SH.Ahliddinov Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling