Reja: kirish.. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi


Download 46.88 Kb.
bet10/13
Sana21.04.2023
Hajmi46.88 Kb.
#1374240
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy fondlar, ularning turlari va manbalari

tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi.
Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos
yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li
bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda
o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z
mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga
o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik
roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi
muqarrardir.
Xo'sh, davlatning bosh islohotchi va iqtisodiyotni tartiblashtirib
turuvchi bo'lishini nimalar taqozo etadi?
Bu savolga birinchi Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq
33
javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali
to'la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib
yuborish, uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»;
ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz
aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi.
Bunday sharoitida davlat kerak, u o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya
qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch
bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa,
iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda.
Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar
jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik
va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi
shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga
yordam beradi, islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi,
islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi
muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat
islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu
jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning
naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida
e'tirof etilmoqda.


Download 46.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling