K olonkali perforatorlar – (1-rasm,b, 3-rasm) tayanch kolonkalarga yoki yuklash mashinalari manipulyatorlariga, hamda maxsus о‘rnatish moslamasiga ega bо‘lgan qurilmalarga о‘rnatiladi. Bu turdagi perforatorlar qattiq tog‘ jinslaridan shpurlar va skvajinalar о‘tishga mо‘ljallangan.
K olonkali perforatorlar qattiqligi f=20 bо‘lgan tog‘ jinslaridan burg‘ulash-portlatish usuli bilan lahim о‘tishda diametri 40-65 mm va chuqurligi 25 m gacha bо‘lgan shpurlar va skvajinalar (perforator PK75) burg‘ulashga mо‘ljallangan.
3-rasm. Tayanch kolonkalarga о‘rnatilgan pnevmatik perforator
Kolonkali perforatorlar kо‘chiriluvchi perforatorlarga nisbatan quvvatli va og‘ir mashina hisoblanadi. Ular uzatuvchi qismi va ikkita aoosiy – aylantiruvchi va zarb beruvchi mexanizmlardan iborat bо‘lib, aylantirib-zarb berish usuli bilan burg‘ulaydi. Burg‘ulash asbobining mustaqil ravishda aylanishini alohida planetar tuzilishga ega bо‘lgan pnevmomotor bajaradi. Bu esa reduktor vazifasini ham bajarib, konstruksiyasining oddiyligini ta’minlaydi.
Teleskopik perforatorlar – (1-rasm, v, 4-rasm) konstruktiv yaxlit mashina hisoblanib, perforator va pnevmotutgich о‘za’ro tortuvchi boltlar bilan birlashtirilgandir. Bu turdagi perforatorlar qattiq tog‘ jinslaridan vosstayushiylar о‘tishda shpur va skvajinalar burg‘ulashga xizmat qiladi.
Teleskopik PT29M (PT38) perforatorlari qattiqligi f=17 bо‘lgan tog‘ jinslaridan vosstayushiy о‘tishda diametri 36-40 mm va uzunligi 4 m gacha bо‘lgan shpurlar burg‘ulashga, PT36M (PT48) perforatorlari esa f=20 bо‘lgan tog‘ jinslaridan diametri 52-85 mm va chuqurligi 15 m gacha bо‘lgan vosstayushiy skvajinalarini burg‘ulashga mо‘ljallangan.
4-rasm. Shenyang kompaniyasining YSP45 teleskopik perforatori
Teleskopik perforatorlarning konstruksiyasi kо‘chiriluvchi perforatorlardan farq qiluvchi jixati shundaki, unda burg‘ulash shlamini keng profilda xarakatini ta’minlovchi pnevmouzatgich qurilmasi mavjuddir.
Havo taqsimlash qurilmasi tuzilishi bо‘yicha perforatorlar zolotnikli, klapanli va klapansiz taqsimlanishli bо‘ladi.
Zarb chastotasi bо‘yicha perforatorlar sinflarga bо‘linadi – bir minutda 1800 zarb va tez zarbli – 2300 va kо‘p zarb chastotali.
Do'stlaringiz bilan baham: |