Mavzu;PORTLOVCHI MATERIALLARNING YARATILISHI VA PORTLATISH ISHLARINING RIVOJLANISHI HAQIDA QISQACHA TARIXIY MA’LUMOT Reja; 1)Kirish 3)Portlash ishlarining rivojlanishi 5)Xulosa 6)Foydalangan adabiyodlar - Barcha itqituvchi va portlovchi moddalar ichida eng qadimgisi – tutunli qora poroxdir. Mahkam, qattiq tog‘ jinslarini parchalab maydalash ishlari dast lab 1548–1572-yillari Neman daryosining farvaterlarini portlatib tozalashda qo‘llanilgan. XVIII asrga kelib foydali qazilmalarni qazib olishda porox qo‘llanila boshlaganligi ma’lum. XIX asrning ikkinchi yarmida konchilik sanoati tez o‘sa boshlashi natijasida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalarini yaratish zarurati o‘sib bordi. Portlatish texnikasini rivojlantirishda rus olimlari va muhandislarining roli kattadir. Poroxning portlatilganda atrof-muhitni parchalab maydalash xususiyatini 1749-yilda M. V. Lomonosov o‘zining tabiatda selitraning tug‘ilishi haqidagi ilmiy dissertatsiyasida birinchi bo‘lib ilmiy asosda tushuntirib bergan edi. Portlovchi moddalar haqida yana 1799-yili A. I. Musin – Pushkina «Portlovchi moddalar texnologiyasi» degan maqolasida ma’lumot lar bergan. Nitroglitserin 1847-yili italiyalik olim Sobrero tomonidan ixtiro qilingan. Nitroglitserinni sanoat miqyosida o‘zlashtirilib tayyorlash ustida I. N. Zinin bilan Z. F. Petrushevskiy ko‘p mehnat qilganlar va natijada 1853-yili birinchi bo‘lib sof nitroglitserinning birinchi guruhi sanoatda ishlab chiqarildi. Portlovchi moddalarni sanoat tarmoqlarida keng qo‘llashda portlatish vositalarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyingi 100-yillar davomida porox zaryadini portlatish uchun porox tayoqchasi (porox to‘ldirilgan naycha) va porox yo‘lakchasidan foydalanib kelingan.
- 1812-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining korrespondent-a’zosi P. L. Shilin dunyoda birinchi bo‘lib elektr toki yordamida alangalatgich moslama qo‘lladi, so‘ng 1833-yili Bikford o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) ixtiro etdi, A. Nobel 1867-yili simob-qaldirog‘i asosida kapsul-detonator ishlab chiqarishga patent oldi (Nobel o‘t oldiruvchisi – zapal). 1867-yilda shved kimyogari I. Olsen va I. Norbellar ammiak-selitrali portlovchi moddani ixtiro etib, ishlab chiqarish uchun patent olish gan. Bu portlovchi modda hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar tarkibiga yaqin bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, portlashning atrof-muhitga ta’siri haqidagi nazariyaga asos solindi. Shu davrdagi ko‘pgina olimlarning portlovchi materiallar haqidagi nazariyalari hozirgi vaqtda ham amaliyotda o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
- D. I. Mendeleyev ixtiro etgan yangi portlovchi modda – «Pirokolladiya» tutunsiz porox asosida yaratilgan bo‘lib, keyinchalik butun dunyo harbiylari tomonidan o‘t ochuvchi qurollarda ishlatiladigan bo‘ldi. Portlatish ishlarini rivojlantirib, uning nazariy asoslari zamirida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1885-yildan boshlab portlovchi modda (PM) sifatida pikrip kislotasi ishlata boshlangan bo‘lsa, 1887-yildan tetril, 1891-yildan esa trotil va yuqori quvvatli geksogen, ТЭН ixtiro etildi. XIX asr oxirlarida sintez qilingan geksogen portlovchi modda sifatida 1920-yildan ishlatila boshlandi. Portlovchi moddalar (PM) turlarining ko‘payishi ularni qo‘llash doirasining kengayishiga olib keldi.
- 1930-yildan boshlab nitrogli tserinli portlovchi moddalar (dinamitlar) xavfsizligi kamroq (be xatarroq) ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan almashtirildi. Shunday bo‘lsa ham ular 12% li grizutli ko‘mirni portlatishda va 29% li grizutli ko‘mir va yondosh jinslar aralashgan lahimlarni o‘tishda 1942-yilga qadar ishlatilib kelingan. Ko‘mirsiz jinslardan iborat bo‘lgan kovlash joylarida ko‘p vaqtgacha 93%, 83% va 62% li yuqori foizli dinamit ishlatilgan. 62% li qattiq muzlaydigan dinamit esa 1965-yilga qadar ishlatilib kelindi. Ammonit va dinamitlar 1940-yilning oxiridan boshlab ochiq konlarni qazib olishda asosiy sanoat portlovchi moddasiga (PM) aylandi. Ammiak-selitrali portlovchi modda yer osti ishlarida qo‘llanishi uchun 1931-yildan boshlab ruxsat etildi.
- 1941–1945-harbiy yillarda va urushdan keyingi yillar davomida ammiak-selitrali portlovchi moddalar (PM), shu jumladan, qisman nitroefir qo‘shilgan saqlagichli va saqlagichsiz ammonitlar ko‘mir va ruda konlarini qazib olishda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Konchilik sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida va qurilishlarda portlatish ishlarining keng qo‘llanilishi murakkab gidrotexnik inshootlarni qurishda, sug‘orish kanallarini qurishda portlovchi moddalarning qo‘llanishiga keng imkoniyat yaratdi. 1952–1953-yillari Oltin-Topgan ruda konini ochishda 1610 tonna portlovchi moddani 3 seriya bilan portlatib, katta hajmdagi konni ochish ishlari amalga oshirildi. 1966–1968-yillari o‘tkazilgan Amu–Buxoro mashina kanalini ochish uning deyarli hamma qismida portlatish kanal trassasi (yo‘li) dagi jinslarni portlatib «itqitish» usuli asosida amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |