Reja: Kirish: Pulning mohiyati, paydo bo’lishi va xususiyatlari. Asosiy qism
Download 45.05 Kb.
|
Iqtisodiyot va menejment
3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish, qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi.
4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin asosi bekor qilingan. Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi. «Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) hisoblanadi. 18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mil, Fransiyada Sh. Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi. Iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi. 1 Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi degan fikrlar ham yo’q emas. Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi. Pul - insonga chiroyli hayot kechirish, qimmatbaho kiyim-kechaklar xarid qilishga imkon beruvchi, ba'zan esa ma'lum bir ma'noda uni baxtli qiluvchi narsa. Muammo shundaki, odatda u doim kamdek ko‘rinadi. Pullar mevalarga o‘xshab daraxtda o‘smaydi va yomg‘ir kabi osmondan tushmaydi, shu bois budjet yuritishimizga to‘g‘ri keladi. Buning yaxshi tomoni bor, albatta - siz o‘z hayotingizni nazorat ostiga olasiz. Mashhurlarning quyidagi dono so‘zlari pullarni tejab ishlatishingizga turtki bo‘lsa, ajabmas. Puling bo‘lib, ko‘ngling tusagan narsani sotib olish yaxshi, albatta, lekin vaqti-vaqti bilan tekshirib tur - pulga sotib olib bo‘lmaydigan narsalarni boy bermadingmikan? Download 45.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling