Reja: Kirish: Pulning mohiyati, paydo bo’lishi va xususiyatlari. Asosiy qism


Download 45.05 Kb.
bet3/11
Sana08.05.2023
Hajmi45.05 Kb.
#1447201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

Tovar shaklida - “qo’yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha;
Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX-asrlar;
Qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar;
Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o’rtalaridan.
Shuni ta’kidlash lozimki, uzoq yillar davomida qimmatli metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo’lib:
Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik.
Ular bo’linuvchan, ular bo’linganda sifatini yo’qotmaydi.
Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko’mganda ham).
Ularni olib yurish qulay.
Bir og’irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir turdagi mo’yna bir-biridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar.
Ayrim manbalarga ko’ra (“Ekonomicheskaya teoriya” pod.red.V.I.Vilyapina, Dobrinina A.I. Moskva. 2001 y str.141-166) dastlabki qog’oz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSh da, XVIII- asrda Yekaterina II-davrida Rossiyada paydo bo’lgan. Qog’oz pullar muomalasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), Dubasov I.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim. Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha boylik ortirgan va
1710-yilda Fransiya davlat byudjeti daromadini oshirish bo’yicha hukumatga qog’oz pullar chiqarish bo’yicha taklif bilan chiqqan. O’sha paytda Fransiya Moliya Vaziri bo’lgan Djon Lo 1720-yilda pulni qadrsizlangani tufayli Fransiyani tark etadi.
1716-1720- yillardagi qog’oz pullar bo’yicha Djon Loni “Mashinnik i proroka” deyilsada, u Yevropa xalqini qog’oz pullarni ajoyib imkoniyatlaridan voqif etdi.
Pul muomalasi qonuni
Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va naqd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi qoʻliga oʻtadi. Oldi-sotdi va toʻlov harakatlari bajarilgach, yana bankka qaytadi. Naqd boʻlmagan pul muomalasiga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar harakati shaklida olib boriladi. Pul muomalasi jarayonlarida ishtirok etadigan pullar 2 ga bo'linadi:
1-aktiv pullar;
2-passiv pullar.
[Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul
muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy
formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil qilayotib, K.Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan
muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan. Agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori
bo’lishini inkor etadi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning nazariy
miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o’z kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil – bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda
pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditini rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
− naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
− pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni, inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni: xo’jalikning pulga bo’lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo’lganidan ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligining xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.
Realizatsiya qilinadigan tovarlar narxi summasi:
-Kreditga sotilgan tovarlar narxi summasi;
-Majburiyatlar bo’yicha to’lovlar summasi;
-Bir-birini qoplaydigan to’lovlar summasi.



Download 45.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling