Reja Kirish. Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi. Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilmasi
Shanxay hamkorlik tashkilotida Oʻzbekiston tashabbuslari
Download 381 Kb.
|
SHHT
Shanxay hamkorlik tashkilotida Oʻzbekiston tashabbuslari
Shanxay hamkorlik tashkilotining asosiy vazifasi aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy va gumanitar munosabatlarni rivojlantirishdir. Har qanday xalqaro tashkilotning nufuzi va ahamiyati unga dunyoda berilayotgan eʼtibor va faoliyatining samaradorligi bilan belgilanadi. SHHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. Taʼkidlash joizki, kuzatuvchi mamlakatlar bilan qoʻshib hisoblaganda, Shanxay hamkorlik tashkiloti dunyo aholisining yarmini birlashtiradi. Bu esa uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi salohiyatini oshiradi. 2019-yil 1-yanvardan 2022-yilga qadar Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi vazifasi Oʻzbekiston vakili Vladimir Norovga oʻtdi. Qisqa vaqt xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotidek tuzilmaga Bosh kotiblik qilish Oʻzbekiston vakiliga topshirilgani mamlakatimizga xalqaro doirada hurmat va ishonch ortib borayotganidan dalolat. 2004-yili O’zbekiston tashabbusi bilan mazkur tashkilotga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari Kotiblarining uchrashuvi instituti tuzildi. U Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida xavfsizlik sohasidagi muvofiqlashtiruvchi-maslahat mexanizmi hisoblanadi. O’sha yilning iyunidayoq Toshkentda mazkur institutning birinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’shandan buyon bu uchrashuv har yili o’tkaziladi va u xavfsizlik sohasidagi vaziyatni o’rganish, tahlil etish hamda baholash, Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishda muhim o’rin tutmoqda. Bunday uchrashuvlar doirasidagi muzokaralar an’anaviy va yangi xavf-xatarlarga o’z vaqtida munosabat bildirishda umumiy va o’zaro maqbul yondoshuvlarni ishlab chiqishga ko’maklashayotgani barobarida tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash sohasida tashkilot faoliyatining amaliy samaradorligini oshirmoqda. 2016-yil 13-14-aprel kunlari Toshkent shahrida o’zbek tomonining raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti ga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o’n birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish chog’ida Shanxay hamkorlik tashkiloti hududida xavfsizlik hamda barqarorlikni ta’minlashga doir dolzarb masalalar, terrorizm, separatizm, ekstremizm, qurol-yarog’ va narkotiklarning noqonuniy aylanishi hamda boshqa zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, 2010-yili (O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi ikkinchi raisligi davrida) o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashkilotning tashqi aloqalarini kengaytirish, keng mintaqadagi tinchlikni, osoyishtalik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo’yicha vazifalar samarali hal etilishiga yo’naltirilgan hujjatlarning salmoqli turkumi imzolandi. Masalan, mamlakatimizning ikkinchi raisligi davrida ,olib borilgan faol diplomatik ishlar tufayli 2010-yilning aprelida – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning tashrifi chog’ida Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatlari o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Qo’shma deklaratsiya imzolandi. Mazkur hujjat ikki birlashma o’rtasidagi rasmiy hamkorlikning ibtidosi bo’ldi. O’zbekiston tashabbusi bilan hamda uning faol ishtirokida ishlab chiqilgan va 2010 yili qabul qilingan Shanxay hamkorlik tashkiloti protseduralarining qoidalari ushbu birlashmaning yanada rivojlanishiga hamda uning faoliyatidagi huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qildi. Mazkur hujjat qabul qilinguniga qadar tashkilot doirasida me’yoriy-huquqiy aktlar yuzasidan tashabbus ko’tarish, ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish bo’yicha yagona qoida mavjud emas edi. Unga Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining asosiy tamoyili – tashkilot doirasida faqat konsensus asosidagina qaror qabul qilinishining muhrlab qo’yilgani mazkur hujjatning asosiy muvaffaqiyatlaridan biri bo’ldi. Shuni qayd etish o’rinliki, mamlakatimizning tashkilotga ikkinchi raisligi davrida ilm-fan va texnika bo’yicha Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vazirlik va idoralari rahbarlari uchrashuvining mexanizmi ishga solindi. Umuman olganda, oʻtgan 5 yil mobaynida Oʻzbekiston tomoni 30 dan ortiq tashabbusni ilgari surdi. Bu ancha jiddiy va katta koʻrsatkich hisoblanadi. Eng muhimi, Oʻzbekiston tashkilot doirasida oʻz tashabbuslari shunchaki eʼlon qilmasdan, balki ularni amaliy chora-tadbirlar orqali hayotga faol joriy etayotgani bilan ajralib turadi. Xulosa Xulosa sifatida shuni taʼkidlash lozimki, oʻtgan davrda Shanxay hamkorlik tashkiloti oʻzini samarali mexanizm sifatida namoyon etib, siyosat va xavfsizlikdan iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikkacha boʻlgan keng qamrovli masalalarni oʻz ichiga olgan mintaqaviy muammolarning butun bir majmuini hal etishga qodir xalqaro forum sifatida jahon siyosat sahnasidan mustahkam oʻrin egalladi. Dunyo boʻylab keng tarqalgan pandemiya esa Shanxay hamkorlik tashkilotiga boʻlgan obyektiv hayotiy zaruratni yanada oshirmoqda. Shanxay hamkorlik tashkotining dunyo miqyosidagi nufuzi yil sayin ortib bormoqda. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Shanxay hamkorlik tashkiloti Yevroosiyo mintaqasining katta qismiga dunyo aholisining yarmidan ko`prog`ini tashkil qiladi. Bu mal’umotlardan ko`rinib turganidek Shanxay hamkorlik tashkilotining obroi, ta’sir doirasi kengligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda O`zbekiston va Shanxay hamkorlik tashkiloti aloqalari yangi pog`onoga ko`tarildi. Bu albatta bizning uchun manfaatlidir. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida O`zbekiston vakillaring ish faoliyati yuritishi tashkilot doirasida O`zbekistonning nufuzidan darak beradi. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling