Reja Kirish. Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi. Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilmasi


Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilmasi


Download 381 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi381 Kb.
#1289430
1   2   3   4
Bog'liq
SHHT

Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilmasi

Shanxay halqaro tashkilotining oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi quyidagilardan iborat:



  • Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi

  • Tashqi ishlar vazirlari kengashi

  • Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi

  • Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan)

  • Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan).

Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu oqkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq Shanxay halqaro tashkilotiga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti raxbariyati quyidagilardan iborat:
B osh kotib - Chjan Ming 1957-yil iyun oyida Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida tug‘ilgan, Pekin xorijiy tillar universitetining Osiyo va Afrika tadqiqotlari bo‘limini gumanitar bilim bakalavri darajasi bilan tamomlagan.
2022 yildan buyon Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi.
Bosh kotibi oʻrinbosari -Ashimov Erik Sarsebekovich 1961 yil 6 iyunda tug'ilgan Qozog'iston Respublikasi Jarkent shaxrida tug’ilgan. Olmaota xalq xoʻjaligi institutini (1990) va Xitoy tilini takomillashtirish universiteti, Pekin (1996) tamomlagan.
2020-yil 1-avgustdan – Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari.
B osh kotibi oʻrinbosari ­­– Grigoriy Semenovich Logvinov 1956 yil 20 sentyabrda tug'ilgan. 1979 yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutini tamomlagan.
2019 yil iyun oyidan - Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo'yicha elchisi.
Bosh kotibining oʻrinbosari – Sobirzoda Shuxrat Gulmahmad 1973-yil 27-sentabrda Tojikiston Respublikasida tugʻilgan. Tojikiston texnologiya universiteti (1995) va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini (2001) tamomlagan.
2022-yil 25-fevraldan - Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari.
Bosh kotibining oʻrinbosari – Soxail Xon 1960-yil 15-sentyabrda Karachi shahrida tug'ilgan. Toshkent davlat tibbiyot instituti (1983) , Davlat xizmati akademiyasi (1988) , Xorijiy xizmatchilarni tayyorlash instituti (1989) va Jons Xopkins universiteti (2007) tamomlagan.
2022-yil 18-maydan – Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling