Reja: Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari


Download 22.67 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1255060
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitik kimyo fani va uning uslublari


Analitik kimyo fani va uning uslublari

Reja:



1. Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari

2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari
3. Analitik reaksiyalarining sezgirligi va o`ziga xosligi
4. Kation va anionlarni guruhlarga bo’linishi



1. Kirish. Sifat tahlili va uning uslublari

Analitik kimyo-har hil moddalar va ular aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini o’rgatuvchi fandir. Bu fan sifat va miqdoriy tahlil usullariga bo’linadi. Sifat tahlili- tahlil qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasi qanday kimyoviy elementlardan (atomlar, ionlar yoki ionlar guruhidan) tashkil topganligini aniqlash usullarini o’rgatadi. Miqdoriy tahlil - aniqlanayotgan moddada kimyoviy elementlarning qancha miqdorda borligini aniqlash usullarini o’rgatadi. Murakkab moddalar, avvalo, sifat tahlil qilinib, so’ngra tekshirilayotgan elementlarning massa foizlari, ya'ni miqdorlari aniqlanadi. Analitik kimyoni usullari moddalarning turli xususiyatlariga asoslanadi. Masalan, moddalarning cho’kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo’lishi kabi xossalarga asoslanib analitik usullar yaratilgan. Bu usullarni uch guruhga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Tahlil jarayonida ishlatiladigan, reaksiyalar analitik reaksiyalar ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa, reagentlar deyiladi. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyalardan foydalanilmaydi, faqatgina moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Tahlilning fizik-kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar hilma-hil murakkab tuzilishga ega bo’lgan asboblarni qo’llashni talab etadi. Ana shu sababli kimyoviy tahlil uslublari qulay va ularning qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham kengdir.
Analitik reaksiyalar bajarishda, ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat tahlili usullari 1955-yildan boshlab quyidagicha nomlanadigan bo’ldi.

Oldingi nomlanishi

Yangi nomlanishi

Olingan modda miqdori

g

ml

Mikrotahlil

Gramm usul

1-10

10-100

Yarimmikrotahlil

Santigramm

0,05-0,5

1-10-2

Mikrotahlil

Milligramm

10-3-10-6

0,1-10-4

Ultromikrotahlil

Mikrogramm

10-6-10-9

10-4-10-6

Submikrotahlil

Nanogramm

10-9-10-12

10-7-10-10

Subultromikrotahlil

Pikogramm usul

10-12

10-10

Kimyoviy tahlil ko’pincha yarimmikro usulda bajariladi, bunda
reaktivlar kam sarflanib, kichik hajmli idishlardan foydalinish mumkin. Agar tahlil to’gri bajarilgan bo’lsa, yarimmikro usulda juda aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun moddalarni sifat jihatdan kimyoviy tahlil qilishga asosan yarimmikrotahlil (santigramm) usulidan foydalaniladi.

Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling