Reja: Kirish Sintaktik aloqa haqida Teng aloqalar. Tobe (ergash) aloqalar xususida 5


Download 46.34 Kb.
bet1/11
Sana02.11.2023
Hajmi46.34 Kb.
#1740615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Sintaktik aloqa haqida Teng aloqalar. Tobe (ergash)-fayllar.org


Reja: Kirish Sintaktik aloqa haqida Teng aloqalar. Tobe (ergash) aloqalar xususida 5

11-topshiriq


Sintaktik aloqa turlari. Grammatik ma’noni hosil qiluvchi vositalar.


REJA:
1. Kirish
2. Sintaktik aloqa haqida
3. Teng aloqalar.
4.Tobe (ergash) aloqalar xususida
5. Valentlik tushunchasi
6. Xulosa.

Sintaktik aloqa haqida
Ma`lumki, aloqa atamasining o‘zi grammatikada juda
keng qo‘llanadi va uni shakliy jihatdan so‘z va so‘z formalarining bog‘lanishi misolida, mazmunan bir so‘z yoki gapning bir-biriga bog‘lana olish imkoniyatlarida yaqqol ko‘ra olamiz. Aloqalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, sintaktik aloqa, semantik, struktural yoki bog‘li, erkin aloqa kabi turlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Shu o‘rinda aloqa va munosabat tushunchalarining bir biridan farqli jihatlariga ham e`tiborni qaratmay ilojimiz yo‘q. Sababi, biz ularga sintaksisni o‘rganish davomida juda ko‘p marta murojaat qilishimizga tug‘ri keladi. Ularning izohli lug‘atlarda berilgan ma`nolarini qaraydigan bo‘lsak, juda ko‘p hollarda birining ikkinchisi bilan tengalashtirilgani va hatto qorishtirilganini ham ko‘ramiz. Ammo biz ularning barchasini keltirib fikrni chalg‘itib o‘tirmay, grammatik nuqtayi nazardan asosiy farqlanish mezoni sifatida shakl va mazmunni hisobga olib qo‘ya qolamiz. Bundan anglashiladiki, aloqada asosan aloqaga kiritish uchun xizmat qiladigan shakliy vositalar (intonatsiya ham shunga kiradi) nazarda tutiladi. Munosabatda esa aloqaga kirishgan birliklarning belgi, vaziyat, holat, belgi va harakat yoki narsa va harakatning bir-biriga o‘tishi kabi tomonlari e`tiborga olinadi. Shunga ko‘ra aloqaning sintaktik turi shakliy ji hatlarga tayanadi. Sintaktik aloqada so‘z birikmasi va gapni hosil qiluvchi komponentlarning o‘zaro bog‘lanishini o‘rganiladi.
An`anaviy tilshunoslikda ham "sintaktik munosabat" va "sintaktik aloqa" terminlari farqlanadi. Sintaktik munosabat sintaktik birliklar o‘rtasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatni, sintaktik aloqa esa shakliy sintagmatik munosabatning ifoda tomonini bildiradi deb ta`kidlaydi A.Nurmonov. Ma`lum sintaktik shaklning (gap bo‘lagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan ketma-ket munosabati shakliy sintagmatik munosabat sanaladi.
So‘zlarning grammatik munosabatga kirishuvi bilan hosil bo‘lgan sintaktik konstruktsiya qo‘shilma sanaladi. Bu xilma-xil qo‘shilmalarning eng sodda ko‘rinishi ikki mustaqil so‘zdan tuzilib, uning tarkibidagi komponentlarning o‘zaro bog‘lanishi bir (tobe) elementning ikkinchi (hokim) elementga ergashishi formasida bo‘lavermaydi. So‘zlar nok va olma, anjir va anor, o‘qidi va yozdi shaklida – biri ikkinchisiga tobelanmay, teng holda bog‘lanishi ham mumkin. Bu bog‘lanish modellar shaklida ot va ot, fe`l va fe`l shakllarida so‘z tizmalarini hosil qiladi. Bunda komponentlarning huquqi teng darajada bo‘ladi, hokim-tobelik aloqasi ko‘zga tashlanmaydi.
Sintaktik konstruktsiyaning komponentlari orasidagi bog‘lanish bu komponentlar orqali ifodalangan ma`nolarning (predmet, belgi va ular orasidagi munosabatni ifodalovchi ma`nolarning) bog‘lanishini bildiradi. Bu ma`nolar material dunyoning kishi ongida aks etishidan tug‘iladi.
Har qanday shakliy sintagmatik aloqa ma`lum mazmuniy sintagmatik munosabatni ifodalaydi va bu ikki munosabat birligi shakl va mazmun dialektikasini aks ettiradi. Masalan, ega va kesimning shakliy munosabatidan tashkil topgan men keldim sintaktik qurilmasi subyekt va predikatning mazmuniy munosabatini ifoda qiladi. An`anaga ko‘ra, ega bilan kesim gapning struktur asosini tashkil qiladi. Ega va kesim munosabati minimal gap deb ham yuritiladi. qolgan bo‘laklar esa shu bo‘laklardan biriga bog‘lanib, gapni yoyiq tusga kiritadi. Shunga muvofiq sintaktik munosabat ierarxiyasini ikkita sathga ajratish ham mumkin:
1. Predikativ sath (ega va kesim munosabati).
2. Nopredikativ aloqalar sathi.


Download 46.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling