Reja: Kirish: Tarixsiz kelajak yo`q. Yoshlarni ajdodlar merosi bilan tanishtirish va tariximizning ahamiyati haqida tushintirish


Download 15.09 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi15.09 Kb.
#1338436
Bog'liq
ajdodlar xotirasi


MAVZU: Ajdodlar xotirasi muqaddas

REJA:
Kirish: Tarixsiz kelajak yo`q. Yoshlarni ajdodlar merosi bilan tanishtirish va tariximizning ahamiyati haqida tushintirish.


Asosiy qism:
1. 9-may Ezgulik va insoniylikka yo`g`rilgan bayram.
2. Xotira muqaddas- inson qadri aziz.
3. Inson- hayot gultoji.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 7-sinf Milliy g`oya o`qish darslik kitobi
2. Interner tarmoqlari.

Tariximiz juda boy va qiziqarli hisoblanadi. Har bir yosh avlod o`z tarixini ota bobolari haqida barcha ma`lumotlarni to`liq bilishi kerak. Kimning avlodlari ekanligini tomirida kimlarning qoni borligini tanishi uchun albatta tarixning o`rni katta hisoblanadi. Insonlar doim xotira bilan yashaydi. Zero xotira hayolan moziyga nazar tashlab, tarix sahifalarini varaqlashga, ona Vatanimiz mustaqillgi , xalqimiz ozodligi yo`lida jonini fido etgan asl farzandlarni siymolarini eslashga o`tmishdan hulosa chiqarib hozirgi tinch osoyishta hayotimizning qadriga yetib barqarorlikni ardoqlab umr kechirishga turtki bo`ladi. Shu ma`noda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning " Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risidagi" Farmoni hamda " Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risidagi" qarori ezgu anana hamda urf-odatlarimizga hamohangligi bilan yanada ahamiyatlidir. Binobarin xalqimizda o`tganlar ruhini shod etish qariyalarni e`zozlashga muqaddas burch sifatida qaraladi. Ajdodlarni xotiralash ezgu ishlarini yodga olish qolaversa bu yorug` dunyoda umrguzaronlik qilib, keksalik gashtini surayoptgan faxriylarimizni ardoqlash ularga g`amxo`rlik qilish xalqimizniong qon qoniga singib ketgan, ma`naviy dunyosidan chuqur ildiz otgan qadriyatlardan hisoblanadi. Ushbu oliyjanob fazilatlar mustaqillik yillarida davlat siypsati darajasiga ko`tarildi. 1999-yil 9- maydan boshlab mamlakatimizda Xotira va Qadlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.


Ezgulik va insoniylikka yo`g`rilgan ushbu umumxalq bayramimiz mustaqil O`zbekistonda asrlar davomida o`lkamizni qahramonona himoya qilgan uning erkinligi, mustaqilligi va xalqning tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasi bag`ishlangan.
Bugungi kunda xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylangan poytaxtimizdagi Xotira maydoniga o`rnatilgan " Motamsaro ona" haykali esa mazkur sana nishonlanishining as;l ruhini ifodalab turibdi. O`tganlarni yodga olish , xotirlash, ularning oxiratlari obod bo`lishini so`rash aynan Motamsaro ona siymosi orqali nomoyon bo`ladi. Cheksiz qayg`uga botgan ona timsolida jigarbandining tirik ekaniga, uning eson omon o`z bag`riga qaytishiga umid qilib o`tgan ming minglab onalarning taqdiri ularning sog`inch va iztirob tuyg`ulari aks etgan. Xotira maydonida milliy uslubda bunyod qilinga peshayvondagi lavhalarda o`sha mudhish urushda halok bo`lgan barcha yurtdoshlarimizning nomi zarhjal harflar bilan yozib qo`yilgan. Bu ularning jasporati va matonatini ulug`lash urush fojialaridan saboq chiqarishga qaratilgan. Ma`lumotlarga ko`ra ikkinchi jahon urushi vaqtida O`zbekistonda aholi 6.5 million kishiga yaqin bo`lgan bo`sa, shundan 1.5 million nafari ya`ni qurol ko`tarishga qurbi yetgan odamlar urushda qatnashgan. Ularning orasida 500 mingdan ko`prog`i jang maydonida halok bo`lgan, ya`na qancha qanchasi mayib majruh bo`lib qaytgani ayni haqiqat. Xalqimizning fashizmga qarshi kurashi frontda ko`rsatgan jasorati diyorimizda matonatli mehnat qilgan va beril-gan yuz minglab qurbnlarini abadul abad yodda tutish maqsadida har yili Xotira va Qadrlash kunini nishonlaymiz. Hozir ham oramizda uruishdan omon qaytgan, front ortida mehnat qilgan nuroniylar bor. Hayotning butun og`irliklarini o`z yelkalariga ko`tarib olgan bu insonlar yangi avlodlarning minnatdorligiga sazovar bo`lmoqda.
Zero O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnomlaigida yoshi ulug` hamyurtlarimiz urush va mehnat faxriylariga hurmat ehtirom ko`rsatish, e`zozlash, ijtimoiy himoyalash ular uchun munosin turmush sharoitlarini yaratishga alohida etibor qaratilmoqda. Vatanimiz har tomonlama ravnaq topishi bugungi tinch va ospyishta kunlar uchun jonini fido qilganajdodlarninng xotirasini yod etib ishlarini davom ettirish safimizda yurgan keksalarni e`zozlash- odamiylikning eng aziz mezoni va bizga tinchlik omonlik kerak deb yashaydigan bag`rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Yoshi ulug` hamyurtlarimiz jamiyatimizda tinchlik- totuvlik , hamjihatlik, bag`rikenglik, mehr muruvvat muhitini mustahkamlash, mahallalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar ongi hamda qalbida vatanparvarlik fidoiylik tuyg`ularini mustahkam qaror topishida faol ishtirok etmoqda. Nuroniy potaxon va onaxonlarimiz ibratli hayot yo`li, turli javhalardagi fidokorona faoliyati yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat , milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat, umrboqiy an`ana hamda qadriyatlarimizga sadoqat bilan hurmat ehtirom ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
Eng asosiysi yurtimizda tinchlik hamda osoyishtalik barobarida inson xotirasi va qadrining shunday yuksak darajada ulug`lanayotgani farzandlarimiz uchun tengsiz saboq hamda munosib ibratdir. O`zbekiston istiqlol yillarida teng ma`noda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr qiymati, ulug`lanayotgan davlat ekanligini ko`rsatadi.
Xotira muqaddas- inson qadri aziz. Xotira va qadrlasg tushunchasi chuqir ma`noga ega . Ushbu kunlarda o`z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan To`maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz botir kabi qahramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Cholpon, Abdulla Avloniy, Fitrat kabi milliy qahramonlarimizning ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdir. Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda, qahramonlarcha halok bo`lganlar xotirasi aslo unutilmaydi
Inson- hayot gultoji. Uning qadri hurmati har doim e`zozga loyiq. Xalqimizga xos hislatlar to`g`risida gap ketsa albatta qadr qiymat, mehr-oqibat haqidagi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash ko`makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo`yish qon qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa o`tganlatni xotirlash aziz otaxonu onaxonlarimizni duosini olmoqlik sao0dati o`zgacha. Xotira shunday ruhiy manaviy qudratki u insonning insonligini anglatuvchi, uni o`tmish va istiqbol bilan bog`lab turuvchibuyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. " Tarixiy xotira - bu avvalo hayot mazmunini, avlodlar o`rtasida vorislik tuyg`usini anglash demakdir"
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling