Reja: Kirish Temir yo’llarni loyihalashning me’yoriy asoslari 3


Download 20.07 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1562899
  1   2
Bog'liq
ekspluatatsiya1 qayta




Reja:
1. Kirish
2. Temir yo’llarni loyihalashning me’yoriy asoslari
3. Loyihalash bosqichlari
4. Xulosa

Kirish


Temir yo’llarni qidiruv –transport fanoning ajralmas qismi bo’lib, loyihalash hududi haqida ma’lumot yig’ish va tahlil qilish, ular asosida ilmiy asoslangan yangi va mavjud temir yo’llarni ta’mirlash loyihalarini ishlab chiqish usullarini o’rganadi.
Hozirgi zamon temir yo’llari juda murakkab sharoitda ishlaydi. Yuk va yo’lovchilar tashish jadalligi yildan yilga o’sib bormoqda.Ushbu holat yangi temir yo’llarni, ularning infratuzilma ob’ektlarini loyihalashga katta talab qo’ymoqda.
Temir yo’l juda qimmat kapital ob’ektlar qatoriga kiradi. Bir kilometr teplovoz tortishdagi yangi temir yo’lni qurish 4-6 mlrd so’mdan ortiqdir, murakkab sharoitda bu qiymat yanada yuqori bo’lishi mumkin. Ikkinchi yo’llarni qurish yangi temir yo’llar narxini 70-80%ini tashkil etadi. Mavjud temir yo’llarni elektrlashtirish esa 1km ga 2-4 mlrd so’m talab qiladi. Yangi temir yo’llar loyihasiga qo’yiladigan asosiy talab- poezdlar xavfsiz harakatini ta’minlashdir.
Temir yo’l loyihalari ixtisoslashgan loyiha muassasalarida, katta tajribaga ega bo’lgan tadqiqotchilar va loyihachilar tomonidan ishlab chiqiladi. Mamlakatimiz hududida temir yo’llarni loyihalashga ixtisoslashgan 2ta muassasa mavjud. Bular yuqori malakali mutaxassislarga ega “Boshtransloyiha” va “Toshtemiryo’lloyiha” tashkilotlaridir.
Temir yo’llarni loyihalashni me’yoriy asoslari va talablari. Temir yo’llarni davlat miqyosidagi muhim o’rni , qurilish narxini balandligi temir yo’llar qurilishini birinchi yillardanoq ularni avvaldan tuzilgan texnik shartlar asosida olib borish ehtiyojini tug’diradi .
O’zbekiston temir yo’llarining mustaqillik davrigacha qurilgan qismi boshqa davlatlar, shu jumladan Rossiya texnik shartlari va yo’riqnomalari, qurilish me’yorlari va qoidalari asosida amalga oshirilgan. 2019-yildan boshlab mamlakatimizdagi temir yo’l obyektlarini loyihalash va qurish ShNK 2.05.01-19 “ 1520mm izli temir yo’llar. Loyihalash me’yorlari” orqali amalga oshiriladi. Iz oralig’I 1520 mm bo’lgan temir yo’llarni ham ShNK 2.05.01-19 asosida loyihalanadi.
Ushbu qurilish me’yorlari va qoidalariga yangi temir yo’l liniyalarini, ikkinchi yo’llarni loyihalashda va mavjud liniyalarni kuchaytirishda (qayta qurishda), O’zbekiston Respublikasi umumiy tarmog’i 1520mm izli tashqi temir yo’llar shohobcha yo’llarini loyihalashda rioya qilish lozim.
Yangi temir yo’llar, ikkinchi yo’llar va mavjud yo’llarni kuchaytirishni (qayta qurishni) va ularning alohida inshootlari va qurilmalarini loyihalashdan oldin loyihaviy yechimlar konkurent variantlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari solishtirilgan bo’lishi lozim.
Loyihaviy yechimlar variantlarini tanlashda temir yo’llardan foydalanish sharoitlarini , belgilanuvchi ishlarni bajarish usullari va qurilish ishlarining muddatlarini , atrofdagi hududning aholisi, sanoat va qishloq xo’jaligiga xizmart ko’rsatish sharoitlarini , iqlimiy va boshqa mahalliy xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Yangi temir yo’llar va mavjud yo’llarni kuchaytirish(qayta qurish) loyihalarini kompleks tarzda oraliq yo’llar, tugunlar va stansiyalar bo’yicha talab qilinuvchi o’tkazish , tashish va qayta ishlash qobiliyatini hisobga olib butun yo’nalishlar va alohida uchastkalarda har bir hisobiy muddat uchun ishlab chiqilishi lozim.
Talab qilinuvchi o’tkazish va qayta ishlash qobiliyati iqtisodiy qidirishlar natijalari asosida aniqlanuvchi yo’lovchilar va yuklar borib kelishining miqdorlari bo’yicha tashishlarning oylar bo’yicha notekisligini hamda maxsus koeffitsientini hisobga olib aniqlash lozim . Bu koeffitsient inshootlar va qurilmalarning qarovi va ta’mirlanishi uchun tanaffuslarni va poezdlar harakatlanishi o’lchamlarning sutka ichidagi o’zgarishlarni ta’minlash uchun zarur zaxiralarni hisobga oladi va quyidagilarga teng qilib qabul qilinadi:
-yangi bir yo’lli liniyalarni loyihalashda – 0,8
-ikki yo’lli liniyalarni, ikkinchi yo’llarni va shoxobcha yo’llarini loyihalashda – 0,85
-bir yo’lli va ikki yo’lli temir yo’llarni kuchaytirishda
(qayta ishlashda), shuningdek mavsumiy yuk tashish tavsifiga ega yo’llarni loyihalashda- loyihalashga vazifada belgilangan miqdorga.
Loyihalanayotgan temir yo’llar ahamiyati , yuk tashish turi va hajmlari bo’yicha bir-biridan kata farq qiladi. Shuning uchun barcha temir yo’llarni, ularning mamlakat transport tizimidagi o’rni va ahamiyatini inobatga olmasdan bir xil me’yorlar bilan loyihalash noto’g’ri bo’ladi.
Katta hajmda yuk tashiladigan temir yo’llarni bo’ylama qirqimi kichik nishablar bilan loyihalanishi , zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlanishi lozim . Bunda, temir yo’l qurilishi narxi yuqori bo’lsada, keyinchalik tasarruf sarf xarajatlarida sezilarli iqtisod qilinadi va ortiqcha qurilish xarajatlari tez kunda qoplanadi. Aksincha yuk tashish hajmlari katta bo’lmagan mahalliy temir yo’llarda tasarruf sarf-xarajatlari yuqori bo’lsada, texnik jihatdan mukammal bo’lmagan qurilmalarni qo’llash hisobiga qurulish xarajatlarini kamaytirish kerak. Tezyurar va yuqori tezlikli yo’lovchi poezdlari harakati uchun mo’ljallangan temir yo’llar tarhini loyihalashga katta e’tibor beriladi. Bunday temir yo’llarda doiraviy egrilik radiuslari katta , o’tish egriliklari va to’g’ri chiziqli kesmalar uzunroq qilib loyihalanadi.
Yangi temir yo’l magistrallari yoki ularning tarkibiy qismlari va tutashtiruvchi yo’llar umumiy temir yo’l tarmog’idagi tutgan o’rni, ahamiyati, xarakteri, yuk tashish bo’yicha loyihalash qismida 1-ilovada keltirilgan ko’rsatkichlarning biriga ko’ra besh toifaga bo’linadi.
Temir yo’llarni loyihalash me’yorlari bo’yicha toifalarga bo’lish

11

Temir yo’llarning xalq xo’jaligida umumiy ahamiyati

Yuk yo’nalishida hisoblangan yillik yuk tashishning netto qiymati , tkm/km

5-tasarruf yilida yo’lovchi poezdlarning harakat miqdori,juft poezd sutkada

Porzdlarning maksimal harakat tezligi km/soat




5-tasarruff yilida

10-tasarruf yilida

1

2

3

4

5

6

1

Mamlakat ichkarisida yoki boshqa mamlakatlar bilan asosiy umumdavlat aloqalarni ta’minlovchi temir yo’l magistrallari yoki ularning tarkibiy uchastkalari

12dan ortiq

20dan ortiq

Shaharoldi poezdlarini inobatga olmaganda 12dan ortiq yoki 50ta shaharoldi poezdkari

120dan katta (yo’lovchi poezdlar uchun)

1
1

Hududlarda yuk tashishda, mamlakat ichkarisida yoki boshqa mamlakat bilan aloqada yo’lovchi tashishda ustunlikni ta’minlovchi temir yo’l magistrallari yoki ularning tarkibiy uchast kalari

7dan ortiq 12gacha

10dan ortiq 20gacha

Shaharoldi poezdlarini inobatga olmaganda 12ta

-

1
2

Yuk va yo’lovchi tashishda ustinlikni ta’minlivchi mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan temir yo’llar

3-7

5-10

Shaharoldi poezdlarini inobatga olmaganda 12ta

-

1
5

10-tasarruf yiligacha yuk tashish qiymati o’sish istiqboliga ega bo’lmagan mahalliy ahamiyatga ega temir yo’llar 10-tasarruf yiligacha temir yo’llarning umumiytarmog’iga qo’shilish istiqboliga ega bo’lmagan keltiruvchi yo’llar

3dan kam

Yuk tashish qiymatiga bog’liq bo’lmagan holda



5dan kam

Yuk tashish qiymatiga bog’liq bo’lmagan holda



-
-

-

40dan katta (poezdlar harakat tartibiga ega yuk poezdlari uchun)





Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling