Reja: Kirish Tokarlik vint-qirqar stanoklari


Download 133.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi133.68 Kb.
#1389317
  1   2   3
Bog'liq
Tokarlik vint



Tokarlik vint-qirqar stnoklari
 
 
 
Reja: 
1.Kirish 
2.Tokarlik vint-qirqar stanoklari 
3.
Tokarlik stanoklarining umumiy tuzilishi 
4.Xulosa 
5.Foydalanilgan adabiyotlar
 
 
 
 


Kirish 
 
Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan 
bо‘lib, ular stanoklarning birinchi guruhiga kiradi. Va о‘z novbatida tо‘qqizta turga 
bо‘linadi: 
(Avtomatlar va yarim avtomatlar). 1.Bir shpindelli. 2. Kо‘p shpindelli. 3. 
Revolverli.4.Parmalash-qirqib tushirish stanoklari.5. Karuselli stanoklar.6. 
Tokarlik va loboviy stanoklar. 7. Kо‘p keskichli stanoklar. 8. Ixtisoslashtirilgan 
stanoklar. 9. Xar-xil stanoklar
Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan. Bu 
stanoklarda sirtqi silindrik, konusaviy va shakldor yuzalar yо‘nish; silindrik va 
konusaviy teshiklarni yо‘nib 
kengaytirish
; torets yuzalarni yо‘nish; sirtqi va ichki 
rezbalar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni 
qirqib tushirish
, qisman kesish va boshqa ishlar bajarish mumkin. 
 
 


Tokarlik vint-qirqar stanoklari 
 
Tokarlik Stanogi —ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan buyumlarga qirindi olish 
yo’li bilan (yo’nib) ishlov beradigan metall kesish stanogi. Vazifasiga qarab 
universal va mahsus tokorlik stanogiga, ishlov beriladigan materialiga qarab 
metall, yog’och va boshqa materiallar ishlaydigan tokarlik stanogiga, ishlab 
chiqarish xarakteriga va ish unumdorligiga qarab markaziy, revolver, bir va ko’p 
shpindelli, ko’p keskichli, ka­rusel, avtomatlar, yarim avtomat va boshqa tokarlik 
stanogiga bo’linadi. Mahsus tokarlik stanogi ma’lum detallar, masalan, silliq va 
pog’onali vallar, prokat valiklar, turli trubalar va boshqa buyumlarga ishlov beradi. 
Universal tokarlik stanogi tokarlik ishlaridan tashqari turli xil operasiyalarni 
bajaradi. Universal stanoklardan eng ko’p tarqalgani tokarlik-vint qirqish 
stanoklaridir. 
Tokarlik-vintqirqish stanoklarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan 
zagotovkaning staninadan yuqoridagi eng katta diametri va stanok markazlari 
orasidagi eng katta masofadir, markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov 
beriladigan detalning maksimal uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish 
stanoklarining bu asosiy parametrlaridan tashqari, ularning GOST larda 
belgilangan muhim о‘lchamlari ishlov beriladigan zagotovkaning supportdan 
bо‘lgan 
eng katta diametri
, shpindelining maksimal aylanish chastotasi, shpindel 
teshigidan о‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel markazdaing 
о‘lchami, keskichning maksimal balandligidir. Sanoatimiz 160—1250 mm li 
zagotovkaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig‘i 12500 mm bо‘lgan 
tokarlik-vintqirqish stanoklari ishlab chiqaradi.
Seriyalab tokarlik stanoklar ishlab chiqarish dastlab 1929 yilda Moskvadagi 
„Krasniy proletariy" zavodida boshlandi. О‘sha vaqt uchun progressiv bо‘lgan 
tokarlik-vintqirqish stanogi tezliklar qutisi 
shesternyalardan tuzilgan
, 1932 yilda 
ishlab chiqarilgan DIP-200 tokarlik vint qirqish stanogi edi. Bu model shundan 


keyin bir necha marta modernizatsiyalashtirildi (takomillashtirildi), natijada 
1D62M, 1A62 va boshqa stanoklar yaratildi. 1954 yildan boshlab shu zavodda 
normal va yuqori aniqlikdagi 1K62 stanogi seriyalab ishlab chiqirila boshladi. Bu 
stanok asosida har xil turdagi ixtisoslashtirilgan stanoklar yaratildi.Vatanimiz va 
chet el stanoksozligida tokarlik stanoklari kopirovkalash qurilmalari bilan 
jihozlanadi. Bu hol shakldor maxsus keskichlar va kombinatsiyalashtirilgan yо‘nib 
kengaytish asboblari ishlatmay turib, shakldor murakkab konturlar ishlashga imkon 
beradi va stanoklarni rostlash ishlarini ancha osonlashtiradi. Ikki-uch 
kopirovkalash supportlari bor tokarlik kopirovkalash stanoklari mavjudki, 
ularda 
sirtqi
, ichki va torsaviy yuzalarga ishlov berish mumkin.Tokarlik-vintqirqish 
stanoklari aniqligini oshirish, boshqarilishini takomillashtirish, surishlar tezliklari 
diapazo-nini oshirish
, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash yо‘lida 
rivojlantirilmoqda. Tokarlik-vintqirqish stanoklarida zagotovkaning aylanishi bosh 
harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa barcha 
harakatlar yordamchi harakatlar jumlasiga kiradi.
Tokarlik-vint qirqish stanogi 
amalda bir tipli kompanovkaga ega, bunday kompanovkaga 1K62 stanogi misol 
bо‘la oladi. Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina, oldingi (shpindelli) babka, 
keskich tutkich va fartuqli support, ketingi babka kiradi; oldingi babkaga tezliklar 
qutisi, surishlar qutisi joylashtirilishi mumkin. 

Download 133.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling