Reja: Kirish Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi
Aholi daromadlari va ularning turlari
Download 27.96 Kb.
|
MAVZU DAROMADLARNI ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI
2.Aholi daromadlari va ularning turlari.
Aholi daromadlari-bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir. Daromadlar pul va natural shaklda bo’lishi mumkin. Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchu nish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividentlar, foyda, renta ko’rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk; chorva hayvonlari, tomarqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlari sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish uchun haqLar va hokazolardan tashkil topadi. Ish haqi ko’pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan mamlakatda jami daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi –yollanib ishlovchilarning ishlab topgan daromadi, ishlovchilar va ularning oilasini boqish uchun ketadigan tirikchilik voistalarini xarid eti shva pul jamg’armasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Ish haqi uch qichmdan tashkil topadi: 1.Asosiy ish haqi. 2.Mukofot tarzidagi (bonus) ish haqi. 3.Belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovi. Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab, ish haqi brutto (umumiy) va netto (sof) ish haqiga bo’linadi. Brutto ish haqini yalpi, ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqi desa ham bo’ladi. Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan har xil to’lovlar chigirib tashlagandan so’ng, qoladigan sof ish haqi, ya’ni ishlovchining hamyoniga kelib tushadigan puL.Bajarilgan ishni o’lchami mezonga qarab ish haqi vaqtbay va ishbay (donabay) ish haqiga bo’linadi. Vaqtbay ish haqi ma’lum malaka va tajriba ega bo’lgan xodimning ishlagan vaqtiga, ya’ni necha kun yoki soat ishlaganiga, vaqt sarfiga qarab to’lanadi. Ishbay ish haqi muayyan malakali ishchi yaratgan sifati tovar miqdori yoki bajargan ish hajmi uchun oladigan haqidir. Uning miqdori mehnat unumdorligiga nisbatan to’g’ri mtanosiblikda o’zgaradi. Masalan, ishchiga bir dona mahsulot uchun 40 so’m ish haqi belgilangan. U bir ish kunida 5 dona mahsulot yaratsa, 200 so’m, agar ish unumini oshirib, 6 ta mahsulot yaratsa, 240 so’m oladi. Ish haqining miqdori o’zgaruvchan bo’lib, bu o’zgarish asosan uch omil ta’sirida yuz beradi: 1.Ish haqiga talab va uning taklifi. Ish kuchi tovar bo’lar ekan, uning narxi bo’lgan ish haqi mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatiga bog’liq bo’ladi. Mehnatga talab oshganda ish haqi ko’payadi, mehnat taklifi oshganda esa ish haqi kamayadi. Mehnat bozoridagi talab va taklif tenglashgan taqdirda muvozanat ish haqi yuzaga keladi, ish haqi bir me’yorda saqlanadi. Ish kuchiga talab 400 kishini tashkil etadi, uni mehnat bozori qondirdi. Ish kuchi bozorida talab va taklif tenglashganda ish haqi 4000 so’m darajasida muvozanatlashadi. Agar talab oshsa, ish haqi 6000 so’m yoki 7000 so’mga yetishi taklif ko’paysa, 3000 yoki 2500 so’mga tushishi mumkin. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling