Reja: Kirish Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi


Download 27.96 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1606801
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU DAROMADLARNI ULARNING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI

2.Mehnat unumdorligi. Ish haqitalab va taklifdan qat’i nazar, mehnat unumdorligi ta’sirida ham o’zgaradi. Ish bilan bandlik sharoitida ish haqi mehnat unumdorligi oshsa ko’payadi yoki aksincha.
3.Bozor uchun ishlay bilish. Ish haqi umuman ishlaganlik uchun emas, balki bozor talabiga mos ravishda bajarilgan mehnat uchun beriladi. Tovarlar bozorbop bo’lib, yaxshi sotilsa, ish haqi ko’payadi, ular bozorda o’tmay qolsa, ish haqi kamayadi. Firmalar tovarlarini sota olmasligi oqibatida ishchilarga ish haqini vaqtida to’lay olmaydi yoki uni kam to’laydi.
Pensiya daromadning maxsus turi bo’lib, u qarilik yoki nogironlik tufayli ishga yaramay qolganlarga davlat va firmalar tomonidan to’lanadi. Qarilik pensiyasi ishlab topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiritiladi. Har bir kishi ishlagan kezlarida topgan pulining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazib boradi, bu pul xodim pensiyaga chiqqach, unga ma’lum me’yorda qaytariladi. Nogironlik pensiyasi ishlab topilgan pul bo’lmay, o’zini-o’zi boqa olmaydigan kishilarni moddiy ta’minlab turish uchun jamiyat tomonidan ajratilgan puldir. Pensiyalar miqdori xodim ishlagan kezlarida olgan pul daromadiga, hamda, ishga yaroqsizlarning qobiliyatini qay darajada yo’qotganligiga qarab tabaqalashadi.
Nafaqa daromadning maxsus turi bo’lib, ijtimoiy yordamga muhtojlarga, odatda kambag’allarga bir yo’la yoki muqim ravishda davlat, firmalar yoki xayriya tashkilotlari beradigan puldan iboratdir. Nafaqaning miqdori moddiy imkoniyatlarga bog’liq.
Stipendiya ham daromad turi bo’lib, uni talabalar oladi, amalda bu yordam puli bo’lib, ularning kelajakda jamiyatga naf keltirishi e’tiborga olib beriladi. Stipendiyani davlat yoki firmalar to’laydi.
Foyda tadbirkorlarning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf-xatarni zimmasiga olgani uchun ularga tegadigan pul daromadi hisoblanadi. Tadbirkorning foydaga ega bo’lishi yoki uni boy berishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rish mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, tez-tez o’zgarib turadi. Aholi daromadlari tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi, chunki tadbirkorlik bilan g’oyat ozchilik shug’ullanadi. Masalan, AQShda foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15-18 foizni tashkil etadi.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling