Reja: kirish voha axоlisi shaharlar mavqeining o‘sishi. Voha urbanizatsiya haqida tushuncha
VOHA AXОLISI - SHAHARLAR MAVQEINING O‘SISHI
Download 46.02 Kb.
|
REJA
VOHA AXОLISI - SHAHARLAR MAVQEINING O‘SISHI.
Ma’lumki, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 33-maqsadida qurilish sohasini texnik tartibga solish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va boshqa shu kabi muhim vazifalar belgilangan. O‘zbekistonda aholi sonining barqaror o‘sib borayotganligi urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishiga va natijada sifatli turar joylarni barpo etish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaratish masalalarining dolzarbligini oshirmoqda. Shuningdek, aholi uchun mustahkam va qulay uy-joylarni qurish borasida ham bir qator normativ hujjatlar qabul qilingan. Yangi qurilgan uylarning belgilangan talablarga mosligi, ularning zamonaviy shaharsozlik normalariga uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan yangi obyektlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida jamoatchilik monitoringi tashkil etildi. Jamoatchilik nazorati tadbirlari davomida viloyatning Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Angor tumanlarida barpo etilgan 10 dan ortiq ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy muassasalarning bugungi kundagi holati o‘rganildi. Xususan, ko‘p kvartirali uylarning mustahkamligi, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, atrofda zarur infratuzilma bilan ta’minlanganligi vizual monitoring qilindi hamda yangi uylarga ko‘chib o‘tgan aholining mavjud sharoitlar haqidagi fikri o‘rganildi. Mazkur jamoatchilik nazorati tadbirlariga jamoat faollaridan tashqari soha mutaxassislari ham taklif etilgan. Monitoring yakunlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, manfaatdor idoralarga taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan doimiy ravishda monitoring tadbirlari o‘tkazib boriladi. Bu boradagi takliflaringiz va fikr-mulohazalaringizni “Jamoatchilik.uz” platformasida qoldirishingiz mumkin. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shahar aholisining salmog‘i 10 foizga oshdi. Bunday o‘sish sur'atlariga, asosan ma'muriy o‘zgarishlar, 2009 yilda mingga yaqin qishloq aholi punktlarining shahar posyolkalariga aylantirilishi hisobiga erishilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tarqatgan bayonotga tayanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 1991 yil O‘zbekistonda shaharliklar umumiy aholining 40,3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu raqam 50,6 foizga o‘sdi. «Urbanizatsiya darajasi bo‘yicha O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni past. BMT xalqaro reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi. Vaholanki, bu sohada dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 55,3 foizdir», - deyiladi vazirlik axborotida. Eslatib o‘tamiz, urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish maqsadida Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatida urbanizatsiya darajasini 2030 yilgacha 60 foizga yetkazish vazifasini strategik maqsad sifatida belgilab berilgandi. Oʻzbekiston demografiyasi Oʻzbekiston demografiyasi Oʻzbekiston aholisining demografik koʻrsatkichlari boʻlib, aholining oʻsishi, zichligi, millati, taʼlim darajasi, sogʻligʻi, iqtisodiy ahvoli, diniy mansubligi va boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Ma'lumotlarning aksariyati taxmindir, chunki oxirgi aholi roʻyxati 1989-yilda Sovet davrida o'tkazilgan. Demografik rivojlanish tarixi Registonda suratga tushishmoqda. Oʻzbekiston aholisining toʻrtdan bir qismidan oshigʻi 14 yoshgachadir. Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi. Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sugʻ'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Arrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar. Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan. Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. oʻzbek va voha tojikla riga xos Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi toʻliq shakllanadi. Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. 7-asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan. 8-asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar. 911-asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan sodir boʻlgan etnik jarayonlar oʻzbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich boʻldi. Aynan shu davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -maʼnaviy umumiylik, etnik oʻzlikni anglash maʼlum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan oʻta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112-asr boshlarida oʻzbek xalqi shakllandi. Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʻatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar koʻchirilib, Mirzachoʻlga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uygʻurlar koʻchirilib keltirilib, respublika sharqidagi togʻ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past boʻlgan. Aholining koʻchib keluvchilar hisobiga oʻsishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli oʻlkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 18651900-yillarda aholi 0,6 % ga koʻpaydi. 20-asrning 1-choragida ham aholi oʻsishida sezilarli oʻzgarish boʻlmadi. 192440-yillar davomida Oʻzbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining oʻsishi-yiliga 3 % ga teng boʻldi. Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yoʻqotdi. Aholining umumiy soni 194045-yillarda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi. Urushdan keyingi davrda aholi oʻsish surʻatlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha koʻpaydi. Bunda ham sof tabiiy koʻpayishdan koʻra chetdan koʻchirib keltiril gan aholining salmogʻi katta boʻldi. 20-asrning 6080-yillarida respublika aholisi tarkibida oʻzbeklarning soni muntazam ravishda yuqori surʻatlar bilan koʻpayib bordi. 1989-yilda oʻzbeklar salmogʻi respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga oʻtishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning oʻzgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tugʻilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga koʻchib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʻatlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga koʻpaydi, oʻsish surʻati 1,8 %ni, oʻrtacha yillik mutlaq koʻpayish soni 400 ming kishini tashkil qildi. Aholining joylashishi va zichligi Oʻzbekiston aholisining munitsipalitet boʻyicha zichligi, aholi hisob-kitoblariga koʻra 2020-yil Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan. Download 46.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling