Reja: kirish voha axоlisi shaharlar mavqeining o‘sishi. Voha urbanizatsiya haqida tushuncha


VOHA URBANIZATSIYASINING IQTISODIYOTGA TA’SIRI


Download 46.02 Kb.
bet4/8
Sana16.04.2023
Hajmi46.02 Kb.
#1361137
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REJA

3. VOHA URBANIZATSIYASINING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida QQSni hisoblash zanjirini mukammal tuzish yo‘li bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlari harajatlarini qanday qisqartirish to‘g‘risida yozadi.
O‘zbekiston urbanizatsiya, ya’ni rivojlanishdagi shaharlar rolini oshirish darajasini 2030 yilga kelib 60% ga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar ulushi qisqaradi va shaharlarda kambag‘allik o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida oziq-ovqat narhini odamlarning daromadlariga mos ravishda qisqartirgan holda soha ishlab chiqarishini oshirish lozim bo‘ladi, demakdir, deb hisoblaydi institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov.
Oziq-ovqat mahsulotlari — QQS bu o‘rinda qanday rol o‘ynaydi va nega qishloq xo‘jaligida, qayta ishlash va chakana savdoda QQSni hisoblash bo‘yicha uzluksiz zanjirni yaratishga sharoit yaratish zarurligi haqida u Spot uchun maxsus yozad
Ildus Kamilov
Institutsional islohotlar va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert, undan avval Iqtisodiy tadqiqotlar markazining katta muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib ishlagan
Mamlakatda amalga oshirilayotgan ko‘plab islohotlar aksariyat hollarda boshqa sohalardan ayricha qabul qilinadi va muhokama etiladi. Xususan, keyingi vaqtlarda soliq islohotlari bo‘yicha munozaralar QQS masalasiga ulandi, bank islohotlari esa konvertatsiya va kredit bo‘yicha stavkalarning qisqartilishi masalalarining to‘liq yechimi sifatida qabul qilindi va hokazo.
Sir emaski, iqtisodiyotda va umuman hayotda ko‘p narsalar o‘zaro bog‘langan. To‘g‘ri bu bog‘liqlik har doim ham ochiq ko‘rinmaydi. Ushbu maqola ayni ana shunday — birinchi qarashda urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi va QQS kabi o‘zaro u qadar bog‘liq ko‘rinmaydigan narsalar haqida.

Urbanizatsiya — shahar aholisining o‘sishidan ko‘ra ancha katta tushunchadir


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 28 dekabrida Oliy Majlisga Murojaatida 2030 yilgacha urbanizatsiya (ya'ni shahar aholisining aholining umumiy sonidagi hissasi) darajasini 60%ga yetkazish vazifasini ma’lum qildi. Urbanizatsiyaning joriy darajasi haqidagi raqamlar (35,5%) tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin — negaki, Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar aholisining hissasi 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 50,6%ni tashkil qilgan.
Gap shundaki, 2009 yili 1000 dan ortiq qishloq aholi punktlari shahar tipidagi poselkalar maqomini olgan bo‘lib, shahar aholisi 9,6 mln dan 14.2 mln kishiga, urbanizatsiya darajasi 35,8%dan 51,7%ga o‘sdi. Bunday ma’muriy o‘zgarishlar ko‘pincha mohiyatan o‘zgarmaydi — shahar tipidagi ko‘p poselkalar infratuzilmalar rivojlanishi, mahalliy iqtisodiyot tuzilmasi, odamlar turmush tarzi va boshqa parametrlar bo‘yicha shahardan ko‘ra qishloqqa ko‘proq yaqin. Shuning uchun urbanizatsiyaning boshlang‘ich nuqtasi 35,5% deb belgilanishiga batamom qo‘shilish mumkin.
Urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash va boshqarish — juda murakkab vazifa. Biroq urbanizatsiya qiziqarli imkoniyatlar ham yaratadi. Masalan, davlat ijtimoiy ahamiyatga molik infratuzilmalar — kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar harajatlari ma’nosida yutishi ham mumkin.
Biznesning yutug‘i — bozorlarni yiriklashtirishda, zero 300 ming aholiga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan shahar 3000 kishilik aholisi bo‘lgan qishloqqa nisbatan ancha jozibador. Odamlar ham yuqori sifatli turmush tarzida yashash imkoniyatini oladilar.
Ikkinchi tomondan, qanchalik ko‘p qishloq aholisi shaharga ko‘chib o‘tsa, qishloq joylarda shunchalik kam ish kuchi qoladi. Urbanizatsiya qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni oshirishni talab etadi, boshqacha aytganda, qishloq ho‘jaligida band bo‘lgan har bir kishi ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga oziq-ovqat assortimentiga ko‘ra rang-barang bo‘lishi, asosiysi, yetarlicha yuqori sifat bilan bir qatorda narxi ham hamyonbop bo‘lishi kerak.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida 5 mln ga yaqin kishi band, biroq, mehnat migratsiyasi (ichki va tashqi) tufayli aniq raqamlar biroz kamroq bo‘lishi ham mumkin. Ammo, agar rasmiy ma’lumotlardan chetlanadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan har bir kishi olti-yettita odamni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Bu hisob-kitob, albatta, taxminiy.
Hozirgi o‘sish sur’atlaridan kelib chiqqanda, O‘zbekiston aholisi 2030 yilga kelib 40 million kishi atrofida bo‘ladi. Aytaylik, aholining 60% yoki 24 mln kishi shaharlarda, 16 millioni qishloq joylarda yashaydi. Bunda qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar soni 1 mln kishiga yoki undan ham ko‘proq kamayadi.
Demak, har bir qishloq xo‘jaligi xodimi 10−11 kishini “boqishi” kerak bo‘ladi. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni kamida 1,5 baravar oshirish talab etiladi. Bu o‘rinda so‘z mahsulot qiymati emas, balki ayni ishlab chiqarishning moddiy hajmi to‘g‘risida boradi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish bo‘yicha rejalarni hisobga olganda ishlab chiqarish hajmi yanada yuqori bo‘lmog‘i lozim. Yaqinda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 2021 yilda 5 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilayotgani, bu esa 2018 yilga qaraganda besh marta ko‘p ekani haqida aytilgan edi. Agar eksportning o‘sishi bilan birga ishlab chiqarish ham oshmasa, unda ichki bozorda narhlar ko‘tariladi.

Download 46.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling