Reja: Kirish Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar maqsadi va vazifalari


Download 238.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana02.04.2023
Hajmi238.47 Kb.
#1321523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ASADBEK ISAKOV

huquq va majburiyatlar – ichki
hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari to’g’riligi uchta (shaklan,
qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda;
baholashlar 
ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq
ravishda baholanganligi;
aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan
summalar, xizmat safari bo’yicha xarajatlar summasi va boshqalarning to’g’ri
hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob
registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;
hisob davrining cheklanganligi – ichki
hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan
mana shu hisob davrida aks ettirilganligi;
taqdim etish va bayon qilish – ichki
hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid


me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim
qilinganligi. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida
quyidagi vazifalar hal etilishi lozim.
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Auditning vazifalari
Ichki hisob-kitoblar muomalarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha savollar
1.
Ichki
hisob-
kitoblarga
doir
muomalalarni
hisobga
olish va ichki nazorat
samaradorligining holatini
baholash
Mehnat haqi to’lash va hisobdor summalarni
berishni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi va tahlili.
Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot
(ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil
etilishini baholash.
Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar
turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi.
Ish haqi va hisobdor summalar berilishi ustidan
nazorat.
Hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik
hisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.
2.
Xodimlar
bilan
mehnat
haqi
bo’yicha
hisob-kitoblar
to’g’risidagi hisob va
hisobot ma’lumotlarining
ishonchliligini tekshirish.
Haq turlari bo’yicha ish haqi hisoblashning
to’g’riligi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi.
Ish
haqi
xarajatlarini
tannarx
tarkibiga
qo’shishning asosliligi.
Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan
summalarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks
ettirish.
Soliqqa tortish maqsadida jami daromadni hisobga
olishning to’g’riligi.


3. Davlat byudjetidan
tashqa-ri fondlar, ijtimoiy
sug’ur-ta
va
ta’minot
fondlari
bi-lan
hisobkitoblarni
hisob-
lashning
Byudjetdan tashqari ijtimoiy sug’urta va ta’minot
fondlariga to’lovlarni hisoblash bazasini aniqlashning
to’g’riligi.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlari bilan hisob-
kitoblarni hisobda aks ettirishning to’g’riligi.
to’g’riligi
4. Hisobdor shaxslar
bilan hisob- kitoblarga
doir hisob va hisobot
ma’lumotlarining
ishonchliligini tekshirish.
Hisobdor
shaxslarga
bo’nak
berishning
asoslanganligi.
Bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim etilishi.
Hisobdor summalarni ishlatishning hujjatlar bilan
asoslanganligi.
Hisobdor
summalarni
xarajatlar
tarkibiga
qo’shishning asosliligi.
Soliqqa tortishning to’g’riligi.
Hisobdor
shaxslar
bilan
hisob-kitoblarni
buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligi.
5.
Xodimlar
bilan
boshqa
muomalalar
bo’yicha hisob-
kitoblar to’g’risidagi
hisob
va
hisobot
ma’lumotlarning
ishonchliligini tekishirish.
Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblarni
hisobga olishning to’g’riligi.
Qarz berishning qonuniyligi va asosliligi.
Berilgan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga
olishning to’g’riligi.
Kamomad va o’g’irliklarning ayibdor shaxslar
zimmasiga to’liq olib borilishi.
Moddiy zararni qoplashga doir hisob-kitoblarni
hisobga olishning to’g’riligi.
6. Ichki hisob-kitob
muomalalarini tekshirish
natijalari
bo’yicha
Tekshiruv bo’yicha ishchi hujjatlar materiallarini
umumlashtirish va tahlil qilish.
Xatolarning katta- kichikligini (jiddiyligini)


umumiy
xulosa
aniqlash.
Xatolarning hisobot ishonchliligiga
ta’sirini aniqlash.
Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar
yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash
uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi.
Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun
zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va
boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa
tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar
paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga
olgan holda shakllantiriladi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha sintetik
va analitik hisob registrlari korxonada qo’llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order,
memorial-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) bog’liq. Masalan, buxgalteriya
hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK, 8ASK va 10-ASK
jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida –
4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’nak»,
6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar
bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 4220-«Xizmat
safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umum xo’jalik xarajatlari uchun
berilgan bo’naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar», 6870-
»Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710- «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha
xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzar bo’yicha xodimlarning qarzlari»,
4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» va 4790-
»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo’yicha debet va kredit oborotining
mashinagrammalari tekshiriladi.


Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy
ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan
hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o’tkazish
to’g’risidagi, ta’tilga chiqarish to’g’risidagi, mehnat shartnomasini to’xtatish
to’g’risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali;
shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga
layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to’lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob
vedomosti (T-51sh); to’lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh);
ijro varaqalari; daromad va daromad solig’ini hisobga olish bo’yicha soliq
kartochkasi;
- ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda:
«Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar
vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi ma’lumotlari»,
«Sug’urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug’urta jamg’armasiga
o’tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to’lash bo’yicha
vedomost»;
-hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo’nak (avans)
hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi
xodimlarni ro’yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan
bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970
– «Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo’yicha inventarizatsiya ro’yxatlari;
-Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda:
kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shartnomasi;
moddiy zararni qoplash to’g’risidagi buyruq (farmoyish); sud qarori; ijro
varaqalari; to’lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgilangan
tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi
zarur. Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ushbu
muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni
nazarda tutadi. Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo’shatishda


qonunchilikka rioya qilinishini, ro’yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat
vazifalarini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq
to’lash, mukofotlash va moddiy yordam to’g’risidagi nizomlarga rioya qilinish
va boshqalarni aniqlaydi.
Auditor ichki nazoratning holatini o’rganganidan so’ng («a’lo», «yaxshi»,
«o’rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini
aniqlaydi. Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol etkazib beruvchilar
va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan,
mustaqil balansga ajralib chiqqan bo’linmalar, shu’ba va tobe korxonalar bilan,
ssudalar bo’yicha banklar soliqlar va boshqa yig’imlar bo’yicha byudjet bilan
hamda byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan shuningdek, da’volar bo’yicha
hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Korxonaning to’lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko’p
jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog’liq. Tashqi hisob-kitoblarning
ahvoli to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish
barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. Shu boisdan, auditor tashqi hisobkitob
muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazishi lozim.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan
maqsad tashqi hisob-kitoblarga doir majburiyatlarni (debitor va kreditor
qarzlarni) aks ettiradigan buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligi,
hamda qo’llanilayotgan hisob yuritish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirishdan iborat.
Tashqi hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Auditning vazifalari
«Tashqi
hisob-kitob
muomalalari
auditi»
bo’limining tekshiruv dasturi bo’yicha savollar


Tashqi hisob-kitob
muomalalarini hisobga
olish
va
nazorat
qilishning
holatini
tekshirish
Tashqi
hisob-kitob
muomalalari
bo’yicha
qarzdorlikni inventarizatsiya qilish materiallarining
mavjudligi va tahlili.
Debitor va kreditor qarzlar vujudga kelishining
hujjatlar bilan asoslanganligi va qonuniyligi, ularni
qaytarishning realligi.
Shubhali hisob-kitoblarni va talab qilinmagan
qarzdorlikni
aniqlash
Buxgalteriya
hisoboti
ko’rsatkichlarining
sintetik
va
analitik
hisob
ma’lumotlariga mosligi
Mol
etkazib
beruvchilar
va
pudratchilar
bilan
hisobkitoblarning
to’g’riligi
va
to’liqligini tekshirish
Olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat)lar uchun
hisoblashishlar bo’yicha dastlabki hujjatlar va
shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilishining
to’g’riligi.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar
va hisob registrlariga mosligi.
Hisob registrlaridagi schyotlarda mol etkazib
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni aks
ettirishning to’liqligi va to’g’riligi.
Hisob-kitoblarning
o’z
vaqtida
amalga
oshirilayotganligi va qarzdorliklarning realligi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar bo’yicha kreditor qarzdorliklarni hisobdan
o’chirish tartibiga rioya qilinishi
Xaridorlar
va
buyurtmachilar
bilan
hisob-kitoblarni
hisobga
olishning to’g’riligini
tekshirish
Xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar
uchun dastlabki hujjatlar va shartnomalar mavjudligi va
rasmiylashtirilishining to’g’riligi.
Dastlabki
hujjatlar
ma’lumotlarining
shartnomalar va
hisob registrlariga mosligi.


Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni
hisob registrlaridagi schyotlarda aks ettirishning
to’liqligi va to’g’riligi.
Olingan bo’naklarning asoslanganligi va to’g’ri
rasmiylashtirilishi. Hisob-kitoblarning o’z vaqtidaligi,
xaridorlar va buyurtmachilar qarzlarining realligi va
ta’minlanganligi.
Xaridorlar va buyurtmachilarning debitor qarzlarini
hisobdan o’chirish tartibiga rioya qilinishini tekshirish
Da’volar bo’yicha
hisobkitoblarni hisobga
olishni
tekshirish
Da’volar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilishining
o’z vaqtidaligi, asoslanganligi va to’g’riligi.
Da’volarni hisobda aks ettirishning to’liqligi va
to’g’riligi.
Da’volar bo’yicha qarzdorliklarning
realligi
Boshqa debitorlar va
kreditorlar
bilan
hisob-kitoblarni
hisobga olishning
to’liqligi
va
to’g’riligi
Deponentlangan ish haqini hisobga olishning o’z
vaqtidaligi, asoslanganligi va to’g’riligi.
Ijro varaqalari bo’yicha ish haqidan ushlangan
summalarning asoslanganligi va to’g’riligi, ularni
oluvchilarga o’tkazib berishning to’liqligi va to’g’riligi.
Transport tashkilotlari bilan va notijorat tavsifdagi
muomalalar bo’yicha turli tashkilotlar bilan hisob-
kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi.
Balans tuzish sanasiga turli debitorlar va kreditorlar
bilan hisobkitoblar bo’yicha qarzdorliklar haqqoniyligi.
Mas’uliyati
cheklangan jamiyatlar
ta’sis
shartnomasi
bo’yicha
hisob-
kitoblarni
hisobga
Ta’sis shartnomalarining mavjudligi va to’g’ri
tuzilganligi.
Ta’sis shartnomasi bo’yicha hisob yuritishning
qonuniyligi va bu shartnoma bo’yicha muomalalarning
hujjatlar bilan asoslanganligi.
Ta’sis shartnomasi


olishning to’liqligi va
to’g’riligini
tekshirish
doirasida xo’jalik faoliyatini soliqqa tortish va
mulklarni alohida hisobga olishning to’g’riligi
Shartnoma ishtirokchilari o’rtasida foydaning
taqsimlanishi.
Tashqi hisob-kitob
muomalalarini
auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish
natijalarini
umumlashtirish
Hisob-kitoblar ahvolining korxona to’lov layoqatiga
ta’sirini baholash. Aniqlangan xatolarning jiddiylik
darjasini va ularning hisobotlar ishonchliligiga ta’sirini
baholash.
Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun har xil usullar va axborot manbalaridan
foydalanib, isbot-dalillarga ega bo’lish zarur. Tashqi hisob-kitob muomalalarini
tekshirish chog’ida auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:
tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortish
masalalarini
tartibga soladigan, asosiy me’yoriy hujjatlar;
*hisob siyosati to’g’risidagi buyruq;
*buxgalteriya hisobotlari;
*korxonada tuzilgan, tashqi hisob-kitob muomalalarining sintetik va analitik
hisobi registrlari;
*tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan dastlabki hujjatlar.
Korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bo’yicha auditor
quyidagilar bilan tanishadi:
• tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda qo’llaniladigan ishchi
schyotlar rejasi;
• buxgalteriya hisobining shakli va korxonada tuziladigan hisob registrlarining
ro’yxati;


• tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan
dastlabki hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi);
• tashqi hisob-kitob muomalalari rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolash
huquqi berilgan shaxslar ro’yxati;
• tashqi hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish.
Auditor buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktividagi II-«Joriy aktivlar»
bo’limi ma’lumotlar «Debitor qarzlar» moddasi va passividagi II- «Majburiyatlar»
bo’limi ma’lumotlaridan «Kreditor qarzlar» moddasi bo’yicha qarzdorliklarning
ahvolini aniqlaydi. «Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risida
ma’lumotnoma» (2
-
shakl)ga muvofiq uzoq muddatli va qisqa muddatli
qarzdorliklarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo’lgan holati va harakati
(«muddati o’tib ketganlari» ajratib ko’rsatilgan holda) aks ettiriladi.
Tekshiruv o’tkazish jarayonida buxgalteriya hisobining korxonada
qo’llaniladigan shaklidan kelib chiqqan holda har xil sintetik va analitik hisob
registrlari taqdim qilinishi mumkin. Tekshiruv uchun zarur bo’lgan hisob
registrlarining ro’yxati hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda belgilangan
bo’lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llaydigan
korxona va tashkilotlarda tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda
«Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llash bo’yicha uslubiy
tavsiyalar»ga muvofiq №6, 8 va 11- jurnal-orderlar ishlatiladi.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda 3110-3190, 4010, 4020,
4110, 4120, 4210, 4310, 4320, 4410, 4510, 4550, 4610, 6410, 6450, 6310, 6320,
6390, 6510, 6530, 6810-6890, 6520 schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlar
hamda qoldiqlarining bosmadan chiqarilgan varagi, analitik vedomostlar va
Bosh daftar (oborot-qoldiqli vedomost), realizatsiyaga doir reestrlar va
daftarlardan
foydalaniladi.
Shuningdek,
auditor
tashqi
hisob-kitob
muomalalarini rasmiylashtirish va aks ettirish bo’yicha dastlabki hujjatlarni talab
qilib olishi zarur. Masalan, shartnomalar (oldi-sotti, etkazib berish, komissiya,
pullik xizmat, pudrat va hokazo), nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari,
schyotlar, schyot-fakturalar, jo’natuvchi hujjatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi,


bank hujjatlari (bank ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari, cheklar reestri),
kassa hujjatlari (kassa chiqim orderlari va kassa kirim orderlarining
kvitantsiyalari), avizolar, xaridorlar, mol etkazib beruvchilar va boshqa debitor
hamda kreditorlar bilan hisobkitoblarni inventarizatsiya qilish dalolatnomasi
(inv-17 shakl).
Tashqi hisob-kitob muomalalari ustidan o’rnatilgan ichki nazoratni baholash
uchun auditor quyidagilarni aniqlaydi:
*hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish tartibi, muddatlari va natijalari; *
hujjatlar aylanish grafigining mavjudligi va unga rioya qilinishini nazorat qilish;
*to’lovlar va hisob-kitoblar holati hamda boshqalar ustidan nazorat qilish
shakllari, muddatlari va ijrochilari.
«Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risidagi ma’lumotnoma» (2
-
shakl)
ma’lumotlariga muvofiq muddati o’tgan debitor va kreditor qarzlar miqdori,
debitor qarzlarning moliyaviy natija hisobiga hisobdan o’chirilishi, shuningdek
eng katta miqdordagi qarzdor debitor-tashkilotlar ro’yxati aniqlanadi. Tekshiruv
jarayonida ushbu ma’lumotlarning haqqoniyligini isbotlash va muddati o’tib
ketgan debitor qarzlarni undirish imkoniyatini aniqlash zarur. Analitik va sintetik
hisob registrlari ma’lumotlariga muvofiq auditor quyidagilarni aniqlaydi:
*hisob-kitob munosabatlari va ularning soni;
*qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz
surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan); *
analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish
muddatlari va shunga o’xshash);
*nostandart buxgalteriya yozuvlari.
Hisob-kitob munosabatlarining ishtirokchilari ko’p va to’lovlar shakllari
xilma-xil bo’lganida auditorlik risk kuchayib, buni mazkur soha bo’yicha tanlab
tekshiriladigan hisob-kitob shakllari va to’lov turlarini aniqlashda e’tiborga olish
lozim. Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishning ahvolini baholash
hisobkitoblarning turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bevosita tekshirish
buxgalteriya balansi, Bosh daftar 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4310,


4320, 4390, 4510, 4550, 4610, 6010, 6020, 6110, 6120, 6410, 6450, 6310, 6320,
6390, 6510, 6520, 6530, 6810-6890 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob
registrlari ma’lumotlarining mosligini aniqlashdan boshlanadi. Tekshiruv
chog’ida quyidagi qoidalarga rioya qilinishiga e’tibor beriladi:
*hisob-kitob schyotlari saldolarining balansda yoyiq holda aks ettirilishi;
*shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratilgan debitor qarzlar rezerv hisobidan
kamaytirilishi lozim.
Ayni vaqtda tegishli hisob-kitob schyotlari bo’yicha analitik hisob
ma’lumotlariga asosan debitor qarzlarning «muddati o’tganlari» ajratib
ko’rsatilgan holda uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlarga guruhlanishining
to’g’riligi tekshiriladi. Hisobot tuzish talablaridan kelib chiqqan holda qaytarish
muddati bir yildan oshiq qarzlar uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiradi.
Aniqlangan nomuvofiqliklar bo’yicha tafovutlarning katta-kichikligi, tavsifi va
vujudga kelish sabablari aniqlanadi. Qarzdorliklarning haqqoniyligini aniqlash
uchun inventarizatsiya ma’lumotlari hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha
tahlil qilinadi. Hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish ma’lumotlari
bo’lmaganda yoki, agar inventarizatsiya ma’lumotlari shubhali bo’lsa, auditorlar
vaziyat taqozosiga ko’ra yoppasiga yoki tanlab inventarizatsiya o’tkazadilar.
Qarzdorliklarning haqqoniyligi har bir hisob-kitob turi bo’yicha debitor va
kreditor qarzlar qoldiqlari summalarining tegishli hujjatlar bilan asoslanganligini
tekshirish yo’li bilan ham aniqlanadi. Tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan
qarzdorlik summalari noreal qarzlar qatoriga o’tkaziladi. Qarzlarni vujudga
kelish muddatlari bo’yicha tahlil qilishda aniqlangan, muddati o’tib ketgan
qarzdorlik summalari ham noreal qarzlar qatoriga qo’shiladi. Noreal qarzlar
aniqlanganida auditor ularning vujudga kelish sabablari, aybdor shaxslari va
tegishli balans moddalari ishonchliligiga ta’sirini aniqlaydi.
Tashqi hisob-kitob muomalalari bo’yicha qoldiqlarni tasdiqlashda shubhali
qarzlarning mavjudligi aniqlanadi. №21 - BHMSga muvofiq shartnomada
belgilangan muddatda (agar bunday muddat belgilanmagan bo’lsa - buning
uchun normal zarur vaqt davomida) undirib olinmagan va tegishli kafolat bilan


ta’minlanmagan debitor qarzlar shubhali qarzlar deb tan olinadi. Shubhali
qarzlar mavjud bo’lgan holatlar aniqlanganida shubhali qarzlar bo’yicha rezerv
yaratish faktlari va ularning to’g’riligi tekshiriladi. Buning uchun 4910-
«Shubhali qarzdar bo’yicha rezervlar» schyoti ma’lumotlarining haqqoniyligi
aniqlanadi. Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar
bo’yicha qoldiqlar to’g’riligi dastlabki tasdiqlanganidan so’ng hisob-kitob
schyotlari bo’yicha oborotlar ishonchliligi tekshiriladi.



Download 238.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling