Reja: Kirish Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar maqsadi va vazifalari


 Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar tartibi


Download 238.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana02.04.2023
Hajmi238.47 Kb.
#1321523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ASADBEK ISAKOV

2. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar tartibi.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va
ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar8»,
4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob
yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash
natijasida xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha
muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni
tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich -
tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi
bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni
tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari
ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari
bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar
9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan
solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik
huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida
bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish
vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan
daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish
maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha»
qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-
schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali
muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.


Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda
tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish
vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va
sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo
pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet el
valyutasida
hisoblashilganida
va
xaridorlar
bilan
shartli
birliklarda
hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq
holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari
aniqlanadi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar (mahsulot,
ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda
QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining
to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to’lashning o’z vaqtidaligi
va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan boglanadigan
ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko’rib chiqish
yo’li bilan aniqlanadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 -
«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning
veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor
qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, banklarda hisobga
olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari alohida
tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi,
veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-
qarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab
qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni
hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va
to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.


Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari
shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish
amallari bilan kesishadi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning
asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha nakladnoy
ma’lumotlari tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - ASK
shakl)ga yozib boriladi. Reestrlar ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, brigadalar
va boshqalar)dan xo’jalik buxgalteriyasiga topshirilib, ularning ma’lumotlari
asosida «Qishloq xo’jalik mahsulot, material, ish va xizmatlari realizatsiyasini
hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl) tuziladi. Reestrlarda xaridor va
buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati bo’yicha alohida-
alohida hisobga olib boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar, undan
keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun
xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi to’lov hujjatidan
o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin
saldo (qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 -
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan
veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari
bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shuningdek, reestrlarning o’z
vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning kassasiga yoki
hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi
tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov
talabnomalarining o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi.
Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to’lov muddati o’tib ketgan summalarini
saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha
qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va
buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» va 4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning
kelib tushishi esa 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»


schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik
yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari
ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va
bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish
choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va
aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to’g’rilash, shuningdek
qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.



Download 238.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling