Reja: Kirish Xufyona iqtisodiyot mazmuni va vujudga kelish sabablari Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari Xufyona iqtisodiyot tarkibi va


Download 73.78 Kb.
bet1/7
Sana21.02.2023
Hajmi73.78 Kb.
#1218861
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Kirish Xufyona iqtisodiyot mazmuni va vujudga kelish sabab (2)



MAVZU Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari
Reja:
Kirish
1. Xufyona iqtisodiyot mazmuni va vujudga kelish sabablari
2. Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari
3. Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari
4. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning rivojlangan mamlakatlar tajribasi
5. O'zbekistonda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning asosiy usullari


Kirish
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Kriminal elementlarning ishlab chiqarish va moliyaviy muassasalarga, turli soha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib borishi oqibatida milliy boylik, davlat budjeti daromadlarini taqsimlash na qayta taqsimlash jarayonida ular ishtirokining kengayib borishi milliy va shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy xavf soladi.
Xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli xil ta‘riflar berilgan.
1. Xufyona iqtisodiyot —qonun asosida man qilingan faoliyat turlari.
2. Xufyona iqtisodiyot - iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.
3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortilishdan chetda qoladi.
«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» iqtisodiyot aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning kechishiga – daromadning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga, investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning xususiyatlarini aniqlashda ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni muomalaga kiritishga undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday mezonlarga quyidagilar kiritiladi:
- davlatning fiskal (soliq)manfaatlari;
- YAMM miqdorining haqiqiybahosi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamkorligi yoki xatti-harakatining xususiyati;
- yuridikko‘rsatkichlar.1
Mazkur mezonlarga ko‘ra, «jinoiy», «nojinoiy», «norasmiy», «soxta», «norasmiy» iqtisodiyot ajratiladi.
Xufyona iqtisodiyoti (shuningdek, yashirin iqtisodiyot, norasmiy iqtisodiyot) - bu davlat nazorati va hisobidan tashqarida bo‘lgan jamiyat va davlatdan yashirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyotning kuzatib bo‘lmaydigan, norasmiy qismidir, lekin uning barchasini qamrab olmaydi, chunki u jamiyat va davlatdan yashirin bo‘lmagan faoliyatni, masalan, uy-joy yoki jamoaviy iqtisodiyotni qamrab olmaydi. Bunga iqtisodiyotning noqonuniy jinoiy shakllari ham kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi.
Xufyona iqtisodiyoti - bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini chetlab o‘tib, o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin.
Shuningdek, nemis adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrim tariflarida xufiyona iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida talqin etilsa, yana bir boshqa ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Uchinchi bir yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada xufiyona iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope- ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Nemis mutaxassislari xufiyona iqtisodiyotni YAIM tarkibiga kiritish tarafdori ekanligini qayd etish lozim.
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish birinchi navbatda qonun doirasidagi harakat bilan ya‘ni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni “qonunga bo‘ysunish narxi” deya ta‘riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni to‘lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‘lash).

Download 73.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling