Reja: Kirish Yevropa tiklanish va taraqqiyot bank


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki


Download 57.97 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi57.97 Kb.
#1364229
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki yuzaga kelishi maqsadi va vazifalari

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda Evropa parlamentining yig’ilishida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so‘ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan EETB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.
1991 yil 15 - 17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi va unda bank ta’sischilari bo‘lgan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot, ya’ni Evropa ittifoqi (EI) va Evropa investitsiya banki (EIB) ishtirok etdi.
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. 1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vakolatxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda ETTBning aktsiyadorlari 60 mamlakat, EI va EIB xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy imzolangan kapital - 1964 mlrd evro, to‘langan kapital - 5,2 mlrd evro.
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor munosabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda ETTB loyixalari Evropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o‘laroq, bank nizomiga asosan loyixa amalga oshirilayotgan davlatlarda ko‘p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali:

  • sanoatda tarkibiy islohatlar o‘tkazish;

  • raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish;

  • moliyaviy tashkilotlar faoliyati va huquqiy tizimni barqarorlashtirish;

  • xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo‘llab quvvatlash;

  • korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi.

ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi ETTBning yuqori organi bo‘lib, bankning har bir a’zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o‘z ichiga oladi. ETTBga a’zo mamlakatlar hoxishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
Direktorlar kengashining 23 a’zosi bo‘lib, uning ikkitasi EI va EIB tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to‘g’ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko‘ra saylanadi. ETTBni yig’ilishlarida ovoz berish tartibi aktsiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTB ustav kapitali tarkibida EI va EIBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlariniki - 13%, boshqa Evropa mamlakatlariniki - 11% , boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga - 24 % kvota to‘g’ri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya (8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to‘g’ri keladi.
ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosan a’zo - mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli qog’ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va eksport - import operatsiyalari bo‘yicha dasturlarni qo‘llab - quvvatlash masalalari alohida o‘rin tutadi.
Bank — bank hisob varaqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs.1
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga kelgan.
Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo‘lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so‘zi italyancha «banka» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo‘yib xisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo‘lishining boshlang’ich nuqtasi bo‘lib XVI asrda Florensiya va Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar hisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan.



  1. Download 57.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling