Reja: Kolorimetriya va fotokolorimetriya usullari va ular to`g`risida umumiy tushunchalar


Tuproq unumdorligi tabiiy, sun’iy, potensial va samarali unumdorlik tushunchalari


Download 19.31 Kb.
bet5/6
Sana01.11.2023
Hajmi19.31 Kb.
#1737182
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Kolorimetriya va fotokolorimetriya usullari va ular to`g`risi-fayllar.org

Tuproq unumdorligi tabiiy, sun’iy, potensial va samarali unumdorlik tushunchalari.

Tuproq unumdorligi - o‘simliklarning suv va oziq moddalar, shuningdek zarur sharoitlar bilan ta’min etish xususiyati tuproqning asosiy va tog‘ jinslarining farqqiladigan sifati va xossalaridan biridir.

Tuproq unumdorligini to‘liq va har tomonlama o‘rganish, uni oshirish, va qishloq xo‘jalik fan yutuqlaridan foydalangan holda unumdorlikni oshirish va yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish asosiy va muhim vazifadir.



Tuproq unumdorligi bir necha kategoriyalarga bо‘linadi:
Tabiiy
sun’iy
potensial
effektiv
solishtirma
iqtisodiy
qayta tiklash
Tabiiy unumdorlik tuproq hosil bо‘lishida shakllangan, inson aralashmasdan yuzaga keladigan unumdorlikdir.
Sun’iy unumdorlik insonning tuproqqa bevosita ta’sir etib, haydash, о‘g‘itlash, ishlov berish, meliorativ tadbirlar olib borish orqali erishilgan unumdorlikdir.
Effektiv unumdorlik - bu ma’lum iqlim sharoitida ekilgan yoki tabiiy о‘simliklar tufayli shakllangan unumdorlikdir.
Solishtirma unumdorlik – ma’lum ekin turi yetishtirilganda yuqori yoki kam hosil olinishiga qarab aniqlanadi.
Iqtisodiy unumdorlik tuproq xossalari, tarkibi va sharoitlarini hisoblash natijasida kelib chiqadi.
Potensial, ya’ni umumiy unumdorlik – tabiiy sharoit va inson ta’sirida tarixiy shakllangan unumdorlikdir. Agrotexnik va meliorativ tadbirlarni birga qо‘shib, effektiv darajadagi tuproq unumdorligini potensial holatgacha olib chiqish, qayta tiklash hisoblanadi.
Tabiiy iqlim sharoiti va о‘simlik dunyosiga monand tabiiy tuproqlar hosil bо‘lib, yashash sharoitini yaratadi. Shuning uchun unumdorlik asosiy kо‘rsatkich bо‘lib, tuproq turlarini solishtirish uchun u imkoniyat beruvchi mezondir. Tuproq unumdorligi uning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Unumdorlik tuproqning mexanik tarkibi, donadorligi, suv-fizik xossalari, issiqlik sharoiti, organik moddalar miqdori, biologik faollik va singdirish sig‘imi bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun bu kо‘rsatkichlarning tubanligi, yengil mexanik tarkibli, sovuq yoki issiq sharoitlar, quruqlik, qattiq yoki yumshoqlik, muhitning о‘zgarishi, gumusning kamligi, shо‘rlanish, eroziya jarayonlari rivojlanishi unumdorlikning keskin pasayib ketishiga sabab bо‘ladi. Tuproqda harorat, suv va havoning yetishmasligi ham unumdorlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Tuproqlarni madaniylashtirish. Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining о‘zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi.
Tuproqlarning madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar sistemasi, ekilardan barqaror va muttasil hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Tuproqlarning madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy usullaridan foydalaniladi.
Biologik usul - tuproqqa chirindi va azotnig kо‘proq tushishiga imkon beradigan tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Shu maqsadda kо‘p yillik о‘tlar (beda va turli dukkaklilar) ekiladi va maxalliy – organik о‘hitlardan foydalaniladi.
Kimyoviy usul - yerga mineral о‘g‘itlar solish yо‘li bilan tuproqqa о‘simliklar uchun zarur va tez о‘tadigan oziq elemetlarning miqdorini kо‘paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalariga qaratilgan.
Fizikaviy usullarga- fizik muxanikaviy va melioratv tadbirlar qо‘llash yani yerni ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihattan qimmatli struktura yaratish, tuproqning suv- fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish usullarini o‘rganish.
Tuproqning suv rejimi-deb unga suvning kelib tushishi, harakatlanisbi va yo’qotilishiga aytiladi. Tuproqdagi namlikning manbai yog'in, sizot va sug'orish suvlari hisoblanadi. Ushbu manbalar turli hududlarda bir xilda bo’lmaganligi sababli dehqonchilik sug'oriladigan va sug'orilmaydigan dehqonchilikka bo’linadi.
Tuproqqa kelib tushadigan atmosfera yong'inlari miqdori bilan tuproqdan parlanadigan namlik miqdori o’rtasidagi nisbatga ko’ra uch xil namlanish zonasi va shunga mos ravishda uch tipdagi suv rejimi mayjud:
1. Kuchli namlanish zonasi. Ushbu xududda tuproqqa kelib tushadigan yog'in miqdori undan parlanadigan namlik miqdoridan bir necha barobar ko’p bo’ladi. Natijada tuproqda ortiqcha namlik to’planadi.
2. Barqaror namlanish zonasi. Bunday zonada yog'in va parlanadigan namlik miqdori deyarli teng bo’ladi.
3. Etarli namlanmaydigan zona. Bu zonada yog'in parlanishga nisbatan bir necha barobar kam miqdorda yog'adi. Natijada tuproqda suv yetishmaslik xolatlari kuzatiladi.
Kuchli namlanish zonasida dehqonchilikdagi asosiy vazifa ortiqcha suv miqdorini yo’qotishdan iborat. Buning uchun bir qator meliorativ va agrotexnikaviy tadbirlarni (zovur qazish, yerni to’g'ri haydash va h.k) amalga oshirish zarur.
Barqaror namlanish va yetarli namlanmaydigan zonalarda tuproqda yetarli darajada nam to'plash, uning foydasiz sarflanishi, quyi qatlamlarga sizib ketishining oldini olish uchun bevosita omillar orqali ta'sir etish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, sug'orish, ixotazorlar barpo qilish, organik o'g'itlar qo'llash, yerga ishlov berishni tabaqalashtirish, tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash, almashlab ekishni tashkil qilish lozim.

Download 19.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling