Reja komil va barkamol inson tushunchalari. I. Karimov asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari. Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi
Download 92.91 Kb.
|
3M. 1mavzu
Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga kiritgan ulkan yutuqlardan biri. U – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida fuqarolar davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar.
Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat”.
Download 92.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling