Reja: Komil Xorazmiy ijodini o'rganilish tarixi
Download 9.11 Kb.
|
amaliy2.1
Mavzu: Komil Xorazmiy g'azallari tahlili. Reja:
2.Komilning tarjimai holi haqida. 3.Komil Xotazmiy- davlat va jamoat arbobi. 4.Shoirning ijodiy merosi. Komil Xorazmiyning tarixiy asarlari. 5.Komil Xorazmiy- bastakor,musiqashunos, tarjimon. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targ’ibotchilaridan biri. Ogahiy uning nomini o’zining «Gulshani davlat» kitobiga kiritgan. Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II uni mirzaboshilik vazifasiga ko’targan. Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasida imzolangan sulh shartnomasi (Gandimiyon shartnomasi) Komil Xorazmiy qo’li bilan yozilgan (1873). So’ngra saroyda devonbegi (1873—80), mirzaboshi lavozimlarida ishlagan (1880 yildan). Xorazmda birinchi bo’lib bosmaxona tashqil etgan (1880—81).Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o’g’li) (1825 — Xiva — 1899) — o’zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targ’ibotchilaridan biri. Xiva madrasasida o’qigan. Arab va fors tillarini mukammal bilgan. Sharq adabiyoti namoyandalari ijodini, mumtoz musiqani, xattotlik sirlarini qunt bilan o’rgangan. 25—30 yoshlarida shoir sifatida tanilgan. Ogahiy uning nomini o’zining «Gulshani davlat» kitobiga kiritgan. Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II uni mirzaboshilik vazifasiga ko’targan. Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasida imzolangan sulh shartnomasi (Gandimiyon shartnomasi) Komil Xorazmiy qo’li bilan yozilgan (1873). So’ngra saroyda devonbegi (1873—80), mirzaboshi lavozimlarida ishlagan (1880 yildan). Xorazmda birinchi bo’lib bosmaxona tashqil etgan (1880—81). Komil Xorazmiy Sharq mumtoz musiqasi, xususan, maqomchilik an’analarini rivojlantirishga homiylik qilgan, o’zbek kuylarini yozib olish uchun «Tanbur chizig’i» deb ataluvchi nota tizimini joriy etgan. Bu o’ziga xos notada «Rost» maqomining bosh qismini yozgan. O’g’li Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm «Shashmaqom»ining qolgan ashula va cholg’u yo’llarini to’la notaga olgan. «Rost» maqomiga bog’langan «Murabbai Komil» va «Peshravi Fero’z» kuylarining notasi bizgacha etib kelgan. Komil Xorazmiy Moskva va Peterburg shaharlariga 2 marta safar qilgan (1873, 1883). 1891, 1896— 97 yillarda esa Toshkentga kelib, bu erdagi madaniy yangiliklar haqidagi «Dar bayoni ta’rif va tavsif Toshkand» («Toshkent ta’rifi va tavsifi bayonida») qasidasini bitgan. Bu qasida o’zbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan dastlabki yirik she’riy asarlardan bo’lib, unda yangi, zamonaviy madaniyat ulug’lanadi. Komil Xorazmiy Sharq mumtoz shoirlari an’analari ruhida lirik she’rlar yozgan, devon tuzgan. Bu devonda 8000 misradan ortiq she’r bo’lib, ular g’azal (murabba, muxammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida, muammo kabi janrlarda yozilgan. Ularda chin insoniy fazilatlar ulug’langan, jaholat qoralangan, ishq-muhabbat tarannum etilgan. Komil Xorazmiyning deyarli barcha janrdagi asarlarida ijtimoiy tanqidga keng o’rin berilgan, ayrim misralari aforizm darajasiga ko’tarilgan («Falak zulmi bir yonu, bir yon alar...» va b.). Shayx Sulaymon Buxoriy o’zining mashhur «Lug’oti chig’atoyi va turki usmoniy» («Chig’atoycha va usmoniy turkcha lug’at») asarida Komil Xorazmiyning ijodidan o’rinli foydalangan va Xorazm shevasidagi ko’pchilik so’zlarning ma’nosini uning she’rlari orqali izohlab bergan. Komil Xorazmiy 1865 yilda Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiynmng (adabiy taxallusi Mumtoz) «Mahbub ul-qulub» (bu asar ayrim manbalarda «Mahfiloro» — «Majlisga ziynat beruvchi» deb ham yuritiladi) hamda 1869—70 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning «Latoy-if at-tavoyif» («Turli toifalarning latifalari») asarlarini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi Xorazm toshbosma nashriga so’zboshi yozgan. Komil Xorazmiy devoni qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi (inv. №1849, 1025). M.Yunusov, F.Karimov, A.Hayitmetov, va boshqa olimlar Komil Xorazmiy ijodini tadqiq etganlar.Komil Xorazmiy Sharq mumtoz musiqasi, xususan, maqomchilik an’analarini rivojlantirishga homiylik qilgan, o‘zbek kuylarini yozib olish uchun «Tanbur chizig‘i» deb ataluvchi nota tizimini joriy etgan. Bu o‘ziga xos notada «Rost» maqomining bosh qismini yozgan. O‘g‘li Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm «Shashmaqom»ining qolgan ashula va cholg‘u yo‘llarini to‘la notaga olgan. «Rost» maqomiga bog‘langan «Murabbai Komil» va «Peshravi Fero‘z» kuylarining notasi bizgacha yetib kelgan. Komil Xorazmiy Moskva va Peterburg shaharlariga 2 marta safar qilgan (1873, 1883). 1891, 1896— 97 yillarda esa Toshkentga kelib, bu yerdagi madaniy yangiliklar haqidagi «Dar bayoni ta’rif va tavsif Toshkand» («Toshkent ta’rifi va tavsifi bayonida») qasidasini bitgan. Bu qasida o‘zbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan dastlabki yirik she’riy asarlardan bo‘lib, unda yangi, zamonaviy madaniyat ulug‘lanadi. Komil Xorazmiy Sharq mumtoz shoirlari an’analari ruhida lirik she’rlar yozgan, devon tuzgan. Bu devonda 8000 misradan ortiq she’r bo‘lib, ular g‘azal, murabba, muxammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida, muammo kabi janrlarda yozilgan. Ularda chin insoniy fazilatlar ulug‘langan, jaholat qoralangan, ishq-muhabbat tarannum etilgan. Komil Xorazmiyning deyarli barcha janrdagi asarlarida ijtimoiy tanqidga keng o‘rin berilgan, ayrim misralari aforizm darajasiga ko‘tarilgan («Falak zulmi bir yonu, bir yon alar…» va b.). Shayx Sulaymon Buxoriy o‘zining mashhur «Lug‘oti chig‘atoyi va turki usmoniy» («Chig‘atoycha va usmoniy turkcha lug‘at») asarida Komil Xorazmiyning ijodidan o‘rinli foydalangan va Xorazm shevasidagi ko‘pchilik so‘zlarning ma’nosini uning she’rlari orqali izohlab bergan. Komil Xorazmiy 1865 yilda Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiynmng (adabiy taxallusi Mumtoz) «Mahbub ul-qulub» (bu asar ayrim manbalarda «Mahfiloro» — «Majlisga ziynat beruvchi» deb ham yuritiladi) hamda 1869—70 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning «Latoy-if at-tavoyif» («Turli toifalarning latifalari») asarlarini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi Xorazm toshbosma nashriga so‘zboshi yozgan. Komil Xorazmiy devoni qo‘lyozmalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.Komil Xorazmiy shoir, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobidir. Uning asl ismi - Muhammadniyoz. Ba’zi zamondoshlari «Niyozmuhammad», «Polvonniyoz», «Matniyoz» deb ham atashgan. «Komil» (etuk, mukammal) uning adabiy taxallusidir. Shoir 1825 yilda Xivada ziyoli oilasida tug‘ilgan, otasi Abdulla Oxund madrasada mudarrislik qilgan.U bobosi Xo‘jash mahram qo‘lida tarbiya topadi, arab, fors tilini o‘rganadi, Xiva xoni Said Muhammad Rahimjon qo‘lida xattot bo‘lib ishlaydi, mirzaboshi, devonbegi vazifalariga ko‘tariladi, Toshkentga, Afg‘onistonga, Buxoroga, Moskva va Peterburgga boradi, she’rlar yozib, shoir sifatida shuhrat qozonadi. Komil Xorazmiy o‘zbek musiqasiga Ovro‘pa notasini olib kirib, «Xorazm notasi» ni yaratdi. Umrining oxirlarida Komil Xorazmiyning ko‘zi ojizlanib, uyda o‘tirib qoladi. U 1899 yilda Xivada 74 yoshida vafot etadi. Komil Xorazmiy XVIII asr fors adabiyoti namunasi bo‘lgan Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiy (Mumtoz) ning «Mahbubul - qulub» («Qo‘ngillarning sevgani») va Faxriddin Ali Safiyning «Latoyif at - tavoyif» («Turli toifalarning latifalari») asarlarini o‘zbekchaga o‘girgan Download 9.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling